Mavzu: tannarx aniqlashning normativ usuli va ogʻishishlar tahlili


Rejalashtirilgan va haqiqiy foydani tekshirshi


Download 73.56 Kb.
bet7/11
Sana16.06.2023
Hajmi73.56 Kb.
#1494489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Normativ usul

Rejalashtirilgan va haqiqiy foydani tekshirshi
Chetlanishlar har bir xarajat/daromad moddasining kutilayotgan foydaga taʼsirni aniqlash maqsadida hisoblanadi. Ushbu chetlanishlar “Solishtirish hisoboti”da jamlanadi.


Normativ va haqiqiy foydani solishtirish hisoboti
Hisobot rejalashtirilgan xarajatlar va faoliyat darajasiga asoslangan rejalashtirilgan foydadan boshlanadi.
Keyin rejalashtirilgan foyda haqiqiy va rejalashtirilgan faoliyat oʻrtasidagi har qanday farqni aks ettirish maqsadida ijobiy va salbiy chetlanishlarni hisobga olgan holda tuzatiladi. Buning natijasida biz haqiqiy foydani hisoblaymiz. Quyida oʻzgaruvchan xarajatlar boʻyicha tannarx kalkulyatsiyasi boʻyicha hisobot berilgan.



Normativ foyda

Soʻm

Soʻm

Soʻm

Realizatsiya boʻyicha chetlanishlar







80 000

- baho boʻyicha

18 000 (i)*







- hajm boʻyicha

20 000 (s)**

2 000 (s)




Bevosita xarajatlar boʻyicha chetlanishlar:










Materiallar:










- baho boʻyicha

120 (i)







- ishlatilishi boʻyicha

4 300 (s)

4 180 (s)




Mehnat haqi xarajatlari:










- stavka boʻyicha

5 700 (s)







- unumdorlik boʻyicha

4 500 (s)

10 200 (s)




Ishlab chiqarish ustama xarajatlari:










- xarajatlar boʻyicha

5 000 (i)







- samradorlik boʻyicha

3 000 (s)

(2 000 (i)




Doimiy ustama xarajatlar




4 000 (i)

10 380 (s)

Haqiqiy foyda







69 620

* i – ijobiy chetlanish
** s- salbiy chetlanish


Chetlanishlarning vujudga kelish sabablari va oʻzaro aloqadorligi
Chetlanishlar vujudga kelish sabablari
Chetlanishlarni hisoblash faqat birinchi qadamdir. Rahbariyatga faoliyatni rejalashtirish va naoratni amalga oshirish uchun maʼlumotlar zarurdir. Chetlanishlar mavjudligini bilishning oʻzi yetarli emas., biz uning nima uchun vujudga kelganligini aniqlashimiz zarur. Koʻrsatkichlar oʻz-oʻzidan javob bermayi. Ayrim chetlanishlarning ehtimoliy sabablarini koʻrib chiqamiz.
Chktlanishlarning umumiy sabablari:

Quyida ushbu toʻrtta sabab boʻyicha roʻyxat keltirilgan:
Material baholari boʻyicha chetlanishlar quyidagi sabablar tufayli vujudga kelishi mumkin:

  • har xil taʼinot manbalari;

  • baholarning kutilmaganda oʻsishi;

  • katta partiyadagi tovarlarni sotishda chegirmalarning oʻzgarishi;

  • har xil sortli materiallar bilan almashtirish;

  • normativ bahoni yil oʻrtasida aniqlash, buning natijasida yil boshida ijobiy chetlanish, yilning ikkinchi yarmida salbiy chetlanish kuzatiladi.

Materiallardan foydalanish boʻyicha chetlanish quyidagi sabalar tufayli vujudga keladi:

  • ................... yuqori/past darajada foydalanish;

  • mahsulot dizayni oʻzgarishi;

  • har xil sortli materiallarni almayshtirish.

Mehnat haqi stavkasi boʻyicha chetlanishlarning ehtimoliy sabablari:



  • kutilmagan milliy mkuofotlar;

  • rejadan farq qiluvchi qoʻshimcha vaqt uchun yoki mukofot toʻlovlari;

  • turi xil qiyinlik darajasidagi ishlarning almashtirilishi.

Mehnat unumdorligi boʻyicha chetlanishlarning ehtimoliy sabablari:

  • nazoratni yaxshilaydigan mehnat usullarini takomillashtirish;

  • oʻqitish omillari;

  • xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish yoki oʻqitish tizimini joriy qilinishi;

  • takomillashgan yangi uskunaning paydo boʻlishi doimiy ustama xarajatlar sarflanishi boʻyicha salbiy chetlanishga (yaʼni ushbu uskuna qimmatroq va eskirish normasi yuqoriroq) olib kelishi mumkin(ish haqi samaradorligi boʻyicha va doimiy ustama xarajatlar hajmi (yuqori ishlab chiqarish samaradorligi) boʻyicha ijobiy chetlanish bilan tenglashadi);

  • ishchilarning mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan urinishi (mehnat unmdorligi boʻyicha ijobiy chetlanish) pala-partish boʻlishi mumkin va chiqindilar hajmining oshishiga (materiallardan foydalanish boʻyicha salbiy chetlanish) olib kelishi mumkin.

Yuqoridagi har bir holatda, agar bitta chetlanish boshqa chetlanishga sabab boʻlayotgan boʻlsa, ikkita chetlanishni birlashtirish foydasiga asos mavjud, bunda ikkala chetlanish ham bir xil sabab bilan tushuntiriladi.

Download 73.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling