3-mavzu: bilish nazariyasi. Mantiq reja


Bilishda sub'ekt va ob'ektning o‘zaro aloqasi. Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Haqiqat bilish mezoni


Download 143.57 Kb.
bet3/28
Sana22.04.2023
Hajmi143.57 Kb.
#1379829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
3-mavzu bilish nazariyasi. Mantiq reja

Bilishda sub'ekt va ob'ektning o‘zaro aloqasi. Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Haqiqat bilish mezoni.



Bilish shakllari. Hissiy bilish. Bilishda sezgining roli. Har qanday narsani, har qanday predmet yoki hodisani bilish fikr hissiy idrokdan predmetning mohiyati tomon boradigan jarayondir. Hissiy bilim, jonli mushohada insonning qurshab turgan dunyo bilan bevosita aloqasi shaklidir. Hissiy anglash tashqi ta’sir energiyasining ong faktiga aylanishidan boshqa narsa emas. Usiz biz borliqning hech qanday shakllari haqida hech nima bila olmaymiz. Biz jonli mushohada yordamida atrofdagi vokelikning turli xossalari va tomonlarini bilib olamiz, lekin birgina hissiy obrazlar bilan ularning mohiyatini anglab ololmaymiz.
Bunga sabab, eng avvalo, inson sezgi a’zolarining tabiiy cheklanganligidir. Masalan, odamning ko`zi elektromagnit to`lqinlarning butun spektrini to`lik idrok eta olmaydi, u elektromagnit to`lqinlar spektrining infraqizil, ultrabinafsha va rentgen qismlarini sezmaydi. Bunday tabiiy cheklanganlik boshqa sezgi a’zolariga ham xosdir. Masalan, odamning qulog`i tebranish chastotasi 16 dan 20 ming Gs gacha bo`lgan tovush to`lqinlarini qabul qila oladi, yuqori chastotali yoki past chastotali tovush to`lqinlarini eshitmaydi.
Tabiiy sezgi a’zolari bilan idrok etib bo`lmaydigan hodisalarni maxsus yaratilgan sun’iy organlar orqali, ya’ni mikroskop, radioteleskop, lokator, barometr, Geyger hisoblagichi va boshqa xil priborlar vositasida idrok etish mumkin. Bu priborlar hissiy bilish quvvatini ancha kengaytiradi va kuchaytiradi. SHu bilan birga hissiy bilish bizni yanglishtirib qo`yishi mumkin – ko`z chalg`ishi, sarob, xomxayol, ko`z gallyusinatsiyasi, tovush effekti va hakozolar.
Falsafa tarixida yangi zamon mutafakkirlari barcha bilimlarning hissiy kelib chiqishi muammosiga yuqori darajada ahamiyat berganlar. Masalan, Jon Lokk materialistik sensualizm (lotincha sensus - sezgi, sezish) prinsiplarini asoslab berar ekan, avval sezgida bo`lmagan narsa intellektda bo`lmaydi, shuning uchun kimki hech nimani sezmasa u hech nimani bilmaydi, deb yozgan edi.

Download 143.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling