Tasavvur qiling siz bug’doy yetishtiradigan fermersiz. Sizning barcha
daromadingiz bug’doyni
sotishdan kelishi sababli, siz yeringizni iloji boricha
unumdorligini oshirishga ko’proq harakat qilasiz. Ob-havo va turoq
holatini kuzatasiz,
daladagi zararkunanda va kasalliklarni yo’qotasiz va ilg’or texnologiyalardan
foydalanasiz. Siz bilasiz qancha ko’p bug’doy yetishtirsangiz, shuncha ko’p hosil olasiz
va sizning daromadingiz ko’proq bo’ladi hamda turmush tarzingiz yaxshilanadi.
Bir kuni, Kanzas davlat universiteti olimlari muhim
kashfiyot qilishganligini
e’lon qilishdi. Universitetning agronomlik bo’limi tadqiqotchilari fermerlar har bir
akrdan (0.4 gektar) oladigan bug’doydan 20 % ko’p hosil beradigan yangi bug’doy
navini kashf qilishdi. Bu xabarga qanday munosabat bildirasiz?Bu kashfiyot siz uchun
yaxshimi yoki yomon?
Bu savollarga 3 ta qadamda javob beramiz.
Birinchi, biz talab yoki taklif egri
chizig’i siljigan yoki siljimaganligini tekshiramiz.
Ikkinchi, biz egri chiziq qaysi
tomonga
siljiganini
hisoblaymiz.Uchinchi,
biz
bozor
muvozanati
qanday
o’zgarganligini ko’rish uchun talab-taklif rasmsidan foydalanamiz.
Bu holatda kashfiyot taklif egri chizig’iga ta’sir qiladi.
Chunki yangi nav
hosildorlikni oshiradi va endi fermerlar istalgan berilgan narxda ko’proq bug’doy
yetishtirishni xohlashadi. Boshqacha qilib aytganda taklif egri chizig’i o’ng tomonga
suriladi. Talab egri chizig’io’zgarmaydi, chunki iste’molchilarning
berilgan narxda
bug’doy mahsulotlarini sotib olishga bo’lgan istaklariga yangi navning ta’siri yo’q. 3.7-
rasmda bunday o’zgarish tasvirlangan. Taklif S
1
dan S
2
ga
siljiganda,sotilgan bug’doy
soni 100 dan 110 ga ko’tarilgan, narx esa 3$ dan 2$ ga tushgan.
Do'stlaringiz bilan baham: