Mavzu: tannarx aniqlashning normativ usuli va ogʻishishlar tahlili


Oʻzgaruvchan xarajatlar boʻyicha tannarx kalkulyatsiyasida doimiy ustama xarajatlar chetlanishi


Download 73.56 Kb.
bet6/11
Sana16.06.2023
Hajmi73.56 Kb.
#1494489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Normativ usul

Oʻzgaruvchan xarajatlar boʻyicha tannarx kalkulyatsiyasida doimiy ustama xarajatlar chetlanishi.
Oʻzgaruvchan xarajatlar boʻyicha tannarx kalkulyatsiyasida doimiy ustama xarajatlar boʻyicha umumiy chetlanish toʻliq tannarx kalkulyatsiyasida ham hisoblanadigan doimiy ishlab chiqarish xarajatlari sarflanishi boʻyicha chetlnishiga tengboʻladi.


Noishlab chiqarish ustama xarajatlari
Chetlanishlar tahlilining asosiy maqsadi – kutilayotgan natijadan farq qiluvchi haqiqiy natijalarning foydaga taʼsirini aniqlash boʻlsada, tijorat xarajatlari, marketing va maʼmuriy xarajatlar singari noishlab chiqarish ustama xarajatlarini ham taqqoslash muhim hisoblanadi.


Noishlab chiqarish ustama xarajatlari chetlanishi
Bu xarajatlar mahsulot tannarxiga qoʻshilmaganligi (toʻliq tannarx kalkulyatsiyasida ham) sababli bu xarajatlari boʻyicha chetlanishlar oʻzgaruvchan xarajatlarboʻyicha tannarx hisoblash tizimidagi doimiy ishlab chiqarish ustama xarajatlari singari hisoblanadi.
Boshqacha qilib aytganda, rejalashtirilgan va haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar boʻyicha faqat bittagina chetlanish mavjud. Odatda, har bir chetlanish har bir funksiya (yaʼni, realizatsiya, marketing, maʼmuriy-boshqaruv) uchun alogʻhida hisoblanadi.


Realizatsiya boʻyicha chetlanish
Realizatsiya boʻyicha chetlanishlar ularning rejalashtirilgan va haqiqiy foydani solishtirish taʼsirini koʻrsatish maqsadida hisoblanadi. Realizatsiya hajmi oʻzgarishining ikki turi mavjud: realizatsiya bahosining farqi va realizatsiya hajmi farqi.


Realizatsiya bahosi boʻyicha chetlanish
Bu chetlansh kutilgan bahodan boshqa bahoda realizatsi qilinishining foydaga qanday taʼsir qilishini koʻrsatadi.
Realizatsiya hajmi boʻyicha chetlanish
Realizatsiya hajmi boʻyicha chetlanish rejalashtirilgan realizatsiya hajmining oʻzgarishining foydaga qanday taʼsir qilishini koʻrsatadi.



Download 73.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling