O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA”LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM
“TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI” FAKULTETI
“ Himoyaga tavsiya etildi”
Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim
kafedrasi mudiri PHD
______X Alimov___-__2023y
“Tasviriy san’at fani o’qitish metodikasi”
fanidan
KURS ISHI
Mavzu; Tasviriy san'at darslarida o`zbekiston rassomlarini o`rgatish metodikasi
Bajardi: Urdusheva Dinara
Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi yo’nalishi 3 bosqich - guruh talabasi
JIZZAX-2023
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….…3
I BOB Tasviriy san’at darslarini tashkillash…………………………………...4
1.1. O‘zbekiston rassomlari haqida…………………………………………………4
1.2 Tasviriy san’at darslarida rassomlar ijodini o`rganish…………………..……10
II Bob Tasviriy san’at darslarida o‘zbekiston rassomlarining………………..15
2.1 Rassomlarining ijodini o‘rgatish metodikasi…………………………………15
2.2 Tasviriy san'at fanidan davlat ta'lim standarti ………………………………..21
Xulosa ……………………………………………………………………………25
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………26
KIRISH
Tarix xotirasi xalqning, jonajon o`lkamizning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o`zlikni yangilashni, ta`bir joiz bo`lsa, milliy iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma`naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan ma`naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o`zida mujassam etgan buyuk arboblar ko`p bo`lgan.
Imom at Termiziy, Imom al Buxoriy, Hoja Bahovuddin Naqshbandiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko`plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizning rivojlanishiga ulkan xissa qo`shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo`lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizitsiyasi taraqqiyotiga qo`shgan buyuk xissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma`lum. Madaniyat va san`at, uning rivojlanish jarayoni tarixini bilish o`qish va o`rganish – bu bizning kelajak dunyoviy tafakkurimizning qay darajada bo`lishligini belgilab beradi.
Shu o`rinda avloddan –avlodga afsona sifatida o`tib kelayotgan bir haqiqatni kiritib ketsak zarar qilmaymiz.
Ma`naviy tarbiyada tasviriy san`atning tutgan rolini hech bir narsa bilan almashtirib bo`lmaydi. Tushunib yetish, his qilish orqali turli xil obrazlarni yaratamizki bu siymolar inson yuragiga diliga yo`l topadi. Aqlini taajjubga soladi.
Badiiy didning o`sishi, ma`naviy qoniqish hosil qilishga, inson dunyoqarashining shakllanishiga sharoit yaratadi. Ijtimoiy ko`tarinkilik, shaxsning ma`naviy-ma`rifiy bilimini, hayotda tutgan o`rnini belgilab beradi.
San`at asarlarini chuqur tushunish, fikrlash undan qoniqish hosil qilish – insonning fikriy doirasiga didiga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |