3-mavzu bemor shaxsiy gigiyenasini ta’minlash bo’yicha tadbirlar. Bemorni parvarish qilishda qatnashish


Download 1.2 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#245111
Bog'liq
3-MAVZU

3-MAVZU

BEMOR SHAXSIY GIGIYENASINI TA’MINLASH BO’YICHA TADBIRLAR. BEMORNI PARVARISH QILISHDA QATNASHISH (TERI VA SHILLIQ QAVATLARNI PARVARISHLASH , BEMORNING ICHKI VA YOTOQ KIYIMINI ALMASHTIRISH VA BOSHQALAR ) .

Shaxsiy gigiyena tadbirlariga o’rin boshni tayyorlash ,ich kiyim va choyshablarni almashtirish, teri, soch, tirnoqlar, quloqlar, burun, ko’zlarni parvarish qilish, bemor tagini yuvish kabi muolajalar kiradi

CHOYSHABLAR VA ICH KIYIMLARNI ALMASHTIRISH.

Kasalxonalarda bemorlarning choyshablari va ich kiyimlari haftasiga 1 marta, gigiyenik vanna qabul qilgandan so’ng almashtiriladi. O’g’ir bemorlarda choyshablar va ich kiyimlar tibbiyot hamshirasi va kichik hamshira yordamida almashtiriladi

Bemorning ahvoliga qarab choyshablar 2 xil usulda almashtiriladi:

1.Kir choyshab oyoq tomondan qayirlib yoki buklab chiqiladi va ehtiyotlik bn sug’uriladi. Ikki tomondan bint kabi o’raglan choyshabni bemor dumg’azasi tagiga qo’yiladi. So’ngra bosh va oyoq tomonga tortib yozib qo’yiladi. Yozilgan choyshab tekis, tarang, g’adir-budur yamoqlarsiz bo’lishi kerak.

2.Bemor o’rinning bir chetiga suriladi, kir choyshab uzunasiga bint shakliga o’raladi, uning o’rniga tozasi yoziladi, bemor toza choyshab ustiga yotqiziladi, ikkinchi tomondan kir choyshab tortib olinadi.

BADAN TERISINI PARVARISHLASH VA YOTOQ YARALAR PROFILAKTIKASI.

Og’ir yotgan bemorlarni parvarish qilishda terini ozoda, toza saqlashning ahamiyati katta. Teri yaxshi parvarish qilinmaganda va organism zaiflashganda terining bosilib turadigan sohalarida yotoq yaralar hosil bo’ladi. Yotoq yaralar odatda kurak, bel sohasi, tirsaklar, dumg’aza, son va bolder sohasida paydo bo’lib, ularning rivojlanishida terida qon aylanishning buzilishi sabab bo’ladi.

Yotoq yaralarning dastlabki belgilari: terining qizarishi, shishib turganligi va epidermisning qichishi hisoblanadi. Keyinchalik terida yaralar hosil bo’ladi. To’qimalar yumshoq to’qimalar, hatto tog’ay suyaklar nekrozga uchraydi. Infeksiyaning qo’shilib ketishi ba’zan sepsisga olib keladi.

Yotoq yaralarning oldini olish profilaktikasi uchun quyidagi tadbirlar o’tkaziladi: a)bemorlarning o’rnidagi holati o’zgartiriladi b)choyshablarda ushoqlar bo’lmasligi uchun qoqib tashlanadi v)choyshablar va ich kiyimlarda burmalar bo’lsa va yamoqlar bo’lsa almashtiriladi g)bemor dumg’azasi tagiga rezina chambar qo’yiladi d)terini kamfora spirti bn ho’llangan sochiq bilan ishqalab quruq qilib artiladi

OG’IZ BO’SHLIG’INI PARVARISH QILISH Og’ir yotgan bemorlarning organizmi zaiflashib qoladi. Ularning og’iz bo’shlig’iga mikroorganizmlar yig’iladi, bu esa og’iz bo’shlig’ida badbo’y hid hosil qiladi. Natijada og’iz bo’shlig’ining shilliq qavati yallig’lanish kasalligi-stomatitlar kelib chiqadi.

Ba’zi bemorlarda lab quriydi, og’iz burchaklari yoriladi, og’izni ochganda og’riqqa sabab bo’ladi. Bemor ahvolini yaxshilash uchun suvga ho’llangan doka bosiladi. Biror xil dorida surtib qo’yiladi.


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling