3 maruza: Zamonaviy kompyuter grafikasini tuzishning usullari
Download 63.84 Kb.
|
3 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
- Grafik formatlarda ixchamlash.
3 maruza: Zamonaviy kompyuter grafikasini tuzishning usullari. Reja:
1. Kompyuter grafikasidan foydalanishning asosiy qoidalari va qo‘llash sohalari.
Kompyuter grafikasidan foydalanishning asosiy qoidalari va qo‘llash sohalari. Kompyuter grafikasi qo‘llaniladigan asosiy sohalarni ko‘rsatib o‘tamiz: Grafiklarni chizish; Kartografiya-geografik, tabiiy yoki iqtisodiy hodisalarni o‘zaro chegaradosh mamlakatlar, viloyatlar, o‘lkalarnining aniq xaritasini tasvirlash; Chizmachilik va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish; Modellashtirish va multiplikatsiya; Turli texnologik jarayonlarni boshqarish – hayotiy masalalarni interaktiv rejimda namoyish etish. Texnologik jarayonni eng kerakli nuqtalariga o‘rnatilgan dastlabki axborot manbai bo‘lgan o‘lchagichlardan kelayotgan axborotlar qiymatini vizual idrok qilish; Kantcelyariya ishlarini avtomatlashtirish va chop etishni elektron usuli; Reklama va san`at - qandaydir fikrni ifodalash va estetik yoqimli tasvirlar orqali jamoani diqqatini tortish. Grafik formatlarda ixchamlash. Web-sahifalar yaratishda turli xildagi illyustratsiyalar ishlatib turiladi. Ularga quyidagilar kiradi: logotip, tugma, banner, harakatlanuvchi tasvir, fototasvir, diagramma va grafiklar. Odatda grafik fayllar katta o‘lchamga ega bo‘ladi. Masalan, BMP, TIFF yoki PCX formatlaridagi grafik fayllar samarasiz kodlanadi va tasvirni to‘g‘ri etkazishga kerakli o‘lchamdan ham katta o‘lchamga ega bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchilarning katta qismi tarmoqqa modemlar orqali ulanadi. Foydalanuvchi modemlarining provayderlar bilan ulanish tezligi 56 Kbit/sek dan oshmasligini hisobga olgan holda, bunday grafik fayllardan foydalanish maqsadga muvoffiq emas, chunki sahifalar yuklanish vaqti cho‘zilib ketadi. Bunday holatda sahifalarni tarmoqda nashr qilishga tayyorlashda asosiy maqsad - illyustratsiyalar hajmini maksimal darajada kamaytirishdir, chunki grafik fayllar hajmi sahifaning umumiy hajmini belgilaydi, bu esa o‘z navbatida uning yuklanish tezligiga ta`sir qiladi. Tarmoqdagi grafikaning yuklanish vaqtini qisqartirish uchun grafik fayllarni siquvchi juda ko‘p sonli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Grafik ma`lumotlarni siquvchi texnologiyalar ikki xilga bo‘linadi: tasvir sifatining yo‘qolishiga olib keladigan va tasvir sifatini saqlab qoluvchi. Ixchamlash texnologiyasining birinchi tipi bu jarayon vaqtida grafik fayllarning ba`zi ma`lumotlarini yo‘qotadi, bu bilan u tasvir sifatiga zarar etkazadi; ikkinchi xilda esa tasvir sifatiga ta`sir ko‘rsatmagan holda grafik fayllarni siqadi. Format va grafik fayllarni ixchamlash texnologiyasini to‘g‘ri tanlab, boshlang‘ich tasvir sifatini buzmagan holda 10-50 martagacha kichraytirish mumkin, ya`ni, siqilgan va siqilmagan tasvirlar orasidagi farqni inson ko‘zi bilan aniqlab bo‘lmaydi. Hozirgi kunda tarmoqlarda ikki asosiy grafik format qo‘llanadi: GIF va JPEG (yoki JPG). Bu grafik formatlarda illyustratciyalangan sahifalarni barcha keng tarqalgan brauzerlar tushunadi va to‘g‘ri tasvirlaydi. Bu formatlarning har biri o‘z ustunliklari va kamchiliklariga ega, bu ularning qo‘llanish sohasini aniqlaydi, ular orasidagi farqni tushunish o‘z navbatida sayt sahifalarini grafik bezash ishlarini osonlashtiradi. Download 63.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling