3-mavzu bo'yicha nazorat savollari “Markaziy Osiyo dinlari va e'tiqodlari” mavzusi bo‘yicha nazorat savollari


Download 19.7 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi19.7 Kb.
#212869
  1   2
Bog'liq
New Microsoft Word Document (3)


3-mavzu bo'yicha nazorat savollari

Markaziy Osiyo dinlari va e'tiqodlari” mavzusi bo‘yicha nazorat savollari:

 


  1. Dinning o‘zi nima?

  2. Ibtidoiy jamiyatda dinni keltirib chiqargan sabablar.

  3. Dinning dastlabki shakllarini aytib bering.

  4. Fetishizm haqida so‘zlab bering.

  5. Urug‘-qabila tuzumida diniy tasavvurlar shakli.

  6. O‘rta Osiyoda rivojlangan dinlarning tarqalishiga nimalar sabab bo‘ldi?

1.“Din” ma’nosida qo‘llangan lotincha «religion» so‘zi «xudojo‘ylik», «tabarruk», «ilohiy» degan ma’noni anglatadi. Xristian ilohiyotchi-olimlari, din insonning Xudo bilan aloqachisi, deb hisoblaganlar.

2. Avvalambor insonning ruhiyatiga va turmushiga uning ijtimoiy sharoiti ta’sir etadi. Ibtidoiy jamiyatda diniy qarashlar shakllanishiga asosiy sabablardan biri odamlarning tabiat hodisalariga qarshi tura olmasligi, ya’ni ular o‘ta kam taraqqiy etganligi edi. Ushbu jarayonga mehnat faoliyati, ov, oilaviy munosabatlar va maishiy tadbirlar kabi hodisalar ham ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Aytib o‘tish joizki, diniy e’tiqodlar shakllanishi uchun uzoq davr (ming yillar) kerak bo‘lgan. Ko‘pgina tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, dastlabki diniy tasavvurlar aynan HOMO SAPIENS (ongli odam) bilan birga, ya’ni miloddan 40-30 ming yil avval yuzaga kelgan. Xo‘sh, nima uchun diniy tasavvurlar paydo bo‘lishi aynan u bilan bog‘liq? Ularning fikriga ko‘ra,   faqat «ongli odam» bosh suyagining hajmi mavhum fikrlay olish uchun yetarli bo‘lib, unga ana shu imkoniyatni bergan.

Ilk (dastlabki) diniy tasavvurlar shakllanishiga ibtidoiy odamlarning dafn marosimlari va qoyatoshga surat chizish kabi faoliyat turlari ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.

Shunday qilib, din inson o‘z atrofidagi sharoitni anglab yetishga intilgan muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichida paydo bo‘lgan. Odamlar ongi o‘ta sust rivojlangan edi va shu tufayli tushunarsiz tabiat hodisalari ularda insonning o‘zidan qudratliroq bo‘lgan g‘ayritabiiy kuchlar amal qilayotganligi haqida tasavvur hosil qilgan. Ibtidoiy odamlar ongida sezgi va kechinmalar hal qiluvchi o‘rin tutar edi.

Ushbu hodisalar odamga sirli va jumboqli tuyulishi bilan birga ularda ham insonga xos hislatlar, ya’ni iroda, ong va istak kabi xususiyatlar mavjud bo‘lib tuyulgan. O‘zlashtirish jarayonida inson bularning barini jonli va g‘ayritabiiy kuch egasi deb topdi va bu uning ongida g‘ayritabiiy kuchlar hamda iloxlar paydo bo‘lishiga olib keldi.

3. Urug‘chilik tizimining shakllanish davrida (miloddan 40-30 ming yil avval) yuzaga kelgan mug‘analik (sehrgarlik), fetishizm va animizmni dinning dastlabki ko‘rinishlari deb hisoblash mumkin.

Sehrgarlik yoki “magiya” (yunoncha mageia), bu –  tabiatga ta’sir ko‘rsatishning g‘ayritabiiy vositalari borligiga ishonchdir, insonning o‘zi buyum va hodisalarga ta’sir ko‘rsatishga intilib qilgan jodugarlik amallarining yig‘indisidir.

Sehrgarlikning  davolash, biror odamga isitish yo sovitish, harbiy, dehqonchilik, chorvachilik sohalariga, ob-havoga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan turlicha ko‘rinishlari ma’lum bo‘lgan. Ishlab chiqarish va qo‘riqlash - davolash turi sehr-jodu turlaridan eng keng tarqalgani edi.  Turli ko‘zmunchoq, tumor va tilsim qog‘ozlar yordamida asrashga oid sehrgarlik ham shunga kiradi. Sehrgarlikning bu turi hozir ham uchrab turadi: musulmonlarda – Qur’on oyatlari yozilgan tumor, yahudiylarda – duo matni tushirilgan ko‘zmunchoq, xristianlarda – xoch belgisi va hokazo.

Arxeologik va etnografik manbalar dastlabki sehrgarlik e’tiqodi va marosimlari ibtidoiy jamiyatning eng dastlabki bosqichlari, hatto neandartal odamlarning “must’e” davriga (100-40 ming yil avval) borib taqalishidan dalolat beradi.

San’at hamda dinning inson ishlab chiqarish faoliyati bilan chambarchars bog‘liqligi ayniqsa jismoniy jihatdan zamonaviy  ko‘rinishdagi dastlabki odamlar – kromanon odamlar paydo bo‘lgan «yuqori paleolit” davrida aniq-ravshan kuzatiladi. Dastlabki suratlar ibtidoiy odam hayotidagi muhim, biroq shu bilan birga xavfli hodisa – ov haqida ma’lumot beradi. Suratlar tosh, suyak yoki shoxga o‘yib ishlangan konturli tasvirdan iborat bo‘lib, barmoq yoki mo‘yqalamga monand buyum bilan qora yo qizil rangga bo‘yalgan. Bo‘yoq o‘rniga oxra, ko‘mir yoki bo‘r qo‘llanilgan. Rassom ularni hayvon yog‘iga qo‘shib ishlatganligi sababli ko‘pgina suratlar yomg‘ir va qor ta’siridan saqlanib qolgan. Ruhi tanani tark etib, “o‘zga dunyoga” safar qilishi kerak bo‘lgan marhumning tanasi ham ana shunday bo‘yoq yordamida maxsus surat va belgilar bilan qoplangan.

4. Din tarixida fetishizm (fransuzcha fetiche – tumor, but, ko‘zmunchoq) jiddiy o‘rin tutadi. Fetishizmda insonning g‘ayritabiiy imkoniyatlariga ishonishdan iborat bo‘lgan afsungarlikdan farqli o‘laroq biron moddiy buyumga g‘ayritabiiy xossalar berilib, u ilohiylashtiriladi. Fetishlar shaklan ham turli-tuman. Toshlar, daraxt bo‘laklari, hayvon tanasining biror qismi, but-sanamlar fetish vazifasini o‘tashi mumkin edi.

Zamonaviy dinlarda fetishizm tabarruk buyumlarni tavof qilish  tarzida(xristianlarda - xoch, ikonalar, mayitga sig‘inish, buddizmda – tabarruk o‘g‘ir yoki hovoncha, islomda – tabarruk qadamjolar va qora tosh), mustaqil qoldiq sifatida esa tumor va ko‘zmunchoqlarga ishonch tarzida saqlanib qolgan. Irim-sirimga ishonadigan odamlar fikriga ko‘ra, tumor baxt keltirar, ko‘zmunchoq esa yomon ko‘zdan asrar ekan. Taqa, tumor, bo‘yin taqinchog‘i (kulon), filcha, turli o‘yinchoqlar esa zamonaviy fetishlarga misol bo‘la oladi.

U yoki bu buyumdan foydalanilgan har qanday diniy amalda boshqa irim-sirimlar bilan birga fetishizm elementlari ham mavjud.

5. Dehqonchilikka e’tiqod qilish – asosan hosildorlikka ta’sir ko‘rsatuvchi tabiat omillari timsoliga sig‘inishdan iborat bo‘lgan.

Taxminan sakkiz ming yil ilgari ketmon bilan dehqonchilik qilish ishlab chiqarish faoliyatining asosiy turi edi. Dehqonning tabiat hodisalariga bog‘liqligi va ayolning yetakchilik roli o‘sha davrning asosiy xususiyatlari bo‘lib, bular odamlarning diniy qarashlarida o‘z aksini topgan.


Download 19.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling