Sb = Jd –
Sbk,
bu yerda:
Sb – soliq bazasi;
Jd – jami daromad;
Sbk – soliq bazasini kamaytirish.
As = Sb x Ss,
bu yerda:
As – aylanmadan olinadigan soliq summasi;
Ss – aylanmadan olinadigan soliq stavkasi.
Kalendar yil soliq davridir.
Yil choragi hisobot davridir.
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi
tomonidan mustaqil aniqlanadi.
Hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi
soliq davri boshidan ortib
boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga
foiz ulushi sifatida
hisoblab chiqariladi.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisobida
turgan joyidagi soliq
organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha - hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan
kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari bo‘yicha - soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan
kechiktirmay.
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliqni to‘lash tegishli hisobot (soliq)
davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan
kechiktirmay amalga
oshiriladi.
Nazorat savollari
1. Aylanmadan olinadigan soliq qachon joriy etildi?
2. Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari kimlar?
3. Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari qaysi mezon asosida belgilanadi?
4. Aylanmadan olinadigan soliq budjetga qaysi muddatlarda to‘lanadi?
Этот документ был отре
Этот
документ был отредактирован с Icecream PDF Editor.
Активируйте
PRO версию, чтобы убрать водяной знак.
Этот документ был отредактирован с
Icecream PDF Editor.
Активируйте PRO версию, чтобы убрать водяной знак