Ta’lim sifatini baholash xalqaro tizimi Reja: Kirish


Download 139.5 Kb.
bet7/8
Sana08.05.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1447091
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tizimi

Ikkinchi bo’limda o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish haqida gapiriladi.
Quyidagilar o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limining vazifalari sifatida belgilangan:
- davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim va kasb - hunar dasturini bajarish:
- uquvchilarning uzluksiz ta’limning keyingi bosqichida uqishni davom ettirish, tanlangan mutaxassisliklar bo’yicha mehnat faoliyati Bilan shug’ullanish uchun zarur va yetarli bo’lgan bilimlar hamda kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish:
- respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish.
Bundan tashqari ushbu bo’limda akademik litseylar qoidaga ko’ra, Oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilishi, kasb - hunar kollejlari esa hududlarning demografik va geografik sharoitlarini, tegishli soha mutaxassislariga bo’lgan mahalliy ehtiyojlarini hisoga olgan holda tashkil etilishi ko’rsatib berilgan.
Uchinchi bo’limda o’rta – maxsus, kasb - hunar ta’limi muassasalariga o’quvchilar qabul qilish; umumiy ta’lim va kasb - hunar dasturlarini amalga oshirilishi; nazorat turlari; kursdan – kursga, o’rta maxsus kasb - hunar ta’limi muassasasining bir turidan boshqasiga o’tkazish va diplom berish tartiblari bayon etilgan.
To’rtinchi bo’limda esa akademik litseylar va kasb - hunar kollejlarida kimlar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega ekanligi; Ushbu ta’lim muassasalariga professor - o’qituvchilarni va muxandis pedagoglarni ishga qabul qilish qay tarzda amalga oshirilishi aytib o’tilgan.
Beshinchi bo’limda o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limini boshqarish tartibini o’z ichiga oladi. Unda akademik litseylar va kasb - hunar kollejlariga tashkiliy, o’quv – uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartini ishlab chiqish va joriy etish, o’quv ta’lim va kasb - hunar dasturlarini birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ( o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limi markazi ), uning hududiy boqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda ta’lim muassasasi direktori tomonidan amalga oshirilishi ko’rsatilgan.
Oltinchi bo’limda o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limini mablag’ bilan ta’minlash amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi, ta’lim muassasasining moliyaviy mablag’lari uning tasarrufida bo’lishi belgilab berilgan.
Ettinchi bo’limda esa o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limi muassasalari belgilangan tartibda xorijiy sheriklar Bilan bitimlar tuzish huquqiga egaligi, xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashi mumkinligi e’tirof etiladi.
Ta’lim muassasining Ustavi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko’rsatiladi:

  1. davlat ta’lim standartida, belgilangan bilimlar zahirasini egallash uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerakligi ;

  1. bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni yecha olishga o’rgatish).

SHuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo’yiluvchi talablar, o’qituvchi, o’quvchilar hamda ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan.
Masalan, o’quvchilar ta’lim standartlari asosida ta’lim olish uchun intilishlari, ta’lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta’lim berishlari, ta’lim oluvchilarning o’quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o’zlashtirishlarini ta’minlashlari zarur. Ta’lim muassasasi rahbari (direktori) esa o’quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta’min etadi, o’quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga to’laqonli rioya etilishi, ma’naviyat ishlarining samarali tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Ustavda o’z-o’zini boshqarish, jamoada o’zaro munosabatning o’rnini kabi masalalar mohiyati ham yoritib beriladi. CHunonchi, ta’lim muassasasining direktori o’qituvchilar bilan baland ovozda, ularning nafsoniyatiga tegadigan so’zlar bilan muomala qilish huquqiga ega emas.
O’zbekiston Respublikasida, amalda bo’lgan «Umumiy o’rta ta’lim muassasasi (maktabi)ning muvaqqat namunaviy Ustavi» Xalq ta’limi Vazirligining 221-sonli (1998 yil 17 dekabr), «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Ustavi» esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli (1998 yil 5 yanvar) qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur Ustavlar O’zbekiston Respublikasi
XULOSA
Yosh avlod bilimini baholashda xalqaro baholash dasturlarini amaliyotga qo’llash bilan birga milliy baholash tizimini yanada takomillashtirishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Xalqaro dasturlarda ishtirok etish yosh avlodning intelektual salohiyatini qay darajada rivojlanayotganini aniqlash, shu orqali natija va samaradorlikning yangi yo’nalishlarini belgilab olishga imkoniyat yaratsa milliy baholash tizimining yanada takomillashtirish xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash bilan birga ularning kreativligini va kompitentligini va o’z navbatida ta’lim sifatini yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Zero, ayni davr ta’limi va global taraqqiyot bilimlar universalligini ham talab etmoqda. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko’tarish, pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonlari sifat darajasini umume’tirof qilingan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq tubdan yaxshilash bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirishimiz kerak.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’limga to’liq qamrab olinishi, 11 yillik o'rta ta'limning joriy qilinishi munosabati bilan yuzaga kelgan malakali pedagog kadrlarga ehtiyoj masalasi oliy ta'limning pedagogika yo'nalishlarida sirtqi (maxsus sirtqi), kechki (smenali), ikkinchi Oliy ta'lim hamda xorijiy davlatlar bilan qo'shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish bilan o'z yechimini topmoqda.Hozirgi kunda yoshlarni bilim saviyasini yanada oshirish uchun xalqaro baholash tizimlaridan foydalana boshlandi. Bu Xalqaro baholash dartutlari (PIRLS, TIMSS, TALIS va boshqalar) boshlang’ich sinf, nafaqat yuqori sinf o’quchilari uchun ham qo’llanila boshlandi.Bu xalqaro dasturlar o’quvchi o’ylantirishga, balki fikrlay olish doirasini kengaytirishda, uni har tamonlama tarbiyalashda muhim turtki vazifasini bajaradi.Bu baholash dasturlarining asosiy maqsadi shundan iboratki, umumta’lim maktablarining o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini xolisona baholash, o’quvchilar olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash qobiliyatini rivojlantirsh va ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim berish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish lozim.Xalqaro baholash dasturlari asosan 3xil fan doirasida olib boriladi.Bularquyidagilar:
1.O’qish savodxonligi- insonning yozma matnlarni tushunish va qo’llay olish, ular haqida fikrlash va o’z bilimi hamda imkoniyatlarni kengaytirish, ijtimoiy hayotda ishtirok etish, maqsadlariga erishish uchun o’qish bilan shug’ullanish qobiliyatidir.
2.Matematik savodxonlik- bu insonning u yashayotgan dunyoda matematikaning o’rnini aniqlash va tushunish, asoslangan matematik xulosalar yuritish hamda fikrlaydigan, qiziquvchan va ijodkor fuqaroga mansub hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarni qondirish maqsadida matematikadan foydalanish qobiliyatidir.
3.Tabiiy-ilmiy savodxonlik- bu shaxsning tabiiy fanlarga bog’liq masalalar bo’yicha faol fuqarolik pozisiyasiga ega bo’lishi va tabiiy g’oyalarga qiziqishga tayyorgarlik qobiliyatidir.Tabiiy-ilmiy savodli inson tabiiy fanlar va texnalogiyalarga oid muammolar muhokamasida ishtirok etishga intiladi va buning uchun quyidagi kompetensiyalarga ega bo’lishi talab etiladi, hodisalarni ilmiy tushuntiradi, baholaydi va ilmiy tadqiqotlarni rejalashtiradi, ma’lumot va dalillarni ilmiy jihatdan sharxlaydi.
O’quv dasturlarida o’quvchilarning muammolarni hal etish qobiliyatini rivojlantirishning uchta o’zaro bog’liq komponentlari qo’llab-quvvatlanadi: tushunchalar, ko’nikmalar, jarayonlar. Ushbu tizim o’quv dasturlarini o’qitish, o’rganish va baholash yo’nalishlarini ta’minlab beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa kontserni, 1998.

  2. O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi». Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa kontserni, 1998.


  3. Download 139.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling