3-mavzu. Aralashmalarga doir masalalar yechish usullari
Download 381.84 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu. Aralashmalarga doir masalalar yechish usullari
3-mavzu. Aralashmalarga doir masalalar yechish usullari 1-masala. Mis, temir va aluminiydan 17,35 g aralashmasiga konsentrlangan nitrat kislota ta’sir ettirilganda 4,48 l gaz ajralib chiqdi, xuddi shu aralashmaga xlorid kislota ta’sir ettirilganda esa 8,96 l gaz (n.sh. da o’lchanganda) ajraldi. Aralashmadagi metallarning (foiz ) tarkibini aniqlang. Yechish: Konsentrlangan nitrat kislota faqat mis bilan reaksiyaga kirisha oladi, aluminiy va temir bilan ta’sirlashmaydi. Misning nitrat kislota bilan o’zaro ta’sirlashuv reaksiyasi tenglamasi: 𝐶𝑢 + 4𝐻𝑁𝑂 3 = 𝐶𝑢(𝑁𝑂 3 ) 2 + 2𝑁𝑂 2 + 2𝐻 2 𝑂 63,5g 44,8 l 1 mol 2 mol (1) x mol 4,48 l 0,2 mol 63,5 g misning (1 mol) erishidan 44,8 l azot (IV) oksid (n.sh. da o’lchangan) ajralib chiqadi. Masalaning shartiga ko’ra, 4,48 l (0,2 mol) erigan. Shunday qilib, aralashmada temir bilan aluminiy (17,35-6,35) 11 g ekan. Aralashmaga xlorid kislota ta’sir ettirilganda 8,96 l gaz (0,4 mol) ajralib chiqdi. Bu gaz faqat temir va aluminiyning xlorid kislota ta’sirlashuv reaksiyasi natijasida hosil bo’ladigan vodorod bo’lishi mumkin (mis elektrokimyoviy kuchlanishlar qatorida vodoroddan o’ngda turadi va kislotadan vodorodni siqib chiqara olmaydi, ya’ni xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishmaydi.) reaksiyalarni 2 va 3 tenglamalar ko’rinishida yozish mumkin: 2𝐴𝑙 + 6𝐻𝐶𝑙 = 𝐴𝑙𝐶𝑙 3 + 3𝐻 2 54 g 3 mol (2) y g x mol 𝐹𝑒 + 2𝐻𝐶𝑙 = 𝐹𝑒𝐶𝑙 2 + 𝐻 2 56 g 1 mol (3) (11-y) g (0,4-x) mol Aluminiyning erishi hisobiga ajralib chiqqan vodorodning mollar sonini x bilan, temirning erishi hisobiga ajralib chiqqan vodorodning mollar sonini (0,4-x) bilan belgilaymiz. Agar aralashmada aluminiy y g bo’lsa, temirning miqdori (11-y) g bo’ladi. 2 va 3 tenglamalardan foydalanib, quyidagicha yozish mumkin: 54x=3y, 56(0,4-x)= 11-y yoki 22,4-56x=11-y, bundan y=11-22,4-56x=56x-11,4. U qiymatini birinchi tenglamaga qo’yib: 54x=3 (56x-11,4) yoki 54x=168x-34,2 yoki 114x=34,2 ni hosil qilamiz, bundan x=0,3 mol ga teng. Tenglama 2 dan ko’rinib turibdiki, 0,2 mol yoki 5,4 g aluminiy eriganda 3 mol vodorod ajralib chiqadi. Unda aralashmada temir 11g-5,4g=5,6 g bo’ladi. Aralashmaning tarkibini (% larda) aniqlaymiz: 17,35-------100 % 6,35---------x 1 % x 1 =36,6 % (Cu) Xuddi shu yo’l bilan aralashmada 32,3 % temir va 31,1 % aluminiy bo’lganligini topamiz. 2-masala. Aluminiy bilan temir kuyindisidan iborat aralashma havosiz joyda qizdirilgandan keyin qolgan modda ishqorda eritildi va bunda 6,72 l gaz (n.sh.da o’lchangan) ajralib chiqdi. Bu moddalarning shuncha miqdori xlorid kislotada eritilganda 26,88 l gaz ajralib chiqqan. Dastlabki aralashmaning tarkibini hamda necha gramm aluminiy va temir kuyindisi reaksiyaga kirishganini aniqlang. Yechish: Aluminiy bilan temir kuyindisidan iborat aralashma havosiz joyda qizdirilganda temir va aluminiy oksid hosil bo’ladi: 2𝐴𝑙 + 3𝐹𝑒 3 𝑂 4 = 9𝐹𝑒 + 4𝐴𝑙 2 𝑂 3 Bundan tashqari reaksiya aralashmasida mo’l miqdorda aluminiy yoki temir kuyindisi bo’lishi mumkin. Hamma moddalardan faqat aluminiy oksidi va aluminiy ishqorda eriydi, biroq vodorod faqat aluminiy erigandagina ajralib chiqadi: Al 2 O 3 +2NaOH = 2NaAlO 2 + H 2 O (2) 2Al + 2NaOH + 2H 2 O = 2NaAlO 2 + 3H 2 (3) 2 mol 3 mol x mol 6,72 l (0,3 mol) x = 0,2 mol Al (5,4 g) Xuddi shuncha miqdor reaksiya mahsulotlari xlorid kislota bilan teaksiyaga kirishganda aluminiy hamda temir bilan reaksiyasi hisobiga vodorod ajralib chiqilishi mumkin: Al 2 O 3 + 6HCl = 2AlCl 3 + 3H 2 O (4) Fe 3 O 4 + 8HCl = FeCl 2 + FeCl 3 +4H 2 O (5) 2Al + 6HCl = 2AlCl 3 + 3H 2 (6) 2 mol 3 mol 0,2 mol x 1 mol Fe + 2HCl = FeCl 3 +3H 2 (7) 1 mol 3 mol Tenglama (3) dan aralashmada aluminiy 0,2 mol (5,4 g ) ekanligini aniqlandi, tenglama (6) ga ko’ra xlorid kislotada aluminiy eriganda 0,3 mol vodorod, ya’ni x 1 =0,3 mol H 2 (6,72 l ) ajralib chiqadi. Temir xlorid kislotada eritilganida (26,88-6,72) 20,16 l H 2 (0,9 mol) ajralib chiqqan. Tenglama (7) dan ko’rinib turibdiki, aralashmada temir ham 0,9 mol (50,4 g) ekan; Al -Fe 3 O 4 -Fe 8 mol 3 mol 9 mol x 2 mol x 3 mol 0,9 mol x 2 = 0,8 mol Al reaksiyaga kirishgan (1). x 3 = 0,3 mol Fe 3 O 4 reaksiyaga kirshgan (1) (69,6 g). Demak, aralashmada hammasi bo’lib 0,8 mol+0,2 mol = =1 mol, ya’ni 27 g Al va 0,3 mol (69,6 g) Fe 3 O 4 bo’lgan ekan. 3- masala. Kaliy xlorid, kaliy nitrat va bertole tuzidan iborat 81,95 g aralashma doimiy massaga ega bo’lguncha 650 O C da qizdirildi. Bunda gaz ajralib chiqdi. Bu gazning vodorod bilan o’zaro ta’sirlashuvidan 14,4 g suv hosil bo’ldi. Qizdirilish mahsuloti suvda eritildi va hosil bo’lgan eritmaga kumush nitrat ta’sir ettirildi. 100,45 g cho’kma hosil bo’ldi. Aralashmaning tarkibini (% da ) aniqlang. Yechish: Kaliy xlorid qizdirilganda parchalanmaydi, kaliy nitrat va bertole tuzi qizdirilganda parchalanadi va kislorod ajralib chiqadi: 2KNO 3 𝑡 → 2KNO 2 + O 2 (1) 2KClO 3 𝑡 → 2KCl + 3O 2 (2) Ajralib chiqqan kislorodning miqdorini aniqlaymiz. Kislorod vodorod bilan birikib, suv hosil qiladi: O 2 + 2H 2 = 2H 2 O (3) 1 mol 36 g (2 mol) x 14,4 g (0,8 mol ) x= 0,4 mol O 2 (8,96 l) Tuzlar qizdirilganda ajralib chiqqan kislorod vodorod bilan 14,4 g suv (0,8mol) hosil qiladi, demak, bu reaksiyaga 0,4 mol O 2 kirishgan. Dastlabki tuzlar aralashmasi qizdirilgandan hamda kislorod ajralib chiqqanidan keyin reaksiya mahsuloti dastlabki aralashma tarkibidagi kaliy nitrat tuzi qizdirilganda hosil bo’lgan kaliy nitrit va dastlabki aralashmadagi bertole tuzi qizdirilganda hosil bo’lgan kaliy xlorid aralashmasidan iborat bo’ladi. Kaliy nitrat va kaliy xloridni suvda eritib hamda kumush nitrat eritmasi ta’sir ettirilgandan keyin kumush xlorid cho’kmasi hosil bo’ladi: KCl + AgNO 3 = AgCl ↓ + KNO 3 (4) 74,5 143,5 1 mol 1 mol x 1 mol 100,45 g 0,7 mol x 1 = 0,7 mol KCl (52,15 g) Demak, qizdirilgan mahsulot tarkibida 0,7 mol KCl bo’lgan ekan. Bertole tuzi qizdirilganda hosil bo’lgan kaliy xlorid miqdori x mol bo’lsa, dastlabki aralashma tarkibidagi kaliy xlorid miqdori (0,7-x) mol yoki 74,5•(0,7-x) g bo’ladi. (2)tenglamaga muvofiq dastlabki aralashmada ham x mol, ya’ni 122,5 x g bertole tuzi bo’lib, 3/2 x mol kislorod ajralib chiqqan. U holda kaliy nitrat parchalanganda (0,4-3/2x) mol (1) kislorod ajralib chiqqan. Aralashmada 2•(0,4-3/2x)=(0,8-3x) mol yoki 101•(0,8-3x) g kaliy nitrat bo’lgan. 74,5 (0,7-x) +122,5x-101(0,8- 3x)=81,95. Bundan x=0,2. U holda aralashmada 0,2 mol (24,5 g) KClO 3 ,(0,7-0,2) 0,5 mol (37,25 g) KCl va (0,8-3•0,2) 0,2 mol (20,2 g) KNO 3 bo’lgan. Download 381.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling