3-mavzu. Biznes va tadbirkorlik. Tadbirkorlik kapitali. (2 soat) Reja
ishlab chiqarish miqyosining o`sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara
Download 226.16 Kb.
|
3-MAVZU.Biznes va tadbirkorlik. Tadbirkorlik kapitali.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Korxona (firma) ning pul tushumlari va foydasi.
ishlab chiqarish miqyosining o`sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara. ba’zi hollarda ijobiy miqyos samarasi ta’siri barham topuvchi ishlab chiqarish hajmi bilan salbiy miqyos samarasi kuchga kiruvchi ishlab chiqarish hajmi o`rtasidagi tafovut juda ahamiyatli bo`lishi mumkin. bu ikkala chegara orasidagi maydonda barcha resurslarning 10%ga o`sishi ishlab chiqarish hajmining ham mutanosib ravishda 10%ga ko`payishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo`yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi. 4.Korxona (firma) ning pul tushumlari va foydasi. Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag`lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Aytaylik, korxonada bir oy davomida 100 ming dona «A» mahsuloti ishlab chiqarildi. Har bir mahsulotning narxi 1000 so`m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan taqdirda, korxonaning bir oylik pul tushumi 100 mln. so`m (100000 × 1000) ga teng bo`ladi. Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks ettirmaydi. Shunga ko`ra, pul tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi – foyda muhim o`rin tutadi. Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. Bizning misolimizdagi korxonada «A» mahsulotni ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. so`mni tashkil etgan bo`lsin. U holda, korxonaning bir oylik foydasi 40 mln. so`m (100 mln. – 60 mln.) ga teng bo`ladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o`tadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog`ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo`shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo`lmaydi; ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so`ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko`rinishida to`liq namoyon bo`ladi. Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo`shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko`rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo`shimcha mahsulot yoki qo`shimcha qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko`ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo`lgan taqdirda foyda oladilar. Demak, ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji narxi (Nu) o`rtasidagi farqdan iborat: . Bundan ko`rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga bog`liq bo`ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji narxlar darajasi. Tannarx – bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir. Bu o`rinda mahsulot tannarxini uning qiymatidan farqlash lozim. Ma’lumki, mahsulot qiymati (Q) o`z ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (QIV) hamda yangidan yaratilgan qiymat (QYa)ni to`liq oladi. O`z navbatida yangidan yaratilgan qiymat ish haqi (IH) va yalpi foydaga (Fya) ajraladi. Bu holatni 6-chizma orqali ko`rish mumkin.
6-chizma. Mahsulot qiymati tarkibi. Foyda miqdoriga ta’sir ko`rsatuvchi ikkinchi omil – korxona o`z mahsulotlarini sotuvchi narx darajasi bo`lib, bu o`rinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi o`rtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib ko`rsatish mumkin (7-chizma).
Chizmadan ko`rinadiki, birinchi holatda narx mahsulotlar tannarxidan past darajada o`rnatilib (N1 daraja), buning natijasida ular zarariga sotilishi mumkin. Ikkinchi holatda narxning N2 darajada o`rnatilishi mahsulotni sotishdan olingan pul tushumining korxona xarajatlariga teng kelishi, ya’ni ishlab chiqarishning faqat o`zini-o`zi qoplashi ta’minlanishi mumkin. Uchinchi holatdagi N3 narx darajasi tannarxdan yuqori, biroq qiymatdan past bo`lib, bunda korxona foydasi tovarda mujassamlashgan foyda miqdoridan kam bo`ladi. To`rtinchi holatdagi N4 narx darajasi qiymat miqdoriga teng bo`lib, korxona tovarda mujassamlashgan barcha foydani oladi. Va nihoyat, beshinchi holatdagi N5 narx darajasini o`rnatish korxonaga tovar qiymatidan ko`proq pul daromadi olish imkonini beradi. Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi (8-chizma). Ялпи фойда Ҳайрия ва бошқа фондлар Соф фойда Кредит учун фоиз Ижара ҳақи Солиқлар
Кадрларни тайёрлаш Ижтимоий фондлар Тадбиркор-лик даромади Жамғариш
Атроф-муҳит муҳофазаси 8-chizma. Yalpi foydaning taqsimlanishi. Chizmadan ko`rinadiki, eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy subyektlarga turli to`lovlar amalga oshiriladi. Bu to`lovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag`lari uchun to`lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar to`laydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablag`lar kiritadilar. Mablag`larning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamg`arish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi. Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlash yo`li bilan aniqlanadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko`proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o`z ichiga normal foydani ham oladi. Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi umumiy va buxgalteriya xarajatlari hamda foydasining farqlanishini quyidagi tasvir orqali yaqqolroq tasavvur etish mumkin (9-chizma). Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi iqtisodiy va buxgalteriya foydasining farqlanishi = -
9-chizma. Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi iqtisodiy va buxgalteriya foydasining farqlanishi.
2. bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; Kavans (asosiy kapital+aylanma kapital) – korxona avanslangan mablag`lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o`rtacha yillik qiymati. Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to`g`ri mutanosib hamda ishlab chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag`lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligining integral ko`rsatkichi hisoblanadi. Foydaning o`sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o`zgarmagan holda ikki yo`l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki narxni oshirish hisobiga erishish mumkin. 4. Ish haqining iqtisodiy mazmuni, tashkil etish shakllari va tizimlari. Ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir. Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan chambarchas bog`liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi. Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o`rtasidagi bog`liqlikni ta’minlashdan iboratdir. Ish haqining mazmunini to`laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarurdir. Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Misol uchun, mexanika zavodi ishchisi yanvar oyida 200 ming so`m, fevral oyida 190 ming so`m, mart oyida 220 ming so`m ish haqi oldi. Bular nominal ish haqi hisoblanadi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo`lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati. O`z-o`zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog`liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo`lganda, nominal ish haqiga to`g`ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: , bu yerda: VP - real ish haqi ; VH - nominal ish haqi ; R - iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi. Bizning misolimizda ishchining nominal ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 95 foizni, mart oyida 110 foizni tashkil etgan edi. Real ish haqi darajasining o`zgarishini aniqlash uchun esa iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi to`g`risida ma’lumot zarur bo`ladi. Aytaylik, narx darajasi yanvar oyiga nisbatan fevralda 1,08, martda esa 1,2 baravar oshgan bo`lsin. U holda ishchining real ish haqi fevralda 176 ming so`mni, mart oyida esa 183 ming so`mni tashkil etadi. Ya’ni, ishchining real ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 88 foiz, mart oyida 91,5 foiz darajasida bo`ladi. Nominal ish haqi ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to`lanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini aniq hisoblab bo`lmaydigan, balki ular aniq vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to`lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog`liq bo`lmagan paytlarda (masalan konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo`llaniladi. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun to`lanadigan ish haqi miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga taqsimlash yo`li bilan aniqlanadi. Haq to`lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. Chunonchi, ishchilarning bir qismiga to`g`ri ishbay tizimi bo`yicha haq to`lanadi. Bunda ishlab chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan qat’iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo`yicha to`lanadi. Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko`rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. Ishbay-progressiv haq to`lashda ishchining belgilab qo`yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo`yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo`yicha pul to`lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo`llaniladigan mehnatga haq to`lash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to`lanadi. Haq to`lashning jamoa shaklida ish haqi brigada, sex va boshqa bo`linmaning pirovard mehnat natijalariga bog`liq qilib qo`yiladi. Bunda har bir xodim faqat o`ziga berilgan shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo`linmaning butun ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor bo`ladi. Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo`yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi. Tarif tizimi tarif-malaka ma’lumotnomalarini va ish haqiga har xil koeffisiyentlarini o`z ichiga oladi. Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko`nikmalariga qo`yiladigan talablardan iborat bo`ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo`yiladigan razryadlar ham ko`rsatiladi. Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffisiyentlari ham bo`lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to`lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to`lashning o`zaro nisbatini ko`rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffisiyenti hamma vaqt birga teng bo`ladi). Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo`lgan ishchining mehnatiga to`lanadigan haq miqdorini belgilab beradi. Mehnat qilish sharoiti og`ir va zararli bo`lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo`shimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo`yicha farqlantirilgan) professional mahorat uchun belgilanadi. Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan yetakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo`lishini ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko`zlanadi. Statistik ma’lumotlar va sosiologik tadqiqotlar natijalariga ko`ra, mamlakatimizda 2006 yilning oxirida o`rtacha real oylik ish haqi 185 ming so`mni yoki salkam 150 AQSh dollarini tashkil etgan3. 2007 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1,5 barobar ko`paytirildi. 2007 yilning dekabrida o`rtacha oylik ish haqi, xo`jalik subyektlari va byudjet sohalarini hisobga olganda, 210 AQSh dollari miqdoriga teng bo`ldi4. Download 226.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling