3-mavzu. Avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish
Download 179.97 Kb.
|
3-mavzu
3-MAVZU. Avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish. Ma’ruza rejasi:1. Avtobuslarda tashishning nozimlik boshqaruvi. 2. Markaziy nozimlik boshqarish, uning turlari. 3. Yo‘l va hisob-chipta varaqasi, ularni qayta ishlash. 1. Avtobuslarda tashishning nozimlik boshqaruvi Avtobuslar harakatini nozimlik boshqaruvi yo‘lovchi tashuvchi avtomobil transportining ishini tashkil etish va boshqarish texnologiyasining so‘nggi bosqichi hisoblanadi. Bugungi kunda mavjud adabiyotlarda nozimlashtirish- avtotransport vositalarining harakatini bir markazdan boshqarish va sozlash ma’nosida qo‘llanib kelinayapti. Yo‘lovchi tashuvchi transport ishini rasional tashkil etish ishlari ikki qisimdan iborat bo‘ladi. 1. Tashkiliy masalalar, ya’ni yo‘lovchi tashish rejasini ishlab chiqish va asoslash. 2. Boshqaruv masalalari. Bu masalalar o‘z ichiga yo‘nalishlarda transport harakatini nazorat qilish va boshqarish hamda tashish bo‘yicha tasdiqlangan rejani bajarilishini ta’minlash. Birinchi masala bilan avtokorxonalarninig tasarruf xizmati bo‘limi shug‘ullanadi. Boshqaruv masalalri bilan esa nozimlik xizmatchilari shug‘illanadilar. Dispetcherlik xizmati quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - avtobuslarni harakat jadvaliga amal qilgan holda saroydan chiqishini ta’minlash va nazorat qilish; - avtobuslar harakatini yo‘ nalish jadvalida belgilangan tartibda kelishini kuzatish va nazorat qilish. - avtobuslarning harakati yo‘nalish jadvalida belgilangandan farq qilgan holatda harakat yo‘nalishini qayta tiklash. - yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va avtomobillardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida avtobuslar harakatini boshqarish. - harakat muntazamligini ta’minlash va hokazo. Avtobuslar harakatini nozimlik boshqarish tizimi Avtobuslar harakatini muvofiqlashtirish vakolatlari bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi unging boshqarmalariga hamda Toshkent Shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga yuklatilgan. Ular hokimiyat ijro etuvchi organi hisoblanib transport tarmog‘i va yo‘nalish tizimining rivojlanish istiqbollarini rejalashtiradi. Yo‘lovchi avtomobil trasportida harakatni nozimlik boshqarish markazlashtirilgan boshqaruviga asoslangan bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida avtobuslar harakatini uzluksiz nazorat etish va butun avtobus tarmog‘i buyicha harakatni tezkor boshqarish imkonini beradi. Avtobus transportida nozimlik boshqaruvi tizimi avtobus saroyining va yo‘lovchilarni tashish quvvatiga, shuningdek, boshqa omillarga bog‘liq bo‘lmay bir hil asosda amalga oshiriladi. Bunda faqat nozimlik tizimining tashkiliy-tarkibiy qismi o‘zgarishi mumkin xolos. Yo‘lovchi avtomobil transportida nozimlik boshqaruvi quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi. 1. Faqat markazlashgan boshqaruvni tashkil etish. 2. Rahbarlik tizimi avvaldan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan harakat rejasi asosida amalga oshiriladi va harakatni nazorat qilish, sozlash va boshqarishni o‘z ichiga oladi. 3.Nozimlik boshqaruvi yuqori tashkilot tamonidan amalga oshiriladi. 4.Nozimlik xizmati xodimlari oraliq bekatlardan o‘z vaqtida axborotlarni olib turishi, boshqacha qilib aytganda avtobusdan ilgariroq harakat qilishlari kerak. Nozimlik boshqaruv murakkab tizim bo‘lib u quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: Download 179.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling