3-ma’ruza uglevodorod uyumlarini o’rganishda sistemali- strukturaviy tahlil


Neft va gaz konlari geologiyasi fanining va ob’ektlarning sistemali-strukturaviy tahlili


Download 203.5 Kb.
bet4/4
Sana13.12.2022
Hajmi203.5 Kb.
#999166
1   2   3   4
Bog'liq
3-MA’RUZA

3.3. Neft va gaz konlari geologiyasi fanining va ob’ektlarning sistemali-strukturaviy tahlili

Neft va gaz uyumlari xalq xo’jaligi ob’ekti hisoblanib, ular uch tomonlama: statik holatda, dinamik holatda va geologik-texnik majmuaning geologik komponenti sifatida o’rganilishi lozim. Geologik-texnik majmuaga sistemali-strukturaviy nuqtai nazardan yondoshganda ancha murakkab sistema sifatida namoyon bo’ladi. Bu sistemaning o’ziga xos tomoni shuki, u insonning muhandislik faoliyati natijasida yaratiladigan turli moddiy ob’ektlar, jarayonlar va sun’iy materiallar ko’rinishidagi taraqqiyot mohiyati ob’ektlariga kiradi.


Bu «ikkinchi tabiat» ob’ektlari yuzaga kelishining tahlili ularning ikki taraflamaligini ko’rsatadi  ular «tabiiylik» va «sun’iylik»ning sintezidan iboratdir. Bunday ob’ektlarning sun’iyligi shunda ifodalanadiki, ular insonning muhandislik faoliyati mahsuli bo’lib, ma’lum bir maqsadda foydalaniladi. Shu bilan birga inson ikkilamchi ob’ektni yaratishda tabiatning tabiiy va haqiqiy qonunlariga tayanadi. Bu qonunlar insonning xalq xo’jaligidagi faoliyatining o’zgarmas asosidir, ular sun’iy ob’ektlar chegarasini va imkoniyatlarini belgilaydi.
Ushbu nuqtai nazardan qaraganda geologik-texnik majmua insonning geologik muhitga ta’sir maydonini belgilaydi. Bunday maydonning strukturasi geologik-texnik majmuaning moddiy qismidan tarkib topgan bo’lib, u o’z navbatida geologik va texnik elementlardan hosil bo’ladi. Geologik kichik sistemaning elementlari (ularning tarkibi, xossasi, o’lchami, makonda joylashishi va b.) geologik va texnik kuchlarning o’zaro ta’siri kechadigan sharoitlarni aniqlaydi. Bunday sharoitlarda geologik-texnik majmuaning texnikaviy tavsifi (ya’ni, neft va gaz uyumlarini ishlatish sistemasi parametrlari) uyumlardan neft va gaz chiqarilayotganda yuzaga keladigan geologik jarayonlar tabiatini belgilaydi. Geologik-texnik majmuaning «tabiiy» va «sun’iy» omillarining o’zaro bog’liqligi ushbu majmuaning strukturasiga va uning murakkab sistema sifatida harakatlanishiga bog’liq.
Demak, geologik-texnik majmuaning texnik komponentlarining (quduqlar to’plami, kon qurilmalari va b.) tuzilishi, ishlashi asosan geologik jarayonlarni tashkillashtirishga va ishlash rejimiga bog’liq. Shunga ko’ra geologik kichik sistemaning strukturasi kondagi haydash va chiqarish quduqlarining joylashishini va o’z navbatida konda neft va gazni to’plash, uzatish, suv bostirish sistemasi tizimini belgilaydi hamda bunday sistemalarni ishlatish rejimi parametrlarini aniqlaydi.
Geologik-texnik majmuaning harakat jarayoni geologik komponentlar strukturasining o’zgarish yo’nalishi bo’yicha sodir bo’lib, texnik komponentlar strukturasining rivojlanishi (o’zgarishi) bilan bog’liq. Bunday jarayonning asosiy xususiyati neft-gaz uyumini ishlatishda uning o’lchamini, neft-gaz-suvga to’yingan zonalarning va uyumning turli qismlarining o’zaro bog’liqlik jihatlarining hamda turli kollektorlik xususiyatlariga ega bo’lgan uchastkalarning va ayrim qatlamchalarning o’zgarishida ko’rinadi. Geologik komponentlar strukturasining o’zgarishi bilan birga texnik komponentlarning strukturasi ham o’zgaradi; ya’ni neft va gaz chiqaruvchi va qatlamga suv haydovchi quduqlar soni, ularning joylashish o’rni, quduq tubiga, qatlamga suv haydash bosimlari miqdori va b. o’zgaradi.
Demak, geologik-texnik majmuaning texnik komponentlarining asosiy vazifasi boshlang’ich qiymatga ega bo’lgan ayrim geologik komponentlarni (neftga to’yinganlik, qatlamlar qalinligi, zaxiralar miqdori va sh.k.) konning yakuniy ishlatish chog’idagi qiymatlariga taqqoslashdan iboratdir. Bunday masala echimi geologik-texnik majmuaning geologik va texnik komponentlari strukturasini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. Komponentlar oralig’idagi bunday kuchli bog’liqlik konni dastlabki geologik komponentlari qiymatini uning yakuniy ishlatish chog’idagi komponentlari qiymatiga mos kelishini ta’minlaydi, ya’ni har ikki komponentlar strukturasining o’zaro moslik darajasini belgilaydi. Shunday qilib, neft va gaz konlari geologiyasida geologik-texnik majmua tadqiqot ob’ekti bo’lib xizmat qiladi, geologik komponentlar tuzilishi va ularning geologik-texnik majmua faoliyatiga ta’sirini o’rganish neft va gaz konlari geologiyasi fanining asosiy vazifasi hisoblanadi. Neft va gaz konlari geologiyasi fanining rivojlanishida struktura, funktsiya, jarayon kabi tushunchalar keng qo’llaniladi, ularga kichik sistema elementlarining morfologik va substrat (biror holatdagi) xususiyatlari, geologik-texnik majmua faoliyatining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va sistemada sodir bo’ladigan jarayonlar parametrlari kabi guruhiy tavsiflar mos keladi.


Download 203.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling