Mavzu: tannarx aniqlashning normativ usuli va ogʻishishlar tahlili
Download 73.56 Kb.
|
Normativ usul
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Normativlar turlari
- Asosiy normativ
MAVZU: TANNARX ANIQLASHNING NORMATIV USULI VA OGʻISHISHLAR TAHLILI 1. Normativ xarajatlar asosida tannarx aniqlashning maqsadi. Tannarxni normativ hisoblash (Standard Cost) – bu normativ (meʼyoriy) xarajatlar va daromadlarni haqiqiy koʻrsatkichlar bilan quyidagi maqsadlar uchun taqqoslanadigan nazorat usulidir: 1. Boshqaruv xodimlariga smetalar tuzishda va faoliyat samaradorligini baholashda yordam berish; 2. nazoratni taʼinlash. Bu faoliyati rejaga mos kelmayigan faoliyat turlarini aniqlash va qaror qabul qiluvchi shaxslarni xabardor qilish orqali amalga oshiriladi. Zarur boʻlgan tuzatuvchi xarakatlarsiz vaziyat nazoratdan chiqib ketishi mumkin. 3. Qarorlar qabul qilinishida foydalanish mumkin boʻlgan kelgusi xarajatlarni prognozlash (bashrat qilish). 4. Zahiralarni baholash maqsadida xarajatlarni mahsulot tannarxiga olib borish jarayonini soddalashtirish. 5. Xodimlar intiladigan erishishi kerak boʻlgan maqsadni belgilash. 2. Normativlar turlari Qiymat meʼyori – aniq bir sharoitda va pul ifodasida beriladigan oldindan oʻlchanadigan qiymat. U qiymatni tashkil etuvchilarni baholashga asoslanadi. U asosan hisobotlar yordamida nazorat orqali faoliyatni baholash, TMZlarni baholash, savdo baholarini belgilash sifatida ishlatiladi. Tannarx normativ usulda aniqlanganda normativlarni belgilash uchun bir qator asoslar mavjud. Tanlangan asosga koʻra normativlar quyidagicha boʻladilar: asosiy normavtilar; ideal (maqbul) normativlar; erishiladigan normativlar; joriy normativlar. Quyidagi ushbu normativlarga taʼrif berilgan. Asosiy normativ – bu uzoq muddat davomida foydalanish uchun oʻrnatilgan va uning asosida jriy normativlarni ishlab chiqish mumkin boʻlgan normativ. Ideal (maqbul) normativ – bu maqbul sharoitlarda odatiy yoʻqotishlar, zararlar va uskunalar turib qolishlarini kompensatsiya qilmasdan erishish mumkin boʻlgan normativ. U potensial normativ deb ham nomlanadi. Download 73.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling