3-mavzu: bilish nazariyasi. Mantiq reja
Download 143.57 Kb.
|
3-mavzu bilish nazariyasi. Mantiq reja
Norma va hukm. Norma (me’yoriy qoida) amalga oshirilishi zarur bo‘lgan yoki istisno qilinadigan hatti-harakatlarni bildiradi. Ularning talablariga rioya qilish kundalik turmushi-mizda hamda bilish jarayonida ko‘zlangan maqsadga erishishimizga imkon beradi. Masalan, «Ta’rif teng hajmli bo‘lishi kerak», degan qoidaga rioya qilish tushunchaga beriladigan ta’rifning mantiqan to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlaydigan shartlardan biri hisoblanadi. Agar bu qoida talabi buzilsa, tushunchaga beriladigan ta’rif haddan tashqari keng (masalan, «Fan – bilimlar sistemasi») yoki haddan tashqari tor (masalan, «Fan – g‘oyalarda ifoda etilgan bilimlar sistemasi») bo‘lib qoladi.
Gapda ifodalangan normalar hukmni (mulohazani) ifoda qilishi ham, qilmasligi ham mumkin. Masalan, «Urushni targ‘ib qilish qat’iyan man qilinadi», degan gap – normativ fikr, hukmni (mulohazani) ifoda etmaydi. «Saidov O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida mehnat qilish huquqiga ega», degan fikr esa norma (me’yoriy qoida) haqidagi hukm (mulohaza) hisoblanadi; bunda norma «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat qilish huquqiga ega», degan fikrdan iborat»); shuning uchun ham u mantiqiy qiymatga ega, ya’ni chin fikrni ifoda etadi. Demak, norma haqidagi hukmlar (normativ hukmlar) boshqa hukmlar singari mantiqiy qiymatga ega, ya’ni chin yoki xato fikrni ifoda etadilar. Normalar ilmiy bilishda qoidalarni, metodlarni, huquqiy sohada – huquqiy normativ hujjatlarni (masalan, qonunlarni, kodekslarni, buyruqlarni va shu kabilarni), axloqda-odob normalarini va boshqa sohalardagi normativ fikrlarni ifoda qiladilar. Ularning bilishdagi va amaliyotdagi ahamiyati ana shu bilan belgilanadi. Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar Gnoseologiyaning predmeti nima? Skeptitsizm va agnostitsizmning asosiy xususiyatlarini ko`rsating. Hissiy bilining asosiy shakllari qanday? Ratsional bilishning asosiy shakllariga tavsif bering. Ratsional bilishning rolini ko`rsating. Intuitiv bilish nima va uning xususiyatlari qanday? Falsafada haqiqat tushunchasi qanday talkin qilinadi? Absolyut va nisbiy haqiqatlarni tushuntiring. Konkret va abstrakt haqiqatlarni tushuntiring. Amaliyot va bilish o`zaro aloqadorligini yoritib bering. Mantiq fanining predmeti nima? Hissiy bilishning shakllarining xususiyatlarini tushuntiring. Tafakkur qanday xususiyatlarga ega? Tafakkur shakli nima va uning qanday turlari mavjud? Formal mantiqning qanday qonunlari mavjud? Ayniyat qonunining mazmun-mohiyatini tushuntiring Nozidlik qonunining mazmun-mohiyatini tushuntiring Uchinchisi istisno qonunining mazmun-mohiyatini tushuntiring Etarli asos qonunining mazmun-mohiyatini tushuntiring Tushunchani shakllantirishning qanday mantiqiy usullari mavjud? Tushunchaning mazmuni va hajmi degan nima? Tushunchaning qanday turlari mavjud? Tushunchalar o‘rtasida qanday munosabatlar mavjud? Argumentlash nima? Ishonch-e’tiqod qanday hosil bo‘ladi? Isbotlash qanday strukturaga ega? Isbotlashning qanday usullari mavjud? Rad etish isbotlash bilan qanday aloqada? Rad etishning qanday usullarini bilasiz? Isbotlash va rad etish qoidalarini buzganda qanday mantiqiy xatolar vujudga keladi? Paralogizm, sofizm va mantiqiy paradokslarning mohiyati nimada? Bahs nima? Bahs, munozara yuritishning qanday umumiy qoidalari bor? Muammoli vaziyat nima? Muammoning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Muammoni to‘g‘ri qo‘yish va hal etishning qanday shartlari mavjud? Gipotezaning mohiyati nimada va uning qanday turlari mavjud? Nazariyaning strukturasi qanday? Nazariya bilish jarayonida qanday vazifalarni bajaradi? Nazariyaning qanday turlari mavjud? Savol nima? Uning qanday turlari mavjud? 1Антология мировой философии. М, 1969. Ч.II. 748-б.216 2Аристотель. Сочинения в 4 т. М., 1975, т.1. 141.-б. 3 Формал мантиқ баъзан умумий мантиқ деб ҳам юритилади. Классик ва ноклассик мантиқлар унинг тараққиётининг асосий йўналишлари ҳисобланади. Символик мантиқ деган ибора ҳам мавжуд бўлиб, у формал мантиқнинг хозирги босқичини ифода этиш учун ишлатилади. 5 И.А. Каримов. Донишманд хал³имизнинг мустаµкам иродасига ишонаман. / Президент И. Каримовнинг «Фидокор» газетаси мухбири саволларига жавоблари. «Фидокор», 8 июн 2000 йил. 6 И. Каримов. Тарихий хотирасизкелажак й´³.//Муло³от 1998, №5. 15-б. 7 Тушунчалар ´ртасидаги муносабатлар доиравий схемалар ёрдамида к´рсатилади. 8 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак й´³ // Муло³от. 1998, №5, 8-б. Download 143.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling