Mavzu: tannarx aniqlashning normativ usuli va ogʻishishlar tahlili


Normativ xarajatlardan ogʻishishlar


Download 73.56 Kb.
bet3/11
Sana16.06.2023
Hajmi73.56 Kb.
#1494489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Normativ usul

Normativ xarajatlardan ogʻishishlar.
Normativ xarajatlardan ogʻishishlar – bu rejalashtirilgan byudjet yoki normativ xarajatlar bilan haqiqiy xarajatlar oʻrtasidagi farq.
Normativ xarajatlardan ogʻishishlarni haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslaganda vujudga keladi. Tannarxni aniqlashning normativ usulida quyidagi muhim xususiyatni doim esda tutish kerak: “tannarxni normativ usulda aniqlashda ogʻishishlar tahlili bosh daftar schetlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi”.
Buning uchun buxgalteriya registrlarilarida quyidagilar aks ettiriladi:



Materiallar boʻyicha ogʻishishlar
Asosiy material xarajatlar ikkita omilga bogʻliq: materiallar bahosi va ularning miqdori (soni), ishlab chiqarishda isteʼmol qilinishi (ishlatilishi).


Materiallarning bahosi boʻyicha ogʻishishlar.
Ogʻishishlar hisob-kitobi asosiy materiallar haqiqiy bahosi normativ bahosidan farq qilishi natijasida haqiqiy kutilayotgan foydadan qanchaolik farqlanishini aniqlash uchun amalga oshiriladi.


Materiallardan foydalanish boʻyicha ogʻishishlar.
Materiallardan foydalanish boʻyicha ogʻishishlar hisob-kitobidan maqsad koʻzda tutilgan mahsulot hajmini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xom-ashyolarning haqiqiy hajmi va normativ hajmi oʻrtasidagi farqning foydaga taʼsirini aniqlashdir.


Xarid qilingan yoki sarf qilingan ateriallar miqdori.
Xarid qilingan materiallar miqdori doim ham sarflangan materiallar miqdoriga teng boʻlavermaydi. Agar bu hol yuz bermasa, foydaga zahiralar hajmi oʻzgarishi taʼsir koʻrsatadi. Asosiy materiallar boʻyicha ogʻishishlar hisob-kitobiga taʼsiri zaxiralarni baholash uchun qabul qilingan usulga bogʻliq. Zaxiralar quyidagi usullar asosida baholanadi:
a) Materiallar normativ bahosi boʻyicha;
b) Haqiqiy baho boʻyicha (FIFO, LIFO va boshqa usullar).


Zaxiralarni normativ baho boʻyicha baholash
Tannarxni normativ boʻyicha aniqlash zaxiralarni baholash uchun eng qulay usul hisoblanadi, yaʼni bu holatda materiallar harakatini ularning qiymatidan kelib chiqqan holda zaxiralarni hisobga olish kartochkasida hisobga olish zarurati yoʻq (yaʼni zaxiralarning kirmi va chiqimi normativ baho boʻyicha baholanadi). Ushbu usulda zaxiralar bahosidagi chetlanishlar ishlatilgan materiallar hajmini boʻyicha emas, balki xarid qilingan materiallar asosida hisoblanadi. Bu tavsiya etilgan usul.


Zaxiralarni haqiqiy baho boʻyicha baholash.
Tovar-moddiy zaxiralarni baholashning ushbu usulidan foydalanilganida baho boʻyicha har qanday ogʻishishlar tan olinadi. Ushbu usuldan foydalanilganida zaxiralar sarflanganida haqiqiy baholarda (FIFO, LIFO va boshqa usullardan foydalaniladi) baholanadi. Barcha maʼlumotlar zaxiralar hisob kartochkasida aks ettiriladi. Baho boʻyicha ogʻishish (chetlanish) sarflangan hajm boʻyicha hisoblanadi.


Materiallar boʻyicha umumiy chetlanish
Bu mahsulot ishlab chiqarish uchun materiallar normativ xarajatlari bilan haqiqiy xarajatlari oʻrtasidagi farqdir.



Download 73.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling