18 Ma’ruza. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi Reja. Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari


Download 463 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi463 Kb.
#1533027
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
18 - Ma’ruza. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi



18 - Ma’ruza. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi
Reja.
1. Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari
2. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital
3. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi


1. Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari


Tadbirkor ixtiyorida bo‘lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan va yollanma mehnat tomonidan harakatga keltiriladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi.
Kapital ikki xil xususiyatga ega bo‘lib, uning qiymati – ko‘pchilikka ma’lum bo‘lga-nidek, ushbu kapitalni ishlab chiqarishga sarf-langan ijtimoiy zaruriy mehnat sarfidan iborat-dir. Kapitalning nafliligi esa uning: a) ko‘plab turdagi va miqdordagi nafliliklarni (tovar va xizmatlarni) yaratishda; b) ishchi kuchining ish bilan bandligini ta’minlashda; c) qisman qiy-matning tashkil topishida, ya’ni shakllanishida; d) eng muhimi, qo‘shimcha mahsulotni yaratish-da va o‘zlashtirishda to‘liq ishtirok etishi orqali namoyon bo‘ladi.

Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatni quyidagicha ifodalash mumkin (10.2-rasm).
10.2-rasm. Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatning namoyon bo‘lishi
Rasmdan ko‘rinadiki, tovardagi ikki tomonlama xususiyat o‘z navbatida tadbirkorlik kapitaliga ham o‘tadi. Chunki, u pul, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ko‘rini-shidagi unumli kapital hamda tayyor tovarlardan iborat bo‘ladi. Ayni paytda, kapital tovarlari o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan qiymatni ham namoyon etadi.
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyat pirovardida yangidan yaratilgan tovarning ikki tomoni, birinchidan, sifat jihatdan yangi turdagi va ko‘rinishdagi, miqdor jihatdan esa ko‘paygan naflilik, ikkinchidan esa, o‘tkazilgan va qo‘shilgan qiymatda namoyon bo‘ladi1. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muo-mala jarayonida doimo harakatda bo‘ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi.
Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o‘z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu holda pul shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala sohasida pul kapitali o‘z harakatining birinchi bosqichidan o‘tadi:


Iv
P T
Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablag‘lar unumli kapital shakliga aylanadi va ular ishlab chiqarish jarayonining potensial omillari hisoblanadi. Kapital harakatida ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (I) jarayoni hisoblanib, uning natijasida iste’molga tayyor tovar tovar (T) shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo‘ladi, ya’ni:
Iv

Download 463 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling