Mavzu: tannarx aniqlashning normativ usuli va ogʻishishlar tahlili


Download 73.56 Kb.
bet2/11
Sana16.06.2023
Hajmi73.56 Kb.
#1494489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Normativ usul

Erishiladigan normativ – bu ishning normativ birligi samarali bajarilayotgan, uskunalar tegishli tartibda ishlayotgan va materiallar tegishli tartibda foydalanilayotgan sharoitlarda erishish mumkin boʻlgan normativ. Bunda odatiy zararlarga, yoʻqotishlar va uskunalar turib qolishi uchun chegirmalar qilinadi.
Joriy normativ – bu qisqa muddat davomida foyalanish uchun belgilangan va joriy sharoitlarga tegishli normativ.


3. Ogʻishishlar tahlili
Ogʻishishlar tahlili asosini tushunish uchun tahlilning har bir yoʻnalishini 12.1-misol yordamida koʻrib chiqamiz.
12.1-misol.
“Alfa” qayta ishlash korxonasi bitta “Sigma” mahsulotini ishlab chiqaradi. Mahsulot bitta operatsiyada ishlab chiqariladi. Bu operatsiya boʻyicha normativ xarajatlar “Normativ xarajatlar kartasi”da berilgan:
“Sigma” mahsuloti uchun normativ xaraatlar kartasi, soʻm



Asosiy materiallar:




2 kg A, 1 soʻm/kgdan

2

1 kg V, 3 soʻm/kgdan

3

Asosiy ishlab chiqarish xodimlari ish haqi (3 soat, 3 soʻm/soatdan)

9

Oʻzgaruvchan ishlab chiqarish ustama xarajatlari, 3 soat, 1 soat asosiy ishlab chiqarish xodimlari mehnatiga 2 soʻdan

6

Umumiy normativ oʻzgaruvchan xarajatlar

20

Normativ marjinal daromad

20

Normativ realizatsiya bahosi

40

Normativ xaajatlar va 10 000 birlik mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha maʼlumotlar asosida tuzilgan smeta, soʻm





Realizatsiya (10 000 birlik “Sigma”, 40 soʻm/birlik)

400 000

Asosiy materiallar:




A: 20 000 kg 1 soʻm/kgdan

20 000

V: 10 000 kg 3 soʻm/kgdan

30 000

Asosiy ishlab chiqarish xodimlari mehnati (30 000 soat, 3 soʻm/soatdan)

90 000

Oʻzgaruvchan ustama xarajatlari (30 000 soat, 2 soʻm/soatdan)

60 000

Smeta boʻyicha marjinal daromad

200 000

Doimiy ustama xarajatlar

120 000

Smeta boʻyicha operatsion foyda

80 000

Yillik smeta doimiy xarajatlari 1 440 000 soʻmni tashkil qiladi. Doimiy xarajatlar yil davomida bir tekis taqsimlanadi deb qabul qilingan. Korxona foydani ichki aniqlash uchun oʻzgaruvchan xarajatlar boʻyicha tannarx aniqlash tizimidan foydalanadi.


Aprel oyi uchun haqiqiy maʼlumotlar, soʻm



Realizatsiya (9 000 birlik “Sigma”, 42 soʻm/birlik)

378 000

Asosiy materiallar:




A: 19 000 kg 1,10 soʻm/kgdan

20 900

V: 10 100 kg 2,8 soʻm/kgdan

28 280

Asosiy ishlab chiqarish xodimlari mehnati (28 500 soat, 3,20 soʻm/soatdan)

91 200

Oʻzgaruvchan ustama xarajatlari

52 000

Marjinal daromad

185 620

Doimiy ustama xarajatlar

116 000

Foyda




Ishlab chiqarish ustama xarajatlari asosiy ishlab chiqarish xodimlari ish vaqti asosida taqsimlanadi. Davr davomida haqiqiy ishlab chiqarish va sotish hajmi 9 000 birlikni tashkil etgan.





Download 73.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling