3-mavzu. Avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish


Yo‘l va hisob-chipta varaqasi, ularni qa


Download 179.97 Kb.
bet8/12
Sana03.12.2023
Hajmi179.97 Kb.
#1798103
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-mavzu

Yo‘l va hisob-chipta varaqasi, ularni qayta ishlash

Yo‘l varaqasi -avtomobil transporti vositasini jo‘natish va uning ishini hisobga olish uchun belgilangan namunadagi yuridik hujjat bo‘lib, avtomobil va haydovchi joylashish joyidan chiqqan paytdan boshlab qaytishigacha ularning ishini har tomonlama tavsiflab beradi.
Yo‘l varaqalari rekvizitlarini to‘ldirish tashkiliy huquqiy shakllaridan qat’iy nazar barcha tashuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Yo‘nalishda ishlaydigan avtobuslar va yo‘nalishli taksilar uchun bundan tashqari hisob-chipta varaqasini bo‘lishi ham shart hisoblanadi.
Buyurtma bo‘yicha soatbay ishlayotgan avtobuslarda naryad soat varaqasidan foydalaniladi.
Yo‘l varaqalari va hisob-chipta varaqalari tashish turiga (Shahar ichi, Shahar atrofi va hokazo) qarab bir-biridan farq qiladi.
Yo‘l varaqalari va hisob-chipta varaqalari qat’iy raqamga ega bo‘lib korxonaning buxgalteriyasi tomonida tasarruf bo‘limining boshlig‘iga yoki boshqa mas’ul shaxsga (katta nozim va hokazo) ularning talabiga qarab beriladi.
Yo‘l varaqalari va hisob-chipta varaqalarini to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun tashuvchilarning rahbarlari va to‘ldirishda ishtirok etuvchi shaxslar javob beradilar.
Yo‘l varaqalari va hisob-chipta varaqalarini to‘ldirganda unga o‘zgartirishlar kiritish yoki to‘g‘rilash man etiladi
Yo‘l varaqalarini haydovchiga bergunga qadar to‘ldirish (korxona nomi, oy, yil, transport vositasining davlat va garaj raqami, haydovchining ismi sharifi, haydovchilik guvohnomasining raqami, tabel raqami) tasarruf xizmati bo‘limida to‘ldiriladi.
Navbatchi nozim haydovichini ishga kelgan vaqtini belgilab unga yo‘l varaqasini topshirgandan keyin haydovchi reys oldi tibbiy ko‘rigidan o‘tadi va xamshira tomonidan belgi qo‘yiladi.
Avtobusni amaldagi ishga chiqqan va ishdan qaytgan vaqtlari, uning texnik holati navbatchi mexanik tomonidan belgilanadi.
Haydovchi avtobusni garajda qabul qilib olgani haqida yo‘l varaqasiga u ham belgi qo‘yadi.
Avtobusni yoqilig‘i bilan ta’minlanganligi yoqilig‘i quyuvchi tomonidan yo‘l varaqasiga belgilanadi (yoqilig‘i sarfini hisobi yoqilig‘i sarfi bo‘yicha nozim tomonidan amalga oshiriladi).
Yo‘l varaqasiga xuddi shunday avtobusni bosh bekatga kelgan va undan ishning oxirida ketgan haqiqiy vaqtlari yo‘nalish nozimi (avtovokzal nozimi) tomonidan alohida belgilanadi.
Bulardan tashqari avtobusni reysdan oldin qaytib kelishi, garajdan kechiqib chiqish sabalari yo‘nalishda avtobus ishini tekshirilganligi (agar tekshirish o‘tkazilgan bo‘lsa) ham alohida ko‘rsatiladi.
Hisob-chipta varaqasini to‘ldirishda yo‘nalish nozimi, chipta g‘aznachisi va daromad bo‘yicha g‘aznachilar ishtirok etadilar.
Bugungi kunda yo‘l varaqalarini va hisob-chipta varaqalarini to‘ldirish O‘zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligi ishlab chiqqan va adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.

Download 179.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling