3-Mavzu: Bolaning o`sishi va rivojlanishi.
Qad-qomat va uning buzilishlari. Sog`liq guruhlari.
Reja:
1.Bolalik va o`smirlik davrlari.
2.Bolalar va o`smirlar davrlarining xususiyatlari.
3.Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash.
4.Qad-qomat va uning buzilishlari.
5.Sog`liq guruhlari.
Bolalik va o`smirlik davrlari.
Chaqaloq tug`ilgandan to 18 yoshga kirguncha bolalik va o`smirlik davri hisoblanadi. Bu quyidagi davrlarga bo`linadi:
- chaqaloqlik davri - tug`ilgandan-1 oylikkacha;
- ko`krak yoshi davri - 2oylikdan-1 yoshga to`lgunicha;
- maktabgacha tarbiya yoshi davri - 2-6 yosh;
- kichik maktab yoshi davri - 7-11 yosh;
- o`rta maktab yoshi davri - 12-14 yosh;
- katta maktab yoshi davri - 15-18 yosh;
- o`smirlik davri- 12-18 yosh.
Do'stlaringiz bilan baham: |