Reja: Tovar-moddiy zahiralar (tmz)ning xoʼjalik subʼektlari faoliyatida tutgan oʼrni va bu sohada hisobning vazifalari. Tmzlarni turkumlash va baholash. Tmzlarni kirim qilish yoʼllari va ular xarakatini hujjatlashtirish


Download 365.15 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi365.15 Kb.
#1596546
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7. TOVAR-MODDIY ZAHIRALAR HISOBI




Reja:


1. Tovar-moddiy zahiralar (TMZ)ning xoʼjalik subʼektlari faoliyatida tutgan oʼrni va bu sohada hisobning vazifalari.
2. TMZlarni turkumlash va baholash.
3. TMZlarni kirim qilish yoʼllari va ular xarakatini hujjatlashtirish.
4. TMZlarni omborda va buxgalteriyada hisobga olish.


1. Tovar-moddiy zahiralar (TMZ)ning xoʼjalik subʼektlari faoliyatida tutgan oʼrni va bu sohada hisobning vazifalari.

Har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’yektning asosiy faoliyati bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobida korxonalar asosiy faoliyatini tashkil qiluvchi ushbu jarayonlarni soniy va summoviy jihatdan ifodalovchi turli ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi axborotlar shakllanadi. Chunonchi, ta’minot jarayonini ifodalovchi bunday ko‘rsatkichlarning asosiylari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi (1- rasmga qarang).



TА'MINOT JАRАYONI АSOSIY KOʼRSАTKICHLАRI





  • Mehnat predmeti, yaʼni materiallar taʼminotini ifodalovchi ko’rsatkichlar;

  • Mehnat vositalari va qurollari taʼminotini ifodalovchi koʼrsatkichlar;

  • Mehnat kuchi (xodimlar) taʼminotini ifodalovchi koʼrsatkichlar.




1- rasm. Ta’minot jarayoni asosiy ko‘rsatkichlari
Ta’minot jarayoni bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • mehnat predmetlari va vositalarini ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish;

  • mehnat predmetlari va vositalarini to‘g‘ri turkumlash va guruhlarga ajratish;

  • mehnat predmetlari va vositalarini to‘g‘ri baholash;

  • mehnat predmetlari va vositalariga qilingan qo‘shimcha xarajatlarni (tashib keltirish, boj va soliq to‘lovlari, kurs o‘rtasidagi farqlar, ustamalar, sertifikatsiyalash va boshqalar) to‘g‘ri hisobga olish, ularni ushbu boyliklar tannarxiga (qiymatiga) yoki korxona xarajatlariga kiritish;

  • mehnat predmetlari va vositalari holati va xarakatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida va tegishli boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisobga olish;

  • mehnat predmetlari va vositalariga moddiy javobgarlikni ta’minlash, moddiy javobgar shaxslar tomonidan hisobotlarni tug‘ri va o‘z vaqtida tuzilishi, taqdim etilishini nazorat qilish;

  • mehnat predmetlari va vositalari holati va xarakati bo‘yicha moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari ma’lumotlari va hisob ma’lumotlarini to‘liq uyg‘unligini ta’minlash;

  • mehnat predmetlari va vositalari butligini ta’minlash, buning uchun ularni belgilangan muddatlarda qayta ruyxatdan o‘tkazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to‘g‘ri aniqlash va hisobga olish;

  • mavjud mehnat predmetlari va vositalaridan unumli foydalanish, buning uchun korxonada me’yoridan ortiq yoki keraksiz mehnat predmetlari va vositalarini saqlamaslik, ular nobudgarchiliklariga va talon-tarojiga yo‘l qo‘ymaslik, keraksiz mehnat predmetlari va vositalarini sotish va uning natijalarini to‘g‘ri hisobga olish;

  • mehnat predmetlari va vositalarini asosli ravishda qayta baholash va uning natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish va boshqalar.


Download 365.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling