3-ma’ruza: to’lqin hodisalari. Reja


- rasm. Turg‘un to‘lqinlar


Download 1.19 Mb.
bet5/6
Sana12.02.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1191939
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-MA’RUZA

114 - rasm. Turg‘un to‘lqinlar.
114 - rasmda muhit zarrachalarining 1/4 davrga teng vaqt momentlaridagi holatlari keltirilgan. Ko‘rsatkichlar bilan zarrachalar tezligi ko‘rsatilgan. Yugurayotgan to‘lqindan farqli ravishda turg‘un to‘lqinda energiya uzatilishi kuzatilmaydi.

Arqonning tezligi, u hech qayerga yurmayotgan bo`lsa ham, to`lqin uzunligini chastotaga kopaytmasi bilan aniqlanadi.
Energiya davriy ravishda, muhitni elastik deformatsiyalab, kinetik energiyadan potentsial energiyaga va teskariga o‘tib turadi. Qaytish nuqtalarida, tushayotgan va qaytayotgan to‘lqinlar tebranishi bir xil fazada sodir bo‘ladi, shuning uchun bu tebranishlar qo‘shilganda amplitudalar kuchayadi.
Gyuygens prinsipi
Gyuygens printsipi yordamida to‘lqinlarning tarqalish hodisalarini kuzatish osonlashadi. Bu printsipga asosan, to‘lqin harakati yetib borgan har bir nuqta ikkilamchi to‘lqinlar manbaiga aylanadi: bu to‘lqinlarni o‘rab oluvchi egri chiziq keyingi momentdagi to‘lqinlar fronti holatini beradi (115 - rasm).
Gyuygens printsipidan foydalanib, ikki muhit chegarasidan to‘lqinlarni qaytish va sinish qonunlarini keltirib chiqarish mumkin.

115 - rasm. Ikkilamchi to‘lqinlarning hosil bo‘lish markazlari.
To‘lqinlarning burchak ostida tushganidagi sinishi har xil muhitdagi, ularning har xil tezliklarga ega bo‘lishi bilan tushuntiriladi.
Gyuygens printsipi, to‘lqinlarga xos bo‘lgan, ularning to‘g‘ri chiziqli tarqalishidan og‘ishini tushuntirib bera oladi.
Agarda to‘lqinlar chegaralanmagan fazoda tarqalsalar, ular o‘zlarining to‘g‘ri chiziqli yo‘nalishini saqlab qoladilar. O‘z yo‘lida to‘siqlarga duch kelsa, uni o‘rab o‘tishga intilishadi. Bu hodisa difraksiya hodisasideb ataladi.


116 - rasm. Ikkilamchi to‘lqinlar frontining hosil bo‘lishi.
Masalan, ko‘p teshikli Yassi to‘siqqa unga parallel bo‘lgan to‘lqin fronti tushayotgan bo‘lsin (116 - rasm).
Gyuygens printsipiga asosan, Yassi to‘lqinning har bir teshigiga to‘g‘ri kelgan nuqtalar ikkilamchi to‘lqinlar markaziga aylanadilar. Bu ikkilamchi to‘lqinlarni o‘rab oluvchi egri chiziqni chizsak, u ikkilamchi to‘lqin fronti geometrik soYa sohasini ham egallay boshlaydi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling