3-mavzu; Biznesni tadqiq etishni tashkil etish
Download 82.92 Kb.
|
3-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarama- qarshilik Ijtimoiy psixologik kelishuv Realizatsiya faktorlari Bajaruvchilar
Rahbar boshqaruv
qarori
Qarama- qarshilik Ijtimoiy psixologik kelishuv Realizatsiya faktorlari Bajaruvchilar O‘zaro ta’sir 3.5.-rasm. BQ ning bajaruvchiga ta’siri natijalari Rasmda ko‘rsatilgan uzluksiz chiziqlar BQni amalga oshirish chog‘idagi o‘zaro hamjihatlik munosabatlarini ifodalaydi, nuqtali chiziq esa qarama qarshiliklarni aks ettiradi. Ijtimoiy psixologik mutanosiblik BQning matnida o‘z ifodasini topishi yoki qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq vaziyatlarning shakllanishi jarayonida namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday kelishuvlarga BQni amalga oshirish chog‘ida boshqaruvning ijtimoiy psixologik usullarini qo‘llash orqali erishiladi. Ko‘rib chiqilayotgan usullar inson va muayyan jamoaning ijtimoiy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirishga asoslangan. Eslatib o‘tamiz,bu yerda inson ehtiyojlari deganda, uning tartib intizomga, barqarorlikka, axborot olishga, xavfsizlikka, boshqaruvga, ijodiy mehnatga, ishonchga, muhabbatga, oilaga, bilim olishga,muloqot qilishga, o‘z fikrini ifoda etish va o‘zini namoyon qilishga bo‘lgan ehtiyojlarida nazarda tutilmoqda. Jamoaning ijtimoiy ehtiyojlariga esa tashkil etish va boshqarish, o‘zini o‘zi rivojlantirish, xavfsizlik va qo‘shimcha mahsulot kiradi. Xo‘jalik faoliyatining tez sur’atlarda taraqqiy etib borishi jamoaga va uning ish qobiliyatiga, insonning ruhiy (psixologik)jihatdan barqarorligi, muloqotga kirishuvchanligi, tezkor ravishda o‘ziga xos tarzda fikr yuritishi bilan bog‘liq yuqori talablarni qo‘ymoqda. Bu esa o‘z navbatida rahbarning boshqaruv faoliyatida mavjud ijtimoiy-psixologik usullarning ahamiyatini yanada yuksaltiradi. Download 82.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling