3-Mavzu. Amir Temur va temuriylar davrida axloqiy-estetik g’oyalarning rivojlanishi
-o’quv savoli. Zaxriddin Muxammad Bobur o‘rta asr sharq
Download 348.24 Kb. Pdf ko'rish
|
3 Maruza matni
2-o’quv savoli. Zaxriddin Muxammad Bobur o‘rta asr sharq
madaniyati, adabiyoti va sheriyatidagi o‘rni. O’sha davr ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy va estetik qarashlari takomilida Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530 y.y.) hayoti va faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Temuriylar sulolasining vakili shoh va shoir Bobur Mirzoning millatimiz oldidagi xizmatlari beqiyosdir. Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir. Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz, Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidir. Zahiriddin Muhammad Bobur o’rta asr sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’ringa ega adib, shoir, olim bo’lish bilan birga, yirik davlat arbobi sifatida ham o’chmas nom qoldirdi. Serjilo o’zbek tilida yozilgan, Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlarining tarixi yoritilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning buyuk tarixnavis, axloqshunos olimlari qatoridan joy oldi. Tarix, geografiya, musiqa, harb ilmi kabi fanlar rivojiga ulkan hissa qo’shgan Boburning ma’na viy merosida yoshlarni bilim olishga, odobli, axloqli bo’lishga da’vat etish g’oyasi ustun turadi. Adabiyot, nafis san’at, tabiat go’zalligiga yoshligidan mehr qo’ygan Bobur, barcha temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida etuk ustozlar rahbarligida egalladi. Bobur kishilarni birodarlikka, inoqlikka, shafqatli, insofli bo’lish, Vatanni e’zozlashga 12.12.2022, 22:05 reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/content/3539/html/72875/3 Maruza matni.htm reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/content/3539/html/72875/3 Maruza matni.htm 6/9 chaqirdi. Uning ma’rifatparvarligi, ax loqiy g’oyalari o’z davrida katta ahamiyat kasb etdi. Boburning ijtimoiy-axloqiy qarashlari uning «Boburnoma» asarida aks ettirilgan. U kishilar xulqini uning faoliyati bilan chambarchas bog’liq holda talqin etadi. U har qanday kimsani emas, balki haqiqiy insonni qadrlaydi, uning mehnat faoliyati va xulq-atvorini madh etadi. Shoir kishilarning tashqi ko’rinishlari ularning ichki dunyosini ifodalashini yaxshi anglaydi va bunda tasvirga alohida e’tibor beradi. «Boburnoma» asarida 80 dan ortiq shaxsning nomi tilga olinib, 50 dan ortiq zamondoshining xulq-odobi, insoniyligi, nasabi, kasbi, ijodi va fanga qo’shgan hissasi haqida to’xtaladi, ularga adolatli baho beradi, o’z munosabatini bildiradi. «Boburnoma»da o’sha davrning siyosiy voqealari mukammal bayon qilinar ekan, o’z yurti Farg’ona viloyatining siyosiy-iqtisodiy axvoli, uning poytaxti Andijon shahri, shuningdek, O’rta Osiyoning yirik shaharlari — Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahririsabz, O’sh, Urganch, O’ratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida ham nihoyatda nodir ma’lumotlar keltirgan. Unda Qobul ulusining yirik shaharlari Qobul, G’azna va ular ihtiyoridagi ko’pdan-ko’p tumanlar, viloyatlar, shimoliy Hindiston haqida ma’lumotlarni uchratish mumkin. Sharq xalqdari tarbiya nazariyasida kishi xulqini belgilovchi bir kancha mezonlar mavjud. Shulardan biri jamoat orasida yoshi ulug’, mansabdor, ilmli va hurmatli shaxslar oldida o’zini qanday tuta bilishiga qarab baholash alohida o’rin tutgan. «Boburnoma»da keltirilgan sharq tarbiya mazmuniga xos quyidagi hikoyat tarbiya vositasi sifatida qimmatlidir. Hikoyatda Xoja Axror suhbatida Sulton Axmad Mirzo o’tirishda beodoblik qilganini sezadi, lekin buni uning yuziga solmaydi. Mirzo turib ketgandan keyin Xoja Axror uning joyida suyak bor ekan, shuning uchun yaxshi o’tirmadi, deb uning beodoblik qilganini xizmatkorlariga eslatadi. Bobur bu bilan Xoja Axrorning o’ta ziyrak va talabchan inson ekanligiga, Sulton Axmad Mirzoning beodobligiga ishorat qiladi. Boburning fikricha, inson akl-xushi yordamida shunday yaxshi ishlar qilsinki, toki vafotidan so’ng insonlar uni yaxshi odam edi, deb eslasin. Uningcha, talab-ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Inson talab-ehtiyojlarining eng oliy sifatlari axloqiy ehtiyojlardir. Shunday ekan, axloqiy ehtiyojlarda barcha moddiy va ma’naviy ehtiyojlar jamlangan, deyish mumkin. Axloqiy madaniyat va munosabat, faoliyat va ijod, ong va g’oya, did va baxr kabi qator tushuncha va kategoriyalarni axloq ehtiyoji, degan tushuncha yordamisiz to’g’ri va to’liq tushuntirib bo’lmaydi. Umumbashariylik, ko’pqirralik, yaxlitlik, beg’arazlik, milliylik va baynalmilallik hozirgi istiqlol davrida axloqiy ehtiyojlarning mushtarak tamoyillaridir. Axloqiy faoliyat esa shaxsning shakl-lanishi, kamol topishiga sabab bo’ladi. Shu tarika axloq inson faoliyati shakllarining, insoniylik ya’ni komillik mezoniga aylanib boradi. Inson - ning axloqi uning ongi, bilimi va badiiy didiga bevosita bog’liq. 12.12.2022, 22:05 reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/content/3539/html/72875/3 Maruza matni.htm reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/content/3539/html/72875/3 Maruza matni.htm 7/9 Etika fani axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o’rganadi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi. U o’zining tarixiy taraqqiyotida quyidagi vazifalarni bajargan: -umuminsoniy madaniyat tizimida insonning tabiiy xislatlarini; -jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi ma’naviy-ijtimoiy omillarini; -kishilarning ichki tuyg’ularini, hissiyotlarini o’stirib, umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlarni anglab etish, ularni asrash va kelgusi avlodga etkazib berishni; oila va kundalik turmushda mavjud bo’lgan oilaviy burch, o’zaro hurmat, sadoqat, or-nomus kabi an’analarni avloddan-avlodga o’tkazish asosida davom ettirish vazifasini; inson yaxshilikka intilib yashashi kerak, agar u o’z hayotida ulug’ niyatlariga, murod-maqsadlariga etmasa, azob chekib yashashining foydasi yo’q deb biladi. Bobur o’z asarlarida ota-onani hurmat qilishga, ular xizmatini so’zsiz bajo keltirishga, ota-ona oldida o’zini axloqli tutishga da’vat etib, ota-onaning ham o’z farzandi uchun mehribon, jonfido bo’lishi kerakligini o’z hayoti misolida isbotlaydi. Bobur ijodida vatanparvarlik tuyg’usi etakchi o’rinni egallaydi. U ulamolarning johilligi, amaldor tekinho’rlarning shafqatsizligidan g’oyat afsuslanadi. U Vatanga muhabbat va sadoqat shaxsning vatanparvarligi, etukligi, milliy iftixori kabi fazilatlarida aks etishini ta’kidlaydi. Yuksak badiiy did, chin insoniy axloq sohibi bo’lgan Bobur kaysi shaharda, qaysi davlatda bo’lmasin, xalqlar o’rtasida vatanparvarlikni keng targ’ib etadi. Bobur milliy artilleriya asoschisi hamdir. «Boburnoma»da yozilishicha, Bobur Ustod Aliquli bi lan birga o’sha davrda mukammal to’p yaratishni amalga oshirgan. Natijada bu qurol Hindistonda uning g’alabasini ta’minlashda muhim omillardan biri bo’lgan. Ustod Aliquli Bobur qo’shinida shunchaki ustoz emas, artilleriya bosh qo’mondoni vazifasini bajargan. Asarda uning barcha o’qotar, artilleriya qurollariga boshchilik qilganligining guvohi bo’lamiz. Zaxiriddin Muhammad Bobur ijodida do’stlik g’oyasi keng ma’noda ifodalangan. Shoir do’stlikni millatlar, ellar do’stligi va birga faoliyat ko’rsatayotgan lashkarlar elkadoshligi, oila a’zolari, olim, shoir hamda ulamolar hamkorligi kabi insoniy fazilatlar, deb tushundi, do’stman deb, dushmanning ishini qilgan shaxslardan nafratlandi. Bobur faoliyatida ibrat, namuna ko’rsatish yo’li bi lan boshqalarga o’rnak bo’lish va nasihat qilish yaqqol ko’zga tashlanadi. U farzandlari, qo’l ostidagi beklar va lashkarlaridan har bir ish o’z vaqtida bajarilishini talab etgan. E’tiborlisi shundaki, ibrat ko’rsatish yoki amalda namuna bo’lish urush sharoitida, issiq-sovuqqa bardosh berishda, oz sonli kuch bilan Falaba qozonishda, ayniqsa, berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarishni talab qilishda asqatar edi. 12.12.2022, 22:05 reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/content/3539/html/72875/3 Maruza matni.htm reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/content/3539/html/72875/3 Maruza matni.htm 8/9 Xalq urf-odatlari, rasm-rusumlari, umuminso niy sifatlar bo’lmish mehr- muhabbat, raxm-shafkat yunalishidagi odatlar asrlar osha avloddan-avlodga utib boraveradi. Chunki xalq ijobiy udumlari davr-ning madaniyatli, ma’rifatli kishilari tomoni-dan katta bir meros sifatida urganiladi va keng targib etiladi. Bobur asarlarida ham O’rta Osiyo, Afg’oniston, Eron, Xindiston xalqlari udumlari, rasm-rusumlari kabi madaniy-ma’naviy meroslari o’sha xalqlarning ijobiy fazilatlari tarzida badiiy aks ettirilgan. Bobur sarkarda sifatida harbiy odatlar va udumlarni o’rganib boradi. Qaerda bo’lsa, o’zi va beklari, lashkarlari o’sha yurt harbiylari udumiga rioya etadilar. Umuman, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Zaxriddin Muhammad Boburning axloqiy-estetik qarashlarida inson va uning ma’naviy-axloqiy olami asosiy o’rinda turadi. Bobur ma’naviy merosini o’rganish katta ahamiyat kasb etadi. Chunki Bobur xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida munosib o’rin egallagan shaxsdir. Download 348.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling