2.4-jadval
Asosiy mineral elementlarni aniqlashdagi sezgirlik
Atom-absorbsiyasi oziq-ovqat mahsulotlaridagi ko’p sonli metallarni aniqlash uchun foydalanilishi mumkin, ammo bu elementlarni tadqiq qilinayotgan eritmalardagi konsentratsiyasi 1 mkg/ml atrofida bo’lishi lozim. Bu elementlarga 2.4-jadvalda ko’rsatilganlardan tashqari kobalt, nikel, qo’rg’oshin, qalay, xrom, stronsiy, kadmiy va boshqalar ham tegishli.
Turli mahsulotlar uchun tahlil etish metodikasi bir xil bo’lib, u rezonans chizig’ini tanlash, eritmalarni gorelka alangasiga kiritish va asbob ko’rsatishlarini tushirish kabi bosqichlarni qamrab oladi. Farqli tomonlari namunalarni tadqiqotga tayyorlash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |