Ta’lim sifatini baholash xalqaro tizimi Reja: Kirish


Download 139.5 Kb.
bet1/8
Sana08.05.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1447091
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tizimi


Ta’lim sifatini baholash xalqaro tizimi
Reja:


Kirish
1. Ta`lim sifati ma`rifiy (ta`limiy, tarbiyaviy) faoliyatni baholash va nazorat qilish muammosi sifatida.
2. Ta`lim sifatini nazorat qilishning mazmuni, shakllari, metodlari va turlari (joriy, oraliқ, yakuniy).
3. Ta`lim muassasalarini boshqarish, O`zbekistonda ta`lim taraqqiyoti muammolari va istiqbollari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo’lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan birdavrda kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarni ijodiy g’oyalari va ijodkorligini hartomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg’or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon vatalablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi” PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasi”doirasida O’zbekistonda ta’lim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllantirilmoqda.Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tajribalarni o’rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo’nalishlardagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar,agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.Shu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi“Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi” tashkiletildi. O’z navbatida, “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi” ga ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlabchiqish hamda joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib boorish, ta’lim sifatinibaholash sohasida xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish kabi vazifalar yuklatildi.



Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling