3-Mavzu: Bilim. Bilimlar ombori va


Ekspert tizimlarining predmet sohalari va strukturasi


Download 170.74 Kb.
bet7/10
Sana16.01.2023
Hajmi170.74 Kb.
#1095217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ma’ruza№3 3 Mavzu Bilim Bilimlar ombori va ekspert tizimlari

Ekspert tizimlarining predmet sohalari va strukturasi


Hozirgi davrda ekspert tizimlarining yaratish iqtisodchilar, moliyachilar, muhandislar, haqimlar, psixologlar, dasturchilar, tilshunoslar kabilarning keng qatlamlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Afsuski, ushbu qiziqish bush moddiy ta’minotga ega o‘quv qo‘llanmalari va maxsus adabiet yetishmasligi, sun’iy intellekt ishchi stanstiyalari va simvoli prostessorlar yo‘qligi, ushbu sohadagi izlanishlarni kam moliya bilan ta’minlanganligi, ekspert tizimlar tuzish uchun dastur ta’minotini kamligi katta ta’sir qilmoqda.
Shuning uchun muloqot tizimlari va amaliy dastur paketlariga o‘xshash va soxta ekspert tizimlari tarqalmoqda, ular foydalanuvchilar ko‘z o‘ngida kelajagi porloq yo‘nalishning rolini kamaytirmoqda. Ekspert tizimlari tuzish uchun yuqori darajadagi professional mutaxassislar zarur, ular sun’iy intellekt sohasida ham mutaxassis bo‘lishi kerak, bundaylarni esa oliy ta’lim muassasalari kam etkazmoqda. Zamonaviy ekspert tizimlari tajribani ko‘paytirish va iqtisodning
barcha sohalaridagi mutaxassislar ishlarini amallashtirishda keng qo‘llaniladi. An’anaga ko‘ra bilimlar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: jamoa va shaxsiy tajriba bilimlari.
Agar aksariyat bilimlar jamoa tajribasi asosida yetgan bo‘lsa, (masalan, oliy matematika), bunday predmet sohasi ekspert tizimi tuzishga muhtoj emas.
Agar predmet sohasida bilimlarning aksariyat qismi yuqori darajadagi mutaxassislar tajribasidan iborat bo‘lsa, va bilimlar kam strukturlashtirilgan bo‘lsa, bunday sohalar ekspert tizimlariga muhtoj bo‘ladi.
Ekspert tizimining umumiy strukturasi.
Ekspert tizimlari bu murakkab dastur komplekslari, ular aniq predmet sohasidagi yuqori darajadagi mutaxassislar bilimini yiguvchi va kichiqroq darajadagi mutaxassislar konsultatsiyasi maslahati uchun ishlatiladigan tizimlardir.
Bilimlar mutaxassisi ekspert va bilimlar bazasi o‘rtasida bufer rolini o‘tovchi sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassis. Unga sinonimlar: kognitolog, analitik. Foydalanuvchi interfeysi ma’lumotni kiritish va yechimlarni olishda foydalanuvchi va ekspert o‘rtasida muloqotni amalga oshiruvchi kompleks dastur.



Yechuvchi

Bilimlar bazasi

Quyi tizimdagi
tushuntirishlar

Download 170.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling