3-mavzu: arab, fors-tojik va rus tillarining o`zbek tiliga ta`siri
Download 20.92 Kb.
|
1 2
Bog'liq3 amal til tarixi
3-MAVZU: ARAB, FORS-TOJIK VA RUS TILLARINING O`ZBEK TILIGA TA`SIRI. Reja: O’zbek tilshunosligida o’zlashma so’zlarning roli va ahamiyati O’zbek tiliga boshqa tillarning ta’siri O’zbek tilining lug’at tarkibdagi o’zgarishlar O’zbek tili lug’at tarkibidagi arab o’zlashmalari asrimizning 50yillarida boshqacha mafkura ta’siridao’shanga moslab o’rganilagan edi, unda ko’pgina arab so’zlariga salbiy munosabatda yondoshilib, ular rus va rus tili orqali o’zlashganboshqa еvropacha lug’aviy birliklar bilan zo’rmazo’raki almashtirilgan. Arab lug’aviy birliklarining baynalmilal “qobiliyati” va imkoniyatlari ochiqoydin inkor etilgan edi. S.I.Ojegovning e’tirof etishicha, leksika tilning boshqa sathlariga qaraganda murakkab va ko’p qirralidir. Uning vazifasi, bir tomondan, jamiyat nafas olayotgan borliqni barcha murakkabliklari bilan in’ikos etish bo’lsa, ikkinchi tomondan, leksik, semantik, uslubiy, sinonimik, so’z yasash va shuning kabi bir qator hodisalarning murakkab lisoniy munosabatlarini ifoda etishdan iboratdir. Turkiy tillar bo’yicha jiddiy va yirik tadqiqot ishlari olib borganprofessor N.K.Dmitriev arab va turkiy tillar aloqasi masalasining qadimdan dolzarb muammo sanalganini alohida ta’kidlaydi. Olim boshqird tiliga o’zlashgan arab lisoniy elementlariga imtiyoz bergan holda, bu til leksikasidagi arabcha so’zlarni faol va nofaol qatlamlarga ajratadi. Arab lug’aviy birliklarining aktiv qatlami deganda atoqli(kishi ismlari) otlarni, diniy va kundalik turmush bilan bog’liq tushunchalarni ifoda etuvchi so’zlarni nazarda tutadi. Passiv qatlam tushunchasi ostida adabiy til bilan ish ko’ruvchi ayrim shaxslar leksikonidagina uchraydigan arab o’zlashmalarini ko’zda tutadi. N.K.Dmitriev e’tirof etgan mazkur fikr o’zbek tili leksikasidagi arab lug’aviy o’zlashmalari uchun ham daxldordir. Darhaqiqat, o’zbek tili leksikasidagi ko’pgina so’zlar kishi ismlari maqomida faol ishlatiladi.Malohat, Salomat, Ra’no, Boqi, Ali,Muhammad, Muborak va boshqalar. Ziyolilar nutqida, ayniqsa, poetik nutqda ko’pchilik tomonidan ishlatilmaydigan arab o’zlashmalari ham uchrab turadiki(masalan: oraz, mansura, tatabbu, ta’riz va hokazolar), ular o’zbek tili leksikasidagi arabcha so’zlarning nofaol-passiv qatlamini tashkil qiladi. Bunday qatlamga mansub so’zlarning o’zbek tiliga badiiy nutq orqali o’zlashganligi o’z-o’zidan aniq. Bir tildan boshqa bir tilga so’z o’zlashishi tillarning aralashuvi sifatida yuqori baholanadi. Mashhur tilshunos L.V.Shcherba bunday jarayonni tilshunoslik fanining muhim muammolari sirasiga kiritadi. Qozon tilshunoslik maktabining namoyondalaridan biri V.A.Bogoroditskiy esa o’z tilni o’rganishda boshqa tilning ta’sirini hisobga olish zarurligi va uning ahamiyatini qayd qiladi. Tillarning o’zaro ta’siri, bir tildan boshqa bir tilga lisoniy birliklarning o’zlashishi masalalari N.V.Yushmanov tadqiqotlarida ha e’tiborli o’rinda turadi. Xususan , u arab va arab bo’lmagan boshqa tillardan ot turkumiga xos so’zlarning o’zlashishi, bunday sotsiolingvistik jarayonda o’zga til leksemalarining morfologik qiyofasidagi o’zgarishlar haqida qimmatli fikrlar bildiradi. O’zbek tili o’zining ko’p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida lug’at tarkibini o’z ichki manbalari hisobiga boyitib, takomillashtirib keldi. Bunday qonuniyatga ko’ra, o’z qatlam negizlari asosida yangi so’zlar yasaldi, mavjud so’z ma’nolari kengaytirildi, ba’zi so’zlarga qo’shimcha vazifalar yuklandi, adabiy tilga xalq shevalaridan turli davrlarda, ehtiyojga ko’ra, so’zlar qabul qilindi. O’zbek tili lug’at tarkibining boyishida ichki manba imkoniyatlari muhim asos hisoblanadi. Shunga qaramasdan, dunyodagi hech bir til o’z ichki manbalarigagina tayanib ish ko’rmaganidek, o’zbek tili uchun ham faqat o’z so’zlari, o’zqatlam boyligi va imkoniyatlarigina kifoya qilmaydi. O’zbek tili lug’at tarkibining boyish va takomillashuvida tashqi manba muhim rol o’ynaydi. Umuman har qanday til sof holda yashay olmaydi. Turli tillarning turli tarixiy sharoitlarda o’zaro ma’lum munosabatda bo’lishi qonuniy holdir. Bunday munosabat aloqada bo’lgan tillar rivojida ayniqsa uning lug’at tarkibida ma’lum izlarni qoldirishi mumkin. Shu sababli ham dunyodagi barcha tillar lug’at tarkibidagi, jumladan o’zbek tilining lug’at tarkibdagi o’zgarishlar uchun umumiy bo’lgan ikki qonuniyat kuzatiladi: 1) eskini yangi bilan almashtirish; 2) boshqa tillardan so’z qabul qilish. Demak, o’zbek tilining lug’at tarkibi o’z taraqqiyotida ikki manbaga tayanadi: a)ichki manba; b) tashqi manba. Demak, o’zbek tili leksik tarkibidagi so’zlar genetik jihatdan faqatgina qadimiy turkiy qabila tillari leksikasiga (umumturkiy so’zlarga) borib taqalmaydi. Unda o’z qatlam so’zlaridan tashqari boshqa tillardan turli davrlarda qabul qilingan so’zlar ham mavjud. O’zbek tiliga boshqa tillar ta’siri ikki muhim hodisada ko’rinadi: 1. O’zbek tiliga chet tildan kirgan so’zlarni qabul qilishda. 2. Chet tilga oid so’zlarni o’zbek tiliga moslashtirishda. So’zlarning bir tildan boshqa bir tilga kirishi va singishi, shunchaki oddiy jarayon emas, balki murakkab lingvistik va ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan bog’liq qonuniyatdir. Tildan tilga so’z o’zlashishi uchun avvalo real sharoit lozim. Bunday sharoit tillarning o’zaro hamkorligi, ya’ni tillar orasidagi aloqalardir. Hozirgi o’zbek tili tarixan murakkab rivojlanish va shakllanish bosqichlarini boshidan kechirgan. O’zbek tili urug’ va qabila tili, xalq tili, milliy til va ijtimoiy millat tili davrlarida bir qator qardosh tillar, shuningdek, chet tillar bilan aloqada bo’lgan. Turkiy urug’ va qabilalar tili juda qadimiy davrlardaq O’rta Osiyoda azaldan yashab kelgan eroniy tillar bilan aloqada bo’lgan. O’rta Osiyoda, jumladan hozirgi O’zbekiston hududida yashagan xalq eroniy tillar guruhiga kiruvchi mahalliy til lahjalarida gaplashgan. Bu eroniy urug’ – qabilalar, xalqlar – so’g’dlar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar, parfiyanlar, parikaniylar, xorazmiylar va boshqalarning tili bo’lgan. Shuningdek qadimgi Baqtriya podsholigida grek tilida, shuningdek, grek va eroniy tillar qorishmasidan iborat bo’lgan tildan ham foydalanishgan. O’rta Osiyo, jumladan hozirgi O’zbekiston hududida eroniy til xarakteriga ega bo’lgan qadimiy xorazm tili ham mavjud edi. Bu til bilan o’sha davr mahalliy turkiy tillar orasida ma’lum aloqa bo’lgan. Tarixiy manbalarda VII-VIII asrlarda va undan oldin xorazm yozuvi keng tarqalganligini ko’rsatuvchi dalillar mavjud. XIII-XIV asrlarda Xorazm aholisi ikki tilda – turkiy va qadimiy xorazm tilida gaplashgani ma’lum. Qadimgi xorazm tili XIV asrlarga kelib o’zbek tiliga singishib ketdi. Natijada bu tilga oid ba’zi so’zlar hozirgi o’zbek tilida saqlanib qolgan: xo’p (xo’b), bog’, pochcha (pichchomi-dadam), osmon (osm), juft (er), ariq (ar-suv) va boshqalar. O’zbek tili o’tmishda bir qator qardosh bo’lmagan tillar boshqa sistemadagi tillar bilan ham aloqada bo’lgan. Bunday tillar fors-tojik va arab tillaridir. Shuningdek, o’zbek tili o’z rivojining milliy til va ijtimoiy millat tili davriga kelib rus tili bilan aloqa va hamkorlikka kirishdi va bu jarayon davom etmoqda. Qadimgi turkiy til o'zining leksik xususiyati, so'z boyligi jihatidan ham qisman farqlanadi. Qadimgi turkiy til Iug'atida bo'lgan so'zlarning asosiy qismini o'sha davrdagi turkiy urug' va qabilalarning tillari uchun umumiy bo'lgan so'zlar tashkil qiladi. Ulardan ba'zilari farqlansa-da, ko'pchiligi turkiy tillar taraqqiyotining keyingi davrlarida ham keng iste'moida bo'lgan. Ular ko'pgina turkiy tillardagi kabi hozirgi o'zbek adabiy tilida ham ayrim o'zgarishlar bilan qo'llanmoqda. Ayniqsa, turkiy tillarning qadim davrlarida keng qo'llanilgan bir bo'g'inli va ikki bo'g'inli so'zlar hozirgi tilimizda ham keng qo'llaniladi. Masalan, az(sz), sz(o'z), ash(osh), ach(och), Ych(uch), ot (o't), et(go'sht), aq (oq), su(suv), ata/ xata(ota), ana/xana(ona), sav/sab(so'z), ksk(osmon), kun,aItblD(oItin) kabi juda ko'p so'zlar borki, hozirgi ma'nolarda qo'llanilgan. Shu kabi tangri, bodun, og(ona); aba(ona), ota od(dunyo), charuq(choriq) bag'irOigar), og'lan (yosh yigit), inch(tinch), yag'i(dushman), biJig(i1m), ben(men) tag'udu-taqaqu(tovuq), o'zkaru(-qaru-ga qo'shimchasi), otru(keyin), taqi (yana), achi(aka), azi(aslo,sira), bangu(mangu), yama(ham), barz/bars, kendu(o'zi), asig' kabi juda ko'p so'ziar eski o'zbek tilida mavjud. Ma'iumki, turkiy tillar tarixida juda ko'p qardosh va qardosh bo'imagan qabilalar tili aralashib ketgan, albatta. Ba'zan qardosh tillar uzoqlashib, o'z til oilasidanqardosh bo'lmagan til oilasiga o'tib ketish (divergansiya) hodisasi sodir bo'lgan bo'lsa, ba'zan buning aksi ham (konvergansiya) yuz bergandir. Ba'zan tillarning teng holatdagi munosabatlaridan ikki tillik (bilingvizm) hodisasi vujudga kelgandir. Masalan, qadimgi sug'diy, xorazmiy kabi tillar mustaqil til sifatida mavjud bo'lgan edi, ammo bu tillar asta-sekin turkiylashib ketdi. Oldingi holati yo'qolib ketdi. Sug'diy tilning bir qismi ma'lum davrlargacha ikki tillik holatda bo'lib, so'nggi (XI-XII asrlardan so'ng) bu til tamoman yo'q bo'lib ketdi. Turkiy qabilaiarning bir qismi (eftalit-sak-massaget, sarmat va xunlarning) o'zga еrlarda yashaganlari, o'sha mahalliy qabilaiarga araiashib tillari ham singib ketishdi. Masalan, Sibir, G'arbiy Yevropa va boshqa еrlardagi ko'pgina turkiy tillar o'sha hududdagi qabilaiar tili bilan araiashib, o'z ona tillarini o'zgartirib yuborganlar. Ba'zan qo'shni davlatlar aholisi bilan bordi-keldi natijasida o'zaro ta'sir (adstrat) xususiyatlar paydo bo'iadi. Bunday xususiyatlar ma'lum bir davrlar oralig'ida o'zga elatlarning hukmronligi paytida (yunonlar, forslar, mo'g'ullar va boshqalar hukmronligida) «bosqinchi til»ni majburiy singdirish natijasida ham yuz beradi. Xullas, qadimgi turkiy tilda ham xuddi shu hodisalarni ko'rish mumkin. Natijada turkiy tillarning eng qadimgi davrlaridan boshlab, o'zga tillar xususiyatlari o'rnashib, singib kelgan. Xuddi shu holni qadimgi turkiy-runiy va turkiy-uyg'ur bitiklarida uchratish mumkin: abxak (sanskritcba) - xavfsiz; cbuldan (qadimgi eron tili) - unvon; chambu-divir (sanckritcba) - koinot, olam; sui (xitoycba) - gunob; tensi (xitoycba) - osmon o'g'li; cbang(xitoycba) - tarmoq; bayan (sanckritcba) - baxt; lucban (sanksritcba) - nuroniy; mabaraj (sanksritcba) - bokim; pryan (sanksritcba) - bujra; cban(xitoycba) - piyola; bau(xitoycba) - puI; teang(xitoycba) - xazina; tsuy(xitoycba) - gunoh; cbanchu(xitoycha) - o'qlov; cbang (xitoycba) - cholg'u; ajun(sug'dcba) - dunyo; bag(sug'dcba) - bog'; bosbiq(sug'dcba)- asbula, qo'sbiq; farisbta(sug'dcha); xusbti (sug'dcba) - muallim; rucb(sug'dcba) - kun; rushan -(sug'dcba) - yorug'lik, sarvag'(sug'dcba) - saroy; mag' (sug'dcba) - oy; vag'sbiqa(sug'dcba) - dabo, rub; sbasbad (forscha) - shoh, xon kabilar. Ayniqsa, qadimgi turkiy tilning so'nggi davrlari tilida arab va fors tillarining ta'siri kuchli seziladi. Bu haqda o'z o'mida fikr yuritamiz. Yuqorida qayd etilgan qadimgi umumturkiy so'zlaming ayrimlari iste'moldan chiqib qolsa, ayrimlari turli o'zgarishlar (ayniqsa, fonetik o'zgarishlar)ga uchragan holda qo'llaniladi. Masalan, ug(ona), sug(1ashkar), kunchuy (xonim), bo'gda(xanjar), iig (yaxshi), sugut(nayza) kabilar eski o'zbek tili davridan boshlab iste'moldan chiqib qolgan. Shu kabi adgud, azruq, ayruq, ayiriq; adrul , azrul, ayril; yaruq (lIT), churuq (tuva tHida), yoruq (eski o'zbek tilida); alb/alp (lIT), alb (mo'g'ul), alp (eski o'zbek); tag'udu (KT), takuaa (mo'g'ulcha), tangoh (xokascha), taqag'u (MK), tag'iq (qirg'izcha), tovuq (o'zbekcha), ten (lIT), chen(ten) (chuvashcha), tin (boshqirdcha), tong (o'zbekcha); tirik//KT), chere(chuvashcha), diri (ozarb), tirik (o'zbekcha) kabi so'zlar fonetik o'zgarishlar bilan qo'llaniladi (57/63)'. Qadimgi turkiy tilning grammatik qurilishidagi o'ziga xos belgiJaridan biri turkshunos oIim S.Ye.Malov qayd etgan ko'plik qo'shimchasining o'tmishdagi «-t/-d» shakli Kultigin bitiklarida qo'llanishidir: tarqan-(birligi) - tarqat (ko'pligi) (63/50-51-betlar), shadara-(shad,* ara-birIigi, shadarut ko'pIigi), alpagu(birligi) - alpagut(ko'pligi) kabilar (21/128-Bh-31). Bizningcha, qadimgi turkiy til davrida bu qo'shimcha o'z ma'nosi (vazifasini) allaqachon yo'qotgan bo'lib, ko'plik ma'nosi, asosan, «-lar/lar» qo'shimchasi orqali anglashiladi. O'zbek adabiy tilining lug'at tarkibi juda boyidi, so'z qo'llash usullari rna'lurn tartibga keltirildi, so'zning uslubiy vazifalari kengaydi. Adabiy-badiiy rnatnlarda kitobiy so'z va iboralar bilan birga umumxalq so'zlashuv tiliga xos so'zlar, ibora va birikrnalar ham keng qo'llandi, fors-tojik tilidan yangi so'zlar o'zlashtirish ancha kengaydi. Buning natijasida o'zbek adabiy tilining lug'ati boyidi, so'zlaming rna'nosi, ulaming uslub imkoniyatlari kengaydi. Turlicha badiiy rnatnlarda o'zbek adabiy-kitobiy, lug'aviy birliklar, so'zlashuv tili unsurlari va o'zlashtirrna qatlarn so'zlarini birga qo'llash rne'yorga aylanib qoldi: Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek 0 'fturur, G'oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo 'fur. (Atoiy) Falak yillar kerak sayr etsayu keltursa ilkiga, Meningdek shoiru turku seningdek shohi donolli. (Sakkokiy) Download 20.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling