3-mavzu. Avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishni boshqarish
Avtobus yo‘nalishlari tasnifi
Download 179.97 Kb.
|
3-mavzu
Avtobus yo‘nalishlari tasnifi
Ishlash vaqtiga ko‘ra avtobus yo‘nalishlari doimiy va vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Doimiy yo‘nalishlarda yil davomida va haftaning barcha kunlarida transport vositalari bir xil miqdorda qatnaydi. Vaqtinchalik yo‘nalishlar esa mavsumda yoki muayyan zaruratga ko‘ra (masalan shanba yoki yakshanba kunlari dam olish uchun) tashkil qilinishi mumkin. Shahar yo’lovchi transporta yo‘nalishlari transport turlari (avtobus, tramvay, trolleybus, metro va h.k), yo‘nalishlar tarmog‘idagi harakatyo‘nalishlari, harakat tezligi va ish rejimlariga binoan tasniflanadi. Avtobus yo‘nalishi deyilganda avtobus va yo‘nalishli taksilarning boshlang‘ich va so‘nggi bekatlar oralig‘ida belgilangan harakat yo‘llari tushuniladi. Shahar avtobus yo‘nalishlari Shahar hududidagi harakat yo‘llariga binoan ajratiladi. Diametral yo‘nalish Shaharning bir chetini ikkinchi cheti bilan shahar markaziy hududlarini kesib o‘tib, Shahar markazini chetlari bilan hamda shahar chetki hududlarini o‘zaro bog‘laydi. Radial yo‘nalish Shahar chetidagi so‘nggi nuqtadan markaz tomon yo‘nalgan bo‘ladi bunday yo‘nalishlar Shahar chetlarini markaz bilan, chekka joylarni tuman markazlari yoki metro yo‘nalishlari bilan bog‘laydi. Yarim diametral yo‘nalish Shahardagi ikki tuman markazlarini o‘zaro bog‘laydi. Halqasimon yo‘nalishlar aylana yoki berk siniq, chiziqdan iborat buo‘lib, Shaharning o‘zaro aloqaga muhtoj tarqoq nuktalarini birlashtiruvchi yo‘nalishdir. Tangensial yo‘nalishlar Shaharning ayrim tumanlarini markazga kirmay o‘zaro bog‘laydi. Aralash yo‘nalishlar yuqorida keltirilgan yo‘nalishlarning bir necha elementlarini o‘z ichiga oladi. Shahar markazini chetki tumanlar bilan birlashtiruvchi asosiy yo‘nalishlar diametral va radial yo‘nalishlar hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishlarda aksariyat yo’lovchilar tashiladi. Diametral yo‘nalishlarda avtobuslar iloji boricha bir xil mikdorda yo’lovchilar bilan to‘lishi maqsadga muvofiqdir. Agar ular yo’lovchilar bilan tekis yuklanmasa, transport vositalaridan notekis foydalaniladi. Bunday kamchilikning oldini olish maqsadida diametral yo‘nalishga boshqa yo‘nalishlar qo‘shiladi. Masalan, yo’lovchilar ko‘pbo‘laklarga yordamchi radial yo‘nalish tashkil etish bilan notekis yuklanishni bartaraf etish mumkin. Shahar ichi tumanlarida harakatlanuvchi avtobuslar yo’lovchilar bilan tekisroq yuklanadi. Ayniqsa, Shahar markazi yaqinida halqasimon yo‘nalish tashkil etilgan bo‘lsa, u ish bilan bog‘langan qatnovlarni o‘z ichiga olib, "tig‘iz" soatlarni ancha yumshatadi. Download 179.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling