3-mavzu: Alisher Navoiyning “Mahbubul qulub” asaridan. Nasihat ahli va voizlar zikrida. Parchaning orfoepik, fonetik va leksik-morfologik tahlili
Download 22.79 Kb.
|
3 tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar: talaffuz me’yorlari, fonetik tahlil, unli va undoshlar tizimi, vokalizm, leksik-frazeologik tahlil
- NASIHAT AHLI VA VOIZLAR ZIKRIDA
3-mavzu: Alisher Navoiyning “Mahbubul qulub” asaridan. Nasihat ahli va voizlar zikrida. Parchaning orfoepik, fonetik va leksik-morfologik tahlili Reja: Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari – shoir umrining sarhisobi sifati. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari lingvistik va badiiy ahamiyati haqida suhbat. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari tabdili. Asardagi leksemalarning orfoepik, fonetik va leksik-morgologik tahlili boshqichlari. Tayanch so’zlar: talaffuz me’yorlari, fonetik tahlil, unli va undoshlar tizimi, vokalizm, leksik-frazeologik tahlil YIGIRMA TO‘RTUNCHI FASL „Mahbub ul-qulub“ („Koʻngillarning sevgani“) 1500-yilda Alisher Navoiy tomonidan yozilgan asardir. Asar oʻzaro bogʻliq 3 qismdan iborat. 1-qism 40 fasl (bob) ni oʻz ichiga oladi. Bunda muallif oʻz davrining tipik vakillari hayotini tasvirlagan. 10 bobdan tashkil topgan 2-qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va nafratga loyiq hislatlar tafsiloti berilgan. 3-qismga masal va hikmatlar kiritilgan. Har bir jumla oʻzaro qofiyadosh. Asarning sajda yozilishi unga alohida badiiy nafosat bagʻishlagan. Asarga baytlar, ruboiylar kiritilib, ular ulugʻ shoir va mutafakkirning hayot haqidagi xulosalarini mujassamlashtirgan. Mahbub ul-qulub Alisher Navoiy asarlari tilini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Uning turli vaqtda koʻchirilgan bir qancha qoʻlyozmalari Toshkent, Sankt-Peterburg, Parij va Istanbul kutubxonalarida saqlanadi1. NASIHAT AHLI VA VOIZLAR ZIKRIDA Voiz kerakki, «qolalloh» so‘z aytsa va «qola Rasululloh» muxolafatidin qaytsa, Xudo va Rasul yo‘lig‘a qadam ursa. O‘zi kirgondin so‘ngra nasihat bila elni ham kivursa. Yurmagon yo‘lga elni boshqarmoq, musofirni yo‘ldin chiqormoqdur va biyobong‘a keturmak va bodiyada iturmakdur. Usrukki, elga buyurg‘ay xushyorliq - uyquvchidekdurki, elga buyurg‘ay bedorliq uyqusida so‘z degan jevligon bo‘lur va degondek qilmoq ne degon bo‘lur. Va'z bir murshid va ogoh ishidur va aning nasihatin qabul etgan maqbul kishidur. Avval bir yo‘lni bormoq kerak, andin so‘ngra elni boshqarmoq kerak. Yo‘lni yurmay kirgan itar va g‘ayri maqsud erga etar. Voiz uldurki, majlisig‘a xoli kirgan to‘lg‘ay va to‘la kirgan xoli bo‘lg‘ay. Voizkim, bo‘lg‘ay olim va mutaqqiy - aning nasihatidin chiqqan shaqiy. Ulki, buyurub o‘zi qilmag‘ay, hech kimga foyda va asar aning so‘zi qilmag‘ay. Nazoirxon bila surguvchi maqol - dastiyor bila yirlag‘uvchi qavvol. Qit'a:
Anga yorodu munga ayolg‘uvchi hukmi bor. Tengri so‘zin ayolg‘uvchi bo‘lmay dey olmag‘ay, Bir soz bo‘lsa ham kerak ul qilg‘ay ixtiyor. Topshiriqlarni bajarishda quyidagi bosqichlar o‘tkaziladi: 1-bosqich. Asarda ishtirok etgan quyidagi so’zlarning tarjimalarini toping. voiz qolalloh muxolafat kivurmak bodiya usruk bedorliq jevligon bo‘luv va'z murshid itmak g‘ayri maqsud majlis – yig mutaqqiy shaqiy nazoirxon dastiyor yirlag‘uvchi qavvol Suxanguzor Yorodu ayolg‘uvchi 2-bosqich. Tuzilgan lug’at asosida “Mahbub ul-qulub asari”dan olingan parchaning tabdilini amalga oshiring. Masalan: Voiz uldurki, majlisig‘a xoli kirgan to‘lg‘ay va to‘la kirgan xoli bo‘lg‘ay. Voizkim, bo‘lg‘ay olim va mutaqqiy - aning nasihatidin chiqqan shaqiy. Tabdili: Notiq shuki (shunday kishiki), bu yig’inga ilmdan xoli bo’lgan kishi ilm-la to’lib chiqadi. 3-bosqich. Asarda keltirilgan so’zlardagi aldoqchi tovushlarni aniqlang, ya’ni orfoepik va orfografik farqlanishiga doir fikrlang. Masalan: Voiz – voyis Qolalloh – qolollox Muxolafat – muxolipat. 4-bosqich. Matnda keltirilgan reduksiya, sinerezis, prokopa, sinkopa, apakopa, proteza, epinteza, epiteza, sandxi hodisasi, metateza, assimilyatsiya, dissimilyatsiya kabi fonetik o’zgarishlarga uchragan leksema va so’zlarni ajratib chiqing. Masalan: fonetik variativlik: Xudo va Rasul yo‘lig‘a (ga) qadam ursa. O‘zi kirgo(a)ndi(a)n so‘ngra nasihat bila(n) (reduksiya) elni ham kivursa (kirish, ortish, epenteza). Yurumago(a)n (yur(u)magan, epinteza) yo‘lga elni boshqarmoq….. 5-bosqich. “Notiqlik san’ati qaysi soha vakillari uchun muhim?” mavzusida suhbat o’tkaziladi. MAVZUGA TAYYORLANISHDA FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET MANBALAR: Mirzayev I. Tahliliy o‘qish. Samarqand, SamDU nashri, 2022. Maxmaraimova Sh. Hozirgi o’zbek adabiy tili (leksikologiya). –T.:2021. B. 378. http://library.navoiy-uni.uz/files/navoiy_mahbubul_qulub_lotin_com.pdf https://uz.wikipedia.org/wiki/Mahbub_ul-qulub https://staff.tiiame.uz/storage/users/452/presentations/VW73HfTsIld91GcBspnfskAosSLwsqktGpmm1C5e.pdf https://n.ziyouz.com/books/alisher_navoiy_asarlari/Alisher%20Navoiy.%20Mahbubul%20qulub.pdf 6-bosqich. Uyga vazifa: “Notiqlik men uchun…..” mavzusida esse yozish. 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Mahbub_ul-qulub Download 22.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling