3. Matematik va purjinali mayatnik
-sinf uchun dars ishlanma tayyorlash
Download 307.3 Kb.
|
KURS ISHI BF
6.10-sinf uchun dars ishlanma tayyorlash
Mavzu: GARMONIK TEBRANISHLAR Darsning blok sxemasi:
Darsning maqsadi: o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,fizika “ darsligi bilan tanishtirish; darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish; darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish; o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish. Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, fizika“ darsligi. . Namoyish tajribalari: 2.,,Mavzuga oid chizmalar 3.Doska, bo‘r, daftar. 4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar. I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish. 6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash II. Darsning mazmuni: 7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari. 8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari. 9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.. III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash: 11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, fizika“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish. Yangi dars bayoni: Turmushda uchraydigan harakatlarning ba’zilari teng vaqt oralig‘ida takrorlanib turadi. Bunday harakatlar davriy harakatlar deyiladi. Davriy harakatlar orasida jismning muvozanat vaziyati atrofi da goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga qiladigan harakati ko‘p uchraydi. Jismning bunday harakati tebranma harakat yoki qisqacha tebranishlar deyiladi. Muvozanat vaziyatidan chiqarilgan jismning o‘z-o‘zidan ichki kuchlar ta’sirida qiladigan tebranishlari xususiy (erkin) tebranishlar deyiladi. Tebranayotgan jismning muvozanat vaziyatidan uzoqlashish masofasi uning siljishi (x) deyiladi. Muvozanat vaziyatdan eng katta chetlashishga tebranish amplitudasi (A) deyiladi.Mexanik tebranishlarni kuzatish uchun prujina uchiga mahkamlangan yukning tebranishlari bilan tanishaylik. Bu rasmdagi prujinaga mahkamlangan yuk gorizontal sterjenda ishqalanishsiz harakatlana oladi, chunki sharchaning og‘irlik kuchini sterjenning reaksiya kuchi muvozanatlaydi. Yuk muvozanat vaziyatiga yetib kelgach, uning siljishi (x) nolga teng bo‘lganligi uchun elastiklik kuchi nolga teng bo‘lib qoladi. Lekin yuk inersiyasi tufayli chap tomonga qarab harakatlana boshlaydi. Prujinada hosil bo‘lgan elastiklik kuchining moduli ham orta boradi. Lekin elastiklik kuchi doim yukning siljishiga teskari yo‘nalganligi uchun, u yukni tormozlay boshlaydi. Natijada yukning harakati sekinlasha borib, nihoyat u to‘xtaydi. Endi yuk siqilgan prujinada hosil bo‘lgan elastiklik kuchi ta’sirida yana muvozanat holati tomon harakat qila boshlaydi. Davriy ravishda tebranayotgan tizimning vaqt davomida qaysi qonun bo‘yicha o‘zgarayotganligini aniqlash uchun voronkaga qum to‘ldirib, uni ip bilan osib, tebrantirib yuboraylik. Voronkaning tebranish jarayonida uning tagidagi karton qog‘ozni bir tekis torta boshlasak, qumning qog‘ozidagi izning sinusoida shaklida ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: Davriy tebranayotgan jismning siljishi vaqt o‘tishi bilan sinuslar yoki kosinuslar qonuni bo‘yicha o‘zgaradi. Vaqt davomida parametrlari sinus yoki kosinuslar qonuni bo‘yicha o‘zgaradigan tebranishlar garmonik tebranishlar deyiladi.Demak, muvozanat vaziyatidan chiqarilgan prujinali mayatnik garmonik tebranar ekan. Sistema garmonik tebranishi uchun: 1) jism muvozanat vaziyatidan chiqarilganda unda tizimni muvozanat vaziyatiga qaytaruvchi ichki kuchlar hosil bo‘lishi; 2) tebranayotgan jism inertlikka ega bo‘lib, unga ishqalanish va qarshilik kuchlari ta’sir qilmasligi shart. Bu shartlar tebranma harakatning ro‘y berish shartlari deyiladi. IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash: 1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi. 2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish. V. Dars yakunlarini chiqarish: O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi. VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash. XULOSA. Ushbu kurs ishi mavzusi jihatdan dolzarb va katta ahamiyatga ega bo’lgani uchun bo’lajak fizika o’qituvchisi sifatida yoritib berdim. Fizika darsi jarayonida o’qituvchining chuqur bilimi, pedagogik mahorati bilan bir qatorda mavzuni kompyuter texnologiyalarini qo’llab, turli xil animatsiyalar, ko’rgazmali materiallar, virtual tajribalar va multimedialar orqali o’quvchilarga tushuntirish yaxshi samara beradi.O’quvchilar tasavvurlarini kеngaytirishda va ularning bilimlarini yanada oshirishda zamonaviy tеxnologiyalarni qo’llash eng qulay vosita va unumli usul bo’lib hisoblanadi. Bu esa o’quv samaradorligini oshirishning muhim omili bo’lib xizmat etadi. Kurs ishida: Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun fan dasturi va ishchi dasturlari, adabiyotlar bilan tanishildi. “Garmonik tebranishlar” bobining nazariy asoslarini o’rganildi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-sinf o’quvchilariga ’ “Garmonik tebranishlar” mavzusini innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi tahlil qilindi. “Garmonik tebranishlar” mavzusiga(dars ishlanma) tayyorlandi. Internet ma'lumotlari bilan mavzuni boyitildi Download 307.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling