3-mavzu. Biznes va tadbirkorlik. Tadbirkorlik kapitali. (2 soat) Reja


Download 226.16 Kb.
bet1/12
Sana04.02.2023
Hajmi226.16 Kb.
#1164194
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-MAVZU.Biznes va tadbirkorlik. Tadbirkorlik kapitali.


3-MAVZU.Biznes va tadbirkorlik. Tadbirkorlik kapitali. (2 soat)
Reja.
1.Tadbirkorlik faoliyatining mazmuni va shakllari
2.Tadbirkorlik kapitalining funksional shakllari
3.Korxona ishlab chiqarish xarajatlari. Tannarx.
4.Korxona (firma) ning pul tushumlari va foydasi
Asosiy tayanch tushunchalar:
Tarif tizimi, tarif-malaka ma’lumotnomalari, tarif setkasi, tarif stavkalari, tadbirkorlik faoliyati, aksiya, aksiya kursi, ta’sischilik foydasi, dividend, tadbirkorlik kapitali, aylanma kapital, asosiy kapital, amortizasiya normasi.
Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati iqtisodiy resurs hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida amal qiladigan shakllarini batafsil bayon etish, tadbirkorlik kapitalining mazmunini va uning harakat shakllarini tahlil qilish, kapital harakatida vujudga keladigan jarayonlar va uning namoyon bo`lishini, shuningdek, kapitalning aylanish tezligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini yoritish ushbu mavzuning asosiy vazifasi bo`lib hisoblanadi.


1.Tadbirkorlik faoliyatining mazmuni va shakllari

Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes xususida, uning yo`nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari to`g`risida ko`plab olimlarning fikrlari, mulohazalari keng o`rin egallamoqda. Ularda ko`pincha tadbirkorlik faoliyati va biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmoqda.


Fikrimizcha, tadbirkorlik biznesdan farq qilib, tadbirkorlik – bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bog`liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha bo`lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.
O`zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi qonunida ta’riflanishicha «Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir».1
K.Makkonnell va S.Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shartlar va talablar yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va “katalizator” vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor – tashkilotchi shaxs bo`lib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To`rtinchidan, tadbirkor bu tahlikaga boruvchi insondir. U nafaqat o`z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o`z sheriklari, hissadorlari qo`shgan mablag`lar bilan ham tahlikaga boradi.2
Tadbirkorlik faoliyati to`g`risida yuqorida keltirilgan turli xil fikrlar va yondashuvlarni umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.
Tadbirkorlikning rivojlanishi, o`z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo`lishini taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.

Download 226.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling