3-mashg’ulot Mavzu: Introduksiya qilingan o‘simliklarning urug‘ biologiyasini
Download 370.8 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3-amaliy mashgulot topshirigi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot shakli
- Mashg’ulot mazmuni
- Endospermli urug’lar
3-mashg’ulot Mavzu: Introduksiya qilingan o‘simliklarning urug‘ biologiyasini o‘rganishga doir tajribalar qo‘yish. Urug‘larning laboratoriya sharoitida unib chiqishini o‘rganish. Aniq o’quv maqsadi: urug’ va maysaning tuzilishini aniqlаsh va o’rganish. Mashg’ulot shakli: amaliy Mashg’ulot metodi: an’anaviy, aqliy hujum Didaktik jihozlar va materiallar: darsliklar, qo’llanmalar, mikroskop, lupa, pinset, buyum oynasi, petri kosachasida o’stirilgan loviya, no’xat urug’i va maysalari, bug’doy, arpa doni, ularning petri kosachasida o’stirilgan o’simtasi, don kesigidan tayyorlangan preparat. Mashg’ulot mazmuni: Urug’lanish jarayonidan so’ng urug’kurtak urug’ga aylanadi. Urug’ meva ichida yetishadi hamda gulli o’simliklarning jinsiy ko’payish organi hisoblanadi. Urug’ uch qismdan: urug’ po’sti (urug’ni tashqi tomonidan o’rab turadi, himoya qilish vazifasini bajaradi), murtak va zapas oziq moddalardan tuzilgan. Murtak asosiy vegetativ organlariga ega bo’lgan o’simliklarning boshlang’ich holatidir. Murtakda urug’ bargi (pallasi) bo’lib, u morfologik tuzilishiga ko’ra haqiqiy barglardan farq qiladi. Bir pallali o’simliklarda bitta, ikki pallali o’simliklarda ikkita urug’barg bo’ladi. Urug’da murtakning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan oziq – oqsil, yog’, kraxmal va boshqa moddalar to’planadi. Bu moddalar tufayli murtak rivojlanadi. Morfologik tuzilishiga ko’ra urug’lar bir necha xil bo’ladi. Endospermli urug’lar. Zahira oziq moddalar endosperma to’qimalarida to’planadi. Bunday urug’lar urug’ po’sti, murtak va eyedospermadan tuzilgan. Asosan bir pallali o’simliklar urug’i, ikki pallalilardan kanakunjut, pion, lipa va shunga o’xshaganlar urug’i endospermalidir. Download 370.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling