Real vaqt tizimlarini loyihalashtirish reja real vaqt tizimlari tushunchasi
Download 171.36 Kb.
|
Real vaqt tizimlarini loyihalashtirish reja real vaqt tizimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa 1. Real vaqt tizimlari tushunchasi
REAL VAQT TIZIMLARINI LOYIHALASHTIRISH REJA Real vaqt tizimlari tushunchasi Real vaqt tizimlari loyihalash muammolari. Real vaqt tizimada qisqacha tarixi. Real vaqt tizimi klassifikatsiyasi Xulosa 1. Real vaqt tizimlari tushunchasi Real vaqt tizimi. Dasturiy tizim «real vaqt tizimi» bo‘lib hisoblanadi, ishning muvaffaqiyati nafaqat uning mantiqiy to‘g‘riligidan, balki olingan natijalar vaqtiga ham bog‘liq. Agar bunday tizim vaqtli cheklanishni qoniqtirmasa, unda uning ishidagi adashishlar qayd qilinishi lozim. Posıx 1003. 1 standarti «real vaqt» deganda, bu tizimning ma’lum vaqt oralig‘ida servisning talab qilingan darajasi bilan ta’minlash deb ta’riflaydi. Shunday qilib, tizimning oldindan bashorat qilinmagan tashqi hodisalarining paydo bo‘lishiga vaqtning oldindan bashorat qilingan reaksiyasi real vaqt tizimining chegarasi bo‘lib hisoblanadi. Ba’zida real vaqt tizimi tushunchasi «tezkor tizim» bilan tenglashtiriladi, biroq bu har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi, chunki tizimning ushlanib qolish reaksiyasining vaqti emas, balki ko‘rib chiqilayotgan vazifa uchun yetarli bo‘lgan vaqt muhimdir va U kafolatlangan bo‘lishi lozim. Ko‘pgina amaliy sohalarda «real vaqt»ga o‘zgacha tushuncha bilan qaraladi. Signallarga raqamli ishlov berish sohasidan misol qilib keltiramiz. Agar audio ma’lumotlarga ishlov berishda tovushning har bir T soniyasi tahliliga T dan oshib ketuvchi vaqt kerak bo‘ladigan bo‘lsa, bunday ishlov berish jarayoni real vaqt jarayoni bo‘lib hisoblanmaydi. Agar T soniyadan kam talab qilinsa, bu endi real vaqt jarayoni bo‘lib hisoblanadi. «Qattiq» va «yumshoq» real vaqt tizimi ajratiladi. «Qattiq» real vaqt tizimi ma’lum interval vaqtida harakatlarni bajarishni ta’minlaydi. Odatda, bunday kafolatlar reaksiyaning o‘rnatilgan muddatidan chetga chiqishi tizimning ishlash qobiliyatining fatal buzilishiga olib keluvchi tizimlar uchun talab qilinadi. Bunga o‘xshash jamlanma quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Boshqarish oqimi. Vazifalarni rejalashtirishning maxsus oqimi. Real vaqt signallari. Sinxronizatsiya vositalari. Yuqori oqimli taymerlar. Sinxron kirish — chiqish. Download 171.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling