3-mavzu: borliq falsafasi katеgoriyalarning borliqning mohiyati va mazmuni


Download 20.09 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi20.09 Kb.
#1586637
Bog'liq
3-MAVZU TARQATMA


3-MAVZU: BORLIQ FALSAFASI KATЕGORIYALARNING
Borliqning mohiyati va mazmuni. Borliqning asosiy shakllari
Falsafa fanining borliq haqidagi masalalarni o‘rganuvchi qismi ontologiya deb ataladi. Ontologiya so‘zi yunoncha ontos (mavjudlik) va logos (ta’limot) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, «mavjudlik haqidagi ta’limot», ya’ni borliq haqidagi fan ma’nosini ifodalaydi.
Bu atama fan tarixida birinchi bor 1513 yil R.Gokleniusning «Falsafa lug‘ati»da, so‘ngra, X.Volf (1679 -1754) ning falsafaga oid darsligida qo‘llanilgan bo‘lsada, ulardan ilgari qadimgi yunon faylasuflari ham ontologiyaning mazmunini ifodalovchi turli fikrlarni ilgari surishgan. Ular ontologiyani «haqiqiy borliqni nohaqiqiy borliqdan ajratib oluvchi borliq haqidagi ta’limotdir» deb hisoblashgan. Borliq o‘ziga ob’ektiv va sub’ektiv reallikni, mavjud bo‘lgan va mavjud bo‘ladigan olamlarni, moddiylik va ma’naviylikni, o‘tmish va kelajakni, o‘limni va haѐtni, ruh va jismni qamrab oluvchi umumiy tushunchadir. Borliqning asosiy sohalariga tabiat, jamiyat va ong kiradi.
«Materiya» tushunchasi, uning xususiyatlari va namoyosh bo‘lish shakllari haqidagi zamonaviy tasavvurlar
Borliqning moddiy shakli materiya o‘ziga barcha jismlarni, hodisalarni, jaraѐnlarni va ularning xususiyatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari u tafakkurni ham, olamda mavjud bo‘lgan barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Materialistlar materiyani ob’ektiv reallik, deb ta’riflashadi. Ob’ektiv reallik inson sezgilariga bog‘liq bo‘lmagan holda, undan tashqarida mavjud bo‘lgan voqelikdir. Bu butun mavjudlikning sub’ektiv reallikdan tashqaridagi qismi hisoblanadi.
Materiya moddiy ob’ektlarni birlashtiruvchi tushuncha. Xususan olinganda materiyaning o‘zi yo‘q, balki dunѐda materiyaning ayrim predmet ѐki biror konkret buyum shaklidagi ko‘rinishlari uchraydi. Materiya esa materiyaning hamma konkret ko‘rinishlariga xos bo‘lgan barcha universal xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchadir. Bu dunѐda «umuman odam» bo‘lmasdan, ayrim odamlar uchrashiga o‘xshash fikrdir.
Materiya to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotning asosiy tomonlari quyidagilardan iboratdir:
- materiya kategoriyasining universalligini, yalpi umumiyligini tan olish;
- materiya kategoriyasining falsafiy abstraksiya ekanligini tan olish;
- materiya va moddiy sistemalarning ob’ektivligini tan olish;
- materiyaning rivojlanishini va moddiy sistemalarning evolyutsiyasini tan olish;
- materiya va moddiy sistemalarning nihoyasizligini, bitmas-tuganmasligini, cheksizligini tan olish.
«Harakat» tushunchasi, unin asosiy shakllari va ular orasidagi bog‘liqlik
Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyati harakat hisoblanadi. Chunki borliq harakatsiz o‘zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.
Falsafiy adabiѐtlarda moddiy borliqning quyidagi harakat shakllarini ajratib ko‘rsatishadi: 1) moddiy harakatning eng sodda shakli - mexanik harakat (uni moddiy nuqtalarning fazodagi siljishi deb ta’riflashadi); 2) fizik harakat (elementar zarachalar, atom yadrosi va atomning harakatidan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, ѐrug‘likdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu harakat shakliga mansubdir); 3) ximiyaviy harakat (bunga molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatsiyasi, ionlar harakati, moddaning muzlashi va kristallanish jaraѐnlari, ximiyaviy reaksiyalar, ximiyaviy sintez va parchalanish, ѐnish va oksidlanish va boshqa ximiyaviy jaraѐnlar kiradi); 4) biologik harakat (haѐtiy jaraѐnlar); 5) sotsial (ѐki ijtimoiy) harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jaraѐnlarning namoѐn bo‘lishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jaraѐnlari bilan bog‘liq bo‘lgan ideal, g‘oyaviy, ma’naviy ko‘rinishdagi harakat shakllari ham mavjuddir.
«Fazo» va «vaqt» kategoriyalari. Materiya, harakat, fazo va vaqtning birligi
Fazo - vaqtning muayyan lahzasida bu dunѐni tashkil etgan nuqtalarning o‘zaro joylashish tartibini ifodalasa, vaqt esa - fazoning har bir nuqtasida ro‘y beruvchi hodisalarning ketma-ketligi, davomiyligi tartibini ifodalaydi. Shu tarzda fazoni vaqt bilan, vaqtni fazo bilan belgilash mumkin.
Fazo va vaqt - borliqning umumiy yashash shakllari bo‘lib, fazo dunѐni tashkil etuvchi ob’ektlar va ularning tarkibiy nuqtalarining o‘zaro joylashish tartibi, ko‘lami va miqѐsini ifoda etadi, vaqt esa dunѐda sodir bo‘luvchi hodisa va jaraѐnlarning ro‘y berish ketma-ketligi tartibi va davomiyligini ifodalaydi.
Download 20.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling