3-Mavzu Asosiy elektr kattaliklar (zaryad, tok, kuchlanish, energiya, quvvat) va ularning o‘zaro munosabatlari. Elektr sxemaning asosiy passiv elementlari


Download 177.5 Kb.
bet1/4
Sana22.10.2023
Hajmi177.5 Kb.
#1716327
  1   2   3   4
Bog'liq
3-мавзу


3-Mavzu
Asosiy elektr kattaliklar (zaryad, tok, kuchlanish, energiya, quvvat) va ularning o‘zaro munosabatlari. Elektr sxemaning asosiy passiv elementlari (rezistorlar, induktivlik g‘altaklar, kondensatorlar) ning belgilanishi va xususiyatlari.

Elektrostatikada elektr zaryadi (elektr miqdori) - bu jismlarning elektromagnit maydonlarning manbai bo‘lish qobiliyatini va elektromagnit o‘zaro ta`sirida ishtirok etish qobiliyatini belgilaydigan fizik skalyar kattalikdir deb tariflanadi. Birinchi marta elektr zaryadi tushunchasi 1785 yilda Kulon qonunida kiritilgan.


Elektr zaryadlarining har qanday tartibli harakati o‘tkazuvchanlikning elektr toki deb ataladi. Tok kuchi vaqt o‘tishi bilan elektr zaryadining o‘zgarish tezligiga teng:
(2.1.1)
bunda dq − o‘tkazgich ko‘ndalang kesimi orqali dt vaqtda o‘tgan zaryad miqdori.
Tok - “oqim” degan ma`noni anglatadi. Elektr tokini metallardan erkin elektronlarning harakati, elektrolitlarda ionlarning, gazlarda esa ionlar bilan elektronlarning harakati hosil qiladi.
Tokning yo‘nalishi uchun shartli ravishda musbat zaryadlarning harakat yo‘nalishi qabul qilingan.
O‘tkazuvchanlik tokini hosil qilgan erkin elektronlarning harakatini bevosita kuzatib bo‘lmaydi. Lekin o‘tkazgichdagi tokning mavjudligini uning ta`siri yoki u vujudga keltirgan hodisalarga qarab aniqlash mumkin:
- tok o‘tayotganda o‘tkazgich qiziydi;
- tokli o‘tkazgich yaqinida magnit maydon poyda bo‘ladi;
-elektr toki o‘tganda ba`zi hollarda moddaning kimyoviy tarkibi o‘zgarishi.
O‘tkazuvchanlik tokidan tashqari, boshqa turdagi toklar ham mavjud – bu siljish toklaridir. Zamonaviy nuqtai nazardan, o‘tkazuvchanlik toklari va siljish toklari o‘xshashligiga qaramay, butunlay boshqa fizik tushunchalardir. Ularning orasidagi eng muhim farq shundaki, o‘tkazuvchanlik toklari elektr zaryadlarining harakatiga mos keladi, siljish toklari esa faqat elektr maydon kuchining o‘zgarishiga mos keladi va ularga elektr zaryadlari yoki boshqa har qanday zarrachalar harakati bilan bog‘liq emas.
Vaqt o‘tishi bilan miqdori va yo‘nalishi o‘zgarmaydigan tokga o‘zgarmas tok deb ataladi. Yuza birligidan o‘tayotgan tok kuchi tok zichligi deb yuritiladi:
(2.1.2)
O‘tkazgichning bir birlik ko‘ndalang kesim yuzidan o‘tgan tokning kuchiga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka tok zichligi deyiladi.
SI da tok kuchining o‘lchov birligi- amper (A) bo‘lib, u asosiy birlik sifatida qabul qilingan. Tok zichligi birligi - A/m2.

Kuchlanish va elektr yurituvchi kuch. Elektr zanjiridagi ma`lum bir nuqtaning potentsiali deb, shu nuqtada joylashgan q zaryad ega bo‘lgan w -potentsial energiyasining ushbu zaryadga nisbatiga teng bo‘lgan qiymatga aytiladi.


(2.1.3)

Download 177.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling