Mustaqil ish mavzu: Sanoat binolari va konstruksiyalarini birxillashtirish va na‘munaviylashtirish


Download 21.9 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi21.9 Kb.
#1604303
Bog'liq
Mustaqil ish MAVZU


Mustaqil ish MAVZU: Sanoat binolari va konstruksiyalarini birxillashtirish va na‘munaviylashtirish.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA – QURILISH INSTITUTI
BINO VA INSHOOTLAR FAKULTETI
“___________________________________” KAFEDRASI
«___________________________________ »
fanidan
Mustaqil ish
MAVZU: Sanoat binolari va konstruksiyalarini birxillashtirish va na‘munaviylashtirish.

Bajardi:____________________.
Guruh:______________
Tekshirdi: ________________.

TOSHKENT – 2019
Reja:
1.ISHLAB CHIQARISH-TEXNOLOGIK SXEMASINING BINOLAR HAJMIY REJALASHTIRISH YeCHIMLARIGA TA’SIRI;
2.ISHLAB CHIQARISH BINOLARIDA KISHILAR VA YuK (TRANSPORT) OQIMI;
3.SANOAT BINOLARINI TEXNIK-IQTISODIY BAHOLASH.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.ISHLAB CHIQARISH-TEXNOLOGIK SXEMASINING BINOLAR HAJMIY REJALASHTIRISH YeCHIMLARIGA TA’SIRI.
Har qanday sanoat binolarining hajmiy rejalishtirish yechimlari binoda joylashgan texnologik jarayon harakteriga bog’liq bo’ladi.
Texnologik jarayon ishlab chiqarish-texnologik sxemasiga asosan aniqlanib, unda ma’lum bir ketma-ket tayyor maxsulotni tayyorlashda ko’zda tutilgan dastgoh va ularning joylashish harakteri, tsex ichki ko’tarma transport jihozlari ko’rinishi va yuk ko’tarish qobiliyati, nomenklaturasi, xonalar o’lchami (katta-kichikligi) va ketma-ket joylashganligi, ichki harorat, namlik darajasi va boshqalarga bog’liq bo’ladi.
Texnologik sxema xom ashyolarning kelib tushish joylari, ishlab chiqarish chiqindilarini tashlash, muxandislik tarmoqlarini joylashtirish va o’tkazish joylarini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda texnologik sxema avtomat yo’llarining joylashishi va buyumlarga ishlov berish va uni yig’ishdagi turli xildagi operatsiyalar bajarilishini ko’zda tutadi.
Korxona bosh rejasida bino va inshootlarning o’zaro joylashishi, ular orasidagi masofalar va boshqalar butun korxona texnologik sxemasi uzviy bog’langan bo’ladi.
TSEX REJALARINI KO’RINISHI VA BLOKIROVKA QILISH
Sanoatda chiqarilayotgan mahsulot turlarining ko’rinishi 250 tagacha bo’lgan ishlab chiqarish tarmoqlari va guruhlarini tashkil etadi. SHuning uchun ham sanoat binolarining turlari va ko’rinishlari juda katta diapozonga ega bo’ladi.
Bunday ishlab chiqarish binolarini rejalashlarni ikki turga ya’ni alohida yoki yoppasiga joylashuvchi sanoat binolari kabilarga ajratiladi.
Birinchi turdagi binolar ko’proq kichik quvvatga ega bo’lgan korxonalarda uchraydi. Bunda kamchilik sifatida, katta maydondagi qurilish, muxandislik va transport tarmoqlarining uzayib ketishi, obodonlashtirish ishlari hajmining oshib ketishi, ishlab chiqarishda ketma-ketlik usulini qo’llab bo’lmaslik kabilarni keltirish mumkin.
Hozirgi zamon amaliyoti shuni ko’rsatadiki, Ishlab chiqarishni bir turdagi va boshqa turdagi hamda boshqa hil texnologik jarayonlarini bitta binoda yig’ish maqsadga muvofiqdir.
Binolarni blokirovkasi texnologik dastgohlarni ko’p variantlarda o’rnashtirishga imkon berib, korxona maydonini 30-40% kamaytirishga olib keladi, tashqi devor parametrlarini 50% qisqartiradi, bino tannarxini 15-20% kamaytiradi, muxandislik transport tarmoqlarini va korxona xududini obodonlashtirish ishlarini birmuncha qisqartiradi.




2.ISHLAB CHIQARISH BINOLARIDA KISHILAR VA YuK (TRANSPORT) OQIMI
Alohida binolar va korxonalar rejalari ishlab chiqilishi hal qilinayotganda kishilar va transport oqimini tashkil qilish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Yuk (transport) oqimining boshi korxona yoki tsexga maxsulot va yarim maxsulot kelib tushadigan joy bo’lib, undan tsexlarga va bo’limlarga tarqatiladi, tayyor maxsulot saqlanadigan joylar esa bu oqimning oxirgi joyi hisoblanadi.
SHuning uchun ham yuklar tashiladigan yo’llar iloji boricha qisqa, ishchilar va texnologik dastgohlar uchun havfsiz, harakati chog’ida, bir birini yo’lini kesib o’tmaydigan va jarayon davomida yuklar orqaga qaytib kelmaydigan bo’lishi kerak. Ishchi va hizmatchilarning ishga yoki ish so’ngida, hamda tushlik paytida ko’pchilik bo’lib tsex va korxona ichidagi harakati kishilar oqimini vujudga keltiradi. SHuning uchun ham kishilarning bunday harakati davomida ularning eng qisqa, qulay, havfsiz yo’ldan yurishlarini ta’minlash kerak bo’ladi. Bundan tashqari ish joylari atrofi ham qulay bo’lishi kerak. Ishchilar va tsexlar ichida yayov yurishlari uchun yo’laklar ko’zda tutilgan bo’lishi kerak. Bir tekislikda kishilar va yuklar oqimining kesib o’tilishiga yo’l qo’yilmaydi. Agarda kesishadigan bo’lib qolishsa u holda, yer osti yoki ma’lum bir balandlikda joylashgan tunnel, o’tish joylarini ko’zda tutish lozim.
Download 21.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling