3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi
Download 157.42 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. Talab elastikligi
3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi Reja: 3.1. Talab elastikligi. 3.2.Taklif elastikligi. Faraz qiling Amerikada ba’zi hodisalar benzin narxini oshiradi. Bu dunyoni neft bilan ta’minlashga halaqit beradigan o’rta sharqdagi urush, neft talabini oshiradigan Xitoy iqtisodiyotidagi portlash yoki Kongress tomonidan joriy qilingan benzinga yangi soliqlar bo’lishi mumkin 1 . Qo’shma Shtatlardagi iste’molchilar bunday yuqori narxga qanday munosabatda bo’ladi? Keng miqyosda bu savolga javob berish oson. Iste’molchilar kamroq sotib olishadi. Bu oddiygina talab qonunidir. Lekin siz aniqroq javob xohlashingiz mumkin. Benzin iste’moli qanchagacha tushushi mumkin? Bu savolga elastiklik tushunchasidan foydalangan holda javob berish mumkin. Elastiklik bozordagi o’zgarishlarga qancha sotuvchi va haridorlar javob qaytarganliklarini o’lchaydigan birlik. Ba’zi hodisa yoki siyosat bozorga qanday ta’sir qilayotganini o’rganayotganda, nafaqat uning ta’sir yo’nalishini, qolaversa ularning ko’lamini ham baxslashamiz. Elastiklik ko’plab hollarda foydali hisoblanadi. Biz buni bo’lim oxirigacha ko’rib chiqamiz. Davom etishdan oldin, siz benzin haqidagi savolning javobiga qiziqayotgandirsiz. Ko’plab tadqiqotlar benzin narxlariga iste’molchilarning munosabatini o’rganishgan va ular qisqa muddatdan ko’ra uzoq muddatda talab miqdori kam bo’lishini aniqlashgan. Benzin narxida 10 % o’sish uning iste’molini bir yildan so’ng 2.5 % ga, besh yildan keyin esa 6 % ga tushiradi. Chunki odamlar kamroq mashina haydashadi va yoqilg’i tejaydigan mashinalardan foydalanishadi. Bu ikki hodisa talab egri chizig’ida va uning elastikligida aks etadi. 3.1. Talab elastikligi Biz 3-bo’limda talab tushunchasini ko’rib chiqqanimizda haridorlar odatda tovar narxi pastroq, ularning daromadlari yuqoriroq, o’rin bosuvchi tovarlar narxi balandroq, bir birining o’rnini to’ldiruvchi tovarlarning narxi pastroq bo’lganda ko’proq tovar harid qilishadi. Bizning tovarlarga bo’lgan talabimiz narxga bog’liq yoki bo’lmasligi mumkin. Biz o’zgarish o’lchamiga bog’liq bo’lmagan talab qilingan miqdor ko’chish yo’nalishlarini muhokama qilamiz. Bu o’zgaruvchan miqdorlardagi o’zgarishlarga qancha iste’molchilar javob berishini o’lchash uchun iqtisodchilar elastiklik tushunchasidan foydalanishadi. Download 157.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling