3 Matoli filtrlar Siklonlar
Download 78.15 Kb.
|
chang tozalash qurilmalari
3 Matoli filtrlarMatoli filtrlarning ishlash prinsiplarini changlangan havoning mato orqali sizib o'tkazishga asoslangan bo'lib, havodagi changlar mato tolalari tuklariga ilinib qoladi, havo esa tozalanib, chiqarib yuboriladi. Matoli filtrlarning chang tozalash qobiliyati matoning qalin yoki yirik to'qilganligiga uning tollari tarkibiga bog'liq. Masalan, qalin to'qilgan junli matolarda changni ushlanib qolish imkoniyati ko'p va bunday matolarning chang tutish samaradorligi juda yuqori bo'lib 95-99,9% ni tashkil qiladi. Lekin shuni ham eslatib o'tish kerak, bunday matoli filtrning havo o'tkazishga qarshiligi nihoyatda katta bo'lib, taxminan 1200-4000 n/m2 ni tashkil qiladi (bunda 1200 birligini flltr ishga qo'yilgan vaqtdagi qarshiligi va 4000 n/m2 esa changga to'yingan vaqtdagi qarshiligi tushuniladi). Bunday katta qarshilikni yengish uchun nihoyatda ko'p eneigiya sarflaydigan ventilatorlardan foydalanishga to'g'ri keladi. Shuning uchun sanoat korxonalarida ishlatiladigan filtrlarning ishchi qismi bo'lgan matolarni, siyrak to'qilgan, ammo tukli turlari tanlanadi. Bunda biz flltr qarshiligini kamaytirishga erishamiz, shuning bilan birga sertuk siyrak to'qilgan mato orqali o'tayotgan changlangan havo o'z yo'nalishini bir necha marta o'zgartiradi va changlar mato g'adirbudirliklari va tuklarida ushlanib qoladi. 17-rasmda ittifoq davrida GPI -I tomonidan ishlab chiqilgan FV filtr sxemasi keltirilgan. Filtrning changlangan havoni taqsimlash va chang yig'ish kamerasi (1) orqali, changlangan havo keskin konus tuzilishidagi diametri 240 mm va uzunligi 2755 mm bo'lgan 8 ta yeng (2) ga yuboriladi. Yeng to'qimalari orqali changdan tozalanib o'tgan havo (3) kamerada to'planadi va bu yerdan (4) trubalar orqali ventilatonga yo'naltiriladi. VF filtrlar yenglarida ushlanib qolgan changlar silkitish hisobiga tushirib yuboriladi. Buning uchun richagsimon uzatma (6) ning (5) dastasiga ta'sir etuvchi kuch uni filtrning A seksiyasida ko'rsatilgan holatda kelguncha keskin ko'chadi va so'ngra keskin qo'yib yuboradi va buning natijasida yengga ilingan changlar qoqib tushiriladi. Yenglarni silkitib qoqish bir necha marta takrorlanadi va shuning bilan birga uning to'qimalari orasiga tiqilib qolgan changlarni chiqarib yuborish maqsadida tashqi tomonidan havo yuboriladi. Buning uchun havoni ventilatoiga yo'naltirish yo'lidagi truba tiqin (7) bilan berkitiladi va tashqaridan havo kirish yo'li (8) ochib qo'yiladi. Qarama-qarshi tomondan yo'nalgan havo yenglarning to'qimlari orasiga tiqilib qolgan changlarni chiqib ketishini tezlashtiradi. Shundan keyin yirik changlar (9) bunkerga yig'iladi, mayda changlar esa havo harakati natijasida yondagi seksiyadagi yenglarga yo'naltiriladi. Filtr havo o'tkazmaydigan metall qobig'i bilan o'ralgan. Hozirgi vaqtda ishlash tartibi xuddi shunday bo'lgan va hozirgi zamon talabiga javob beradigan, maxsus silkitib-qoqish mexanizmiga ega bo'lgan flltrlar yaratilgan. Ulardan biri FRM filtri (16-rasmda) ko'rsatilgan. FRM filtri (6), (8) yoki (10) seksiyadan iborat bo'lib har bir seksiya (10) yengdan tashkil topgan har bir yeng keskin konus formasida bo'lib 250x200 mm diametrni va uzunligi 2500 mm ni tashkil qiladi. Har bir yengning filtrlash yuzasi, 1,85 m2 ni tashkil qiladi. Changlangan havo yig'ish kamerasi (I) ga yuboriladi. Uning ostida (2) bunkeri joylashgan. 16-rasm. Yengsion matoli filtrning umumiy ko'rinishi. Filtrga havoni gorizontal va vertikal sholatdagi truboprovodlar orqali yo'naltiriladi. Ammo gorizontal, yo’naltirgan ma'qulroq, chunki bunda bunkerda yig'ilgan changni to'zg'itib yuborish imkoniyati kamroq. Kameraga kirgan Changlangan havo tarkibidagi yirik changlar to'g'ridanto'g'ri bunkerga tushadi. Mayda changlar bilan Changlangan havo yenglar (3) ga yo'naladi unda mayda changlardan tozalanadi. Yenglar orqali tozalanib o'tgan havo 4-kameraga o'tadi va undan ventilator yordamida so'rib tashqariga chiqarib yuboriladi. Bu filtrning ishlash jarayonida uning seksiyalaridan biri to'xtatilib, silkitib-qoqish yo'li bilan yenglarni changdan tozalanadi. Har bir seksiyadagi yenglarni galma-gal silkitib qoqish ishini maxsus ekssentrik mexanizm bajaradi. Bu mexanizm filtrning yuqori qismiga o'rnatilgan. Silkitib qoqish vaqtida yenglar osib qo'yilgan asos yuqoriga ko'tariladi va o'z og'irligi ta'sirida keskin pastga tushadi. Yenglarni silkitib-qoqish bilan birga uning qarama-qarshi yuzasi orqali havo yuborib puflanadi. Yenglarni tozalash uchun seksiyalardan biri to'xtatilishi bilan 4-kameraga havo ochiladi. Filtr havo so'rilish holatida bo'lganligi sababli (chunki ventilator havoni filtr orqali so'radi) xonadagi havo xuddi shu seksiyaga tomon so'riladi, buning bilan yengning to'qimalari orasiga siqilib kirgan changni chiqarib yuboriladi. 10 marta keskin silkitib-qoqish va qaramaqarshi tomonidan havo berish bilan tozalangan filtr ishga tushib ketadi. Filtrni bir seksiyasini tozalash 3—5 minut davom etadi. 17-rasm.FRM filtri. Bunday filtrning havo hozaiash samaradoriigi 99-99% ni tashkil qiladi. Havo tozalash quwati 5—8 m3/s. Qarshiligi 1000— 2500 Pa. Agar tozalanayotgan havodagi chang miqdori juda qo'p bo'lmasa, unda tozalash uchun filtrning o'zi yetarli hisoblanadi. Agar chang haddan tashqari ko'p bo'lsa ikki pog'onali tozalash qurilmasi ishlatilib uning birinchi pog'onasiga siklon va ikkinchi pog'onasiga filtr ishlatiladi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, filtr asosan changlar qimmatbaho bo'lganda (oziq-ovqat mahsulotlari changi va ba'zi qimmatbaho metallar) yoki tarkibidagi chang odam sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan hollarda ishlatiladi. Chunki bu filtrlar qimmatbaho matodan tuzilgani uchun va bu qimmatbaho matoni tez-tez yangilab turish kerakligini hisobga olsak, bu fikr tushunarli bo’ladi. Download 78.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling