1- mavzu: “Davlatchilik” tushunchasi. Davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyalar


Demak, davlatning kelib chikishiga sivilizatsiyaviy yondashuvning uch muxim prinsipini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi


Download 51.16 Kb.
bet4/5
Sana02.06.2024
Hajmi51.16 Kb.
#1835383
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

Demak, davlatning kelib chikishiga sivilizatsiyaviy yondashuvning uch muxim prinsipini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi:

  • birinchidan, davlatlarning mohiyata kuchlarning real mavjud nisbati bilan emas, balki tarixiy jarayon davomida jamlangan va madaniyat doirasida dunyo, kadriyatlar, xulq-atvor namunalari, o‘tmishning tarixiy tajribasi to‘g‘risidagi tasavvurlar bilan belgilanadi;

  • ikkinchidan, davlat hokimiyati siyosat dunyosining markaziy hodisasi sifatida ayni vaktda madaniyat olamining bir qismi sifatida karalishi mumkin, bu boshka jihatlar bilan birgalikda davlat hokimiyati bilan nufuz, axlok,, qadriyatli yo‘nalishlar aloqasini ochib berish imkonini beradi;

  • uchinchidan, vakt va makonda madaniyatlarning xilma-xilligi nima uchun bir xil sharoitlarga muvsfщ kelgan davlatning ayrim tiplari boshka sharoitlarda uz rivojlanishida to‘xtab krlganligini tushunish imkonini beradi. Bunda milliy madaniyatlarning o‘ziga xosligi va milliy xarakter belgilari va boshkalar alohida axamiyatga ega bo‘ladi.



3.Davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyalar turlari to‘g‘risida.
Barcha davrlar va xalqlar uchun yagona bo‘lgan davlatlarning hosil bo‘lishi qonuniyatlari to‘g‘risidagi ma-salani davlatning paydo bo‘lishi sabablari to‘g‘risidagi masala bilan aralashgirib yubormaslik kerak. Ushbu masalada davlat va huquqning kelib chiqishining ko‘plab nazariyalari mavjud. Ilmiy qarashlarning bunday plyuralizmi jamiyat rivojlanishining tarixiy xususiyatlari, dunyoning u yoki bu mintaqalarining o‘ziga xosligi,ular o‘z oldiga qo‘ygan vazifalar va boshqa sabablar bilan belgilanadi. Jumladan, teologiya nazariyasi davlatlar kelib chiqishini ilohiylik bilan bog‘laydi va «shohlik ham xudodan»dir degan tezisni mahkam ushlaydi va himoya qiladi.
Ushbu nazariyaga baho berganda ko‘plab birlamchi shahar-davlatlarga xos bo‘lgan hokimiyatning ilohiy so‘z bilan yoritilishi unga obro‘-e’tibor keltirar va so‘zsiz majburiyat yuklar edi.
U o‘rta asrlarda juda keng yoyilganligi tasodifiy emas (F.Akvinsiy). XVI-XSH asrlarda teologiya nazariyasidan monarxning cheksiz hokimiyatini asoslash uchun foydalanishar edi. Fransiyada qirol absolyutizmi tarafdorlari esa, masalan Jozef de Mestr, uni XGX asr boshida qatgiq turib himoya qildilar.
Mazkur nazariya ayrim hozirgi zamon olimlarining asarlarida o‘ziga xos rivojlangiriddi. Ular neolit inkilobining chegaralovchi ahamiyatini e’tirof etgan holda o‘zlashgiruvchi iktisodiyotga o‘tish ilohiy asosga egadir, deb chiqdilar. Teologlarning fikricha, fan insoniyat tarixidagi ushbu sifat burilishining anik, tabiiy sabablarini aniqlamagan, uning liniy asosi esa Bibliya va Qur’ondayoq mavjuddir.
Patriarxal nazariya davlatning paydo bo‘lishini bevosita oiladan o‘sib chiqqan deb qaraydi, monarx hokimiyatini otaning oila a’zolari ustidan hokimligi belgilab beradi. Teologiya nazariyasi kabi patriarxal nazariya
ham podsho, monarx hokimiyatining cheklanmaganligini asoslashga yo‘naltirilgan edi, biroq ushbu xrkimiyatning manbaini nafaqat uning kelib chikishining ilohiyligida, balki oilada oila boshlig‘i, patriarxning
cheklanmagan hokimiyati mavjud bo‘lgan shakllarida ham ko‘rdi.
UshbuUshbu nazariya Gretsiyada tug‘ildi, dastlab Aristotel asarlarida asoslandi, biroq o‘z rivojlanishini XVII asrda ingliz R.Filmerning «Siyosat» asarida topdi.
CHeklanmagan kirollik hokimiyati tarafdori bo‘lgan R.Filmer Bibliyaga tayangan holda, uning fikricha, Odam Ota xudodan hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan, so‘ngra bu hrkimiyatni o‘zining katta o‘g‘li - patriarxga, u esa o‘z avlodlariga - qirollarga bergan.
Patrimonial nazariya vakillari (A.Galler, XK asrda yashagan fransuz olimi) davlat erga mulkchilik huquqidan kelib chiqkan deb hisoblashadi (patrimonimum). Erga egalik kilish xukz/kidan hokimiyat bevosita u erda yashovchi odamlarga yoyiladi. Feodal syuzerenitet mana shu tarzda asoslanadi.
XUP-XUSH asrlarda keng yoyilgan davlatning kelib chikishi tug‘risidagi shartnomaviy nazariyaga kapa rol tegishlidir. Gollashshyada XVII asrda G.Grotsiy, Angliyada J.Lokk va .Gobss, Fransiyada XUSH asrda J.J.Russo, D.Didro, SH.L.Monteske16 ushbu nazariya tarafdori bo‘ldilar.Rossiyada inkilobchi demokrat A.Radishchev (1749-1802)shartnomaviy nazariya vakili edi. U davlat hokimiyati xalqka tegishlidir, u tomonidan monarxga berilgan va xalqning nazorati ostida bo‘lishi kerak der edi. Odamlar davlatga kirar ekan o‘zlarining tabiiy erkinligini yo‘kotmaydilar, balki cheklaydilar xolos. U mana shundan kelib chiqib, agar monarx hokimiyatni suiiste’mol qilsa va o‘zboshimchalikka yo‘l ko‘ysa, xalq ko‘zg‘olon ko‘tarishi va inkilobiy yo‘l bilan monarxii ag‘darib tashlashga hakli ekanligini keltirib chiqardi.
Kuch ishpatish nazariyasi (E.Dyuring, L.Gumplovich, K.Kautskiy).Uning tarafdorlari davlat kuchsiz va himoyasiz kabilalarning kuchli va uyushgan kabilar tomonidan bosib olinishi yo‘li bilan kuch ishlatish natijasida paydo bo‘lgan deydilar. L.Gumplovichning fikricha, aynan kabilalarda,ularning o‘zaro kurashida «biz davlatning hakikatda o‘zagini, bosh, asosiy kismini qabilalarda z’tirof ztishimiz mumkin. Qabilalar asta-sekin sinflarga va tabakalarga aylanadilar. Ushbu qabilalardan davlat tashkil etiladi. Ular va fakat ular davlatning o‘tmishdoshlaridir» K.Kautskiy jamiyatning keyinchalik tarakdayoti davomida davlat yalpi uyg‘unlik vositasiga aylanishini va ham kuchli, ham kuchsizlarning yalpi farovonligini ta’minlovchi va himoya qiluvchi organga aylanishini isbot kilishga urindi. Nazariya natsistlar Germaniyasi tomonidan rasmiy mafkura sifatida qabul qilindi
Irrigatsiya nazariyasi nemis olimi K.Vittfogel nomi bilan bog‘likdir. Uning «SHarqiy despotizm» asarida davlatlarning paydo bo‘lishi, ularning birlamchi despotik shakllari sharqiy agrar viloyatlarda ulkan irrigatsiya inshootlari kurilishi bilan bog‘lanadi. Ushbu zaruriyat jamiyatni asoratga soluvchi «menejerial-byurokratik sinf» hosil bo‘lishiga olib keladi. K.Vittfogel despotizmni «gidravlik» yoki «agromenejerial» sivilizatsiya deb ataydi.
Psixologiya nazariyasi (DPetrajishiy19, Z.Freyd,G.Tard) davlatning paydo bo‘lishini insonning psixikasi, individning jamoada yashashga ehtiyoji, ko‘rsatmalariga kundalik hayogda amal qilish mumkin bo‘lgan obro‘li kishilarni izlashi, buyruk. berish va itoat etish istagi
bilan izohlaydi. Mazkur nazariya tarafdorlari o‘z g‘oyalarini asoslash uchun inson ongining dohiylar, liniy va siyosiy arboblar, qirollar va boshka rahnomalarning obro‘-e’tiboriga bog‘liqligining tarixiy misollariga havola qiladilar.
Psixologiya nazariyasi (DPetrajishiy19, Z.Freyd, G.Tard) davlatning paydo bo‘lishini insonning psixikasi, individning jamoada yashashga ehtiyoji, ko‘rsatmalariga kundalik hayogda amal qilish mumkin bo‘lgan obro‘li kishilarni izlashi, buyruk. berish va itoat etish istagi bilan izohlaydi. Mazkur nazariya tarafdorlari o‘z g‘oyalarini asoslash uchun inson ongining dohiylar, diniy va siyosiy arboblar, qirollar va boshka rahnomalarning obro‘-e’tiboriga bog‘liqligining tarixiy misollariga havola qiladilar.
Sinfiy nazariyaga muvofiq {K.Marks, F.Engels, V.Lenin, G.Plexanov20) davlat ijtimoiy-iktisodiy munosabatlar o‘zgarishi, ishlab chiqarish usuli natijasidir,sinflar paydo bo‘lishi va ular o‘rtasida sinfiy kurashning keskinlashishi yakunidir. U odamlarni ezish, bir sinfning boshqa sinf ustidan hukmronligini ko‘llab-
quvvatlash vositasidir. Biroq sinflar yo‘qotilishi bilan davlat ham o‘ladi.Davlatning kelib chiqishi haqidagi markscha nazariyaning asosiy qridalarini nizoli, xato va hatto xayoliy koidalarning muayyan kombinatsiyasi tashkil etadi.



Download 51.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling