3-mavzu: byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi ma’ruza rejasi
Download 490.07 Kb. Pdf ko'rish
|
3-M. Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH SO’Z VA IBORALAR
3-MAVZU: BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI MA’RUZA REJASI: 1. Mamlakatda pensiya ta’minotini amalga oshirishda budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining o’rni va ahamiyati 2. Pensiya jamg’armasining daromadlari, ularning tarkibi va shakllanish mexanizmi 3. Pensiya jamg’armasining xarajatlari va ularning tarkibi 4. Pensiyalarning turlari, ularni belgilash va hisoblash tartibi 5. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda Pensiya jamg’armasi faoliyatining muammolari va ularni bartaraf etish choralari TAYANCH SO’Z VA IBORALAR: Davlat moliyasi, davlat maqsadli va byudjetdan tashqari fondlari, ijtimoiy fondlar, iqtisodiy fondlar, ijtimoiy himoya, sog’liqni saqlash fondlari, ekologik fondlar, jamlanma byudjet, pensiya jamg’armasi, kitob jamg’armasi, bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi, respublika Yo’l jamg’armasi, davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi, maqsadli jamg’armalar, maqsadli jamg’armalar daromadlari, ta’lim va tibbiyot tizimiga yo’naltirilgan davlat maqsadli jamg’armalari 1. Mamlakatda pensiya ta’minotini amalga oshirishda budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining o’rni va ahamiyati Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning kuchli tomonlaridan biri uning ijtimoiy yo`naltirilganligidir. Hukumatimiz respublikamiz mustaqilligining dastlabki kunlaridayoq islohatlaning aholini xususan, uning ehtiyojmand qismini ijtimoiy muhofaza qilish asosida amalga oshira boshladi va shu yo`ldan boqmoqda. Ijtimoiy sohani rivojlantirish 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasining muhim bir yo`nalishi sifatida qabul qilinishi mazkur soha taraqqiyotini ta`minlash masalasining dolzarbligini ifodalaydi. 28 Ijtimoiy ta`minot doimo davlat va jamiyat hayotida markaziy va hal qiluvchi o`rinni egallab kelgan. Mamlakatda yashaydigan fuqarolarda o`z hayot faoliyatining ma`lum bosqichlarida va alohida holatlarida ijtimoiy ta`minot tizimi xizmatlariga ehtiyojlari yuzaga keladi. Uning holati mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga shuningdek, mehnatkashlarning hamda ma`lum sabablarga ko`ra ishlamaydigan aholi qatlamlarining ijtimoiy ahvoliga bog`liq. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, turli markazlashgan va markazlashmagan jamg’armalar, avvalo, umumdavlat pul mablag’lari jamg’armasi davlat budjetini tuzish va ijro qilish yo’li bilan ta’minlanadi. Mustaqillik yillarida murakkab iqtisodiy ahvol yuzaga kelganiga qaramay, O’zbekistonda aholi uchun eng muhim ijtimoiy vazifalarni hal etish maqsadida zarur mablag’lar izlab topildi. “Ijtimoiy himoya” va “ijtimoiy ta’minot” bir ma’noli tushuncha emas, balki turdosh tushunchalardir. 29 Ulardan ilmiy ta’riflar sifatida foydalanilganda, “ijtimoiy himoya” “ijtimoiy ta’minot”ni tarkibiy qismi sifatida o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, ijtimoiy himoya inson faoliyatining normal shart-sharoitlarini ta’minlovchi mehnat, sog’liq va tabiat, atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori kabi kafolatlarni qamrab oladi. 28 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O`zbekiston Rewspublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida” gi PF-4947-sonli Farmoni 29 Xaitov A., Ziyadulaev M. O’zbekistonda pensiya ta’minoti va xorijiy tajribasi. O’quv qo’llanma. -T.: “Adolat”. 2009. -B.108. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida O’zbekistonda faol ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda yangicha amaliy va samarali shakllarni qo’llashni taqozo etadi. Jahon tajribasining ko’rsatishicha, pensiya tizimi faoliyatini yo’lga qo’yish va undan samarali foydalanish boshqa daromad hisobga olingan holatda ijtimoiy muammolarni hal qilish va kishilarni keksalikda kambag’allikdan himoyalashning muhim vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ijtimoiy ta`minot sifatida davlat pensiya ta`minoti muhim o`rin tutadi. O`zbekiston Respublikasida aholining yuqori turmush darajasini ta`minlash va kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish vazifasi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi, bunda pensiya tizimi muhim rol o`ynaydi. O`zbekistonda pensiya ta`minoti bu mamlakatimizda fuqarolarga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanlangan moddiy ta`minotni taqdim etish maqsadida tashkil etilayotgan huquqiy – tashkiliy institutlar va normalar majmuidir. Shu bois pensiya ta`minoti mamlakatimizda shakllangan ijtimoiy muhofaza tizimining fuqarolarning turmush darajasi va farovonligini ta`minlashga qaratilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, tashkil xususiyatiga ega kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirishni ko`zda tutadi. O`zbekiston Respublikasi fuqarolari “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi 30 qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta`minlanish huquqiga egadir. Pensiya qonunchiligiga muvofiq, pensiya –shaxslarga pensiya yoshiga yetishi , nogironlik yoki boquvchisini yo`qotganligi munosabati bilan beriladigan oylik pul to`lovi bo`lib, uni olish huquqi qonunda belgilangan shartlar va me`yorlarga muvofiq aniqlanadi. Pensiya ta`minoti tizimini isloh etishning asosiy sababi, davlatning pensiyaga oid majburiyatlarini bajarish uchun moliyaviy resurslarning yetishmasligidir va bu muammo aholining keksayib borishiga muvofiq kuchayib, murakkablashib boradi va mamlakatlarda vujudga kelgan iqtisodiy, ijtimoiy va demografik vaziyatlardan kelib chiqqan holda ahamiyat kasb etadi. Pensiya ta`minoti tizimining oldida bugungi kunda uchta muhim maqsad turadi: fuqarolarni keksayganda qashshoqlikdan himoyalash; mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan to`lanadigan ish haqiga mutanosib tarzda belgilangan muayyan miqdordagi kafolatlangan daromadni ta`minlash; kelajakda pensiya tizimi orqali fuqaroni turmiuush darajasini yaxshilashdan iborat. Pensiya tizimi ta’minot asosida shakllantiriladigan va aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va konstitutsion huquqlarini amalga oshirish uchun yo’naltiriladigan pul mablag’lari jamg’armasidan foydalanishga asoslanadi. Pensiya tizimiga xizmat qiluvchi pensiya jamg’armalari uchun daromad manbalarining aniq belgilanganligi, mablag’larning qat’iy maqsadli ishlatilishi, aholi ijtimoiy tabaqalashuvini yumshatishga yo’naltirilganligi, mablag’larning shakllanishi va ishlatilish muddatlarining mos kelmasligi, mustaqil moliya-kredit tashkiloti va budjetdan tashqari maqsadli jamg’arma ekanligi hamda ijtimoiy ta’minotinng muhim elementi ekanligi kabi xususiyatlar xosdir. Pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalash tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biridir, chunki u deyarli barcha fuqarolarning hayotiy manfaatlari bilan bog’liqdirki, fuqarolar mehnat qobiliyatlarini yo’qotganlarida shu tizim orqali ijtimoiy himoya qilinadilar. Pensiya bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqishda siyosatning eng asosiy masalasi pul mablag’larini jamg’arish vazifalari bilan, daromadlarni qayta taqsimlash vazifalari bilan, shuningdek ularning har birini amalga oshirishda davlatning roli bilan bog’liq. O’z navbatida bularni amalga oshirish uchun moliyaviy iqtisodiy barqarorlik, jamg’arma institutlarini tashkil qilishni o’z ichiga olgan fond bozorlarining rivojlanishi va unga muvofiq keluvchi qonunchilik asoslarini yaratish, aholi jamg’armalarini rag’batlantiruvchi samarali soliq siyosatini yuritish, aholining moliyaviy muassasalarga bo’lgan ishonchini ta’minlovchi davlat boshqaruv tizimi zarur. 30 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida” – 2010-yil 19-fevraldagi 30-sonli qarori Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Pensiya jamg`armasining barqarorligi ta`minlanmoqda, uning daromadlari bilan jamg`armadan amalga oshirilayotgan to`lovlar to`lig`icha moliyalashtirilmoqda. Lekin jamg`armaning davlaat budjeti tomonidan qo`llab- quvvatlanayotganligini ham alohida qayd etish lozim. Turli mamlakatlar milliy pensiya tizimlarining shakllanishida quyidagi ikki yondashuv asos bolib hizmat qiladi: birinchi yondashuvga ko`ra, pensiya tizimiga tortilgan barcha fuqarolar uchun pensiya daromadining minimal hajmi kafolatlansa, ikkinchi yondashuv bo`yicha – pensiya ish haqining zahiralanuvchi qismi bo`lib sug`urtalangan xodimga uning pensiyaga chiqish oldidagi daromadiga monand moddiy ta`minotga ega bo`lishini kafolatlaydi. Pensiya ta`minotining rivojlanishi jarayonida har ikkala maqsad uyg`unlashib ketdi, universal pensiya tizimlari sug`urtaviy tizimlar bilan to`ldirildi, sug`urtaviy tizimlar esa minimal kafolatlarni o`z ichiga ola boshladi. Shunday qilib, pensiuyalarning ikkiyoqlama tabiati nafaqat umumaqbul qilindi, balki deyarli barcha rivojlangan pensiya tizimlarining shakklanishiga asos bo`lib hizmat qildi. Pensiyalarning ikkiyoqlama yozuvi shundan iborat bo`ladiki, birinchidan, pensiya fuqarolarni kambag`allikdan himoyalab, ular daromadlarining minimal darajasini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, ma`lum belgilangan sug`urta holatlari yuzaga kelganda ish haqining o`nini bosadi, ya`ni yo`qotilgan daromadni yoki uning ko`p qismini kompensatsiyalaydi. 31 Har bir mamlakatda u yoki bu pensiya modeli asosida milliy pensiya tizimlari shakllangan bo`ladi. Pensiya tizimining modeli uning moliyaviy jihatdan tashkil etilishini hamda mamlakat fuqarolarini qarilikda moddiy jihatdan ta`minlash bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni ifodalaydi. Umuman olganda, mamlakatda aholining pensiya ta`minoti darajasi ustuvor ravishda ikkita omilga bog`liq: ijtimoiy himoya tizimining qay darajada rivojlanganligi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Har ikkala omil, shuningdek, pensiya ta`minoti darajasi ta`minoti darajasi mamlakatdagi tarixiy, madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Milliy pensiya tizimlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: aholini maksimal darajada pensiya tizimiga qamrab olish; pensiya yukini (og`irligini) pensiya tizimi subyektlari-ish beruvchilar va ishlovchilar o`rtasida adolatli taqsimlash; barcha sug`urtalanuvchilarni qarilikda yoki nogironlikda o`z xohishi bilan yoki majburan pensiyaga chiqishi natijasida yo`qotayotgan daromadining katta qismini qoplash orqali mablag` bilan ta`minlash; talab qilinganyetarli mehnat stajiga ega bo`lmagan fuqaro toifalarini, shuningdek boquvchisini yo`qotgan fuqarolarni kambag`allikdan ijtimoiy himoya qilish; inflatsiya, ish haqilarining oshishi va hayot sifatining ko`tarilishi kabi omillarni hisobga olgan holda pensiyalarni indeksatsiya qilish. Pensiya ta`minoti milliy g`oyani aks ettiradi hamda milliy iqtisodiy siyosat markazida turadi. Oxirgi o`n yilliklar mobaynida ko`p mamlakatlar o`zlarining amaldagi pensiya tizimlarini ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sharoitlarining o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan isloh qilish zarurati bilan to`qnash kelmoqda. Bugungi kunga kelib pensiya ta`minoti har qanday demokratik davlatda yashovchi insonlarning ajralmas huquqi hisoblanadi. Ammo turli davlatlar pensiya tizimlari bir-biridan o`ziga xosliklari bilan ajralib turadi. O`zbekiston Respublikasida pensiya islohotlarini olib borishda xorijiy tajribani har tomonlama o`rganish, jahon mamlakatlarida aholining ijtimoiy himoyasiga xizmat qiladigan, keksaygan paytida fuqarolargamunosib turmush sharoitlarini ta`minlaydigan, shu bilan birga, bozor sharoitlariga mos bo`lgan, fuqarolarning o`z farovonligini ta`minlashdagi ma`sulyatini oshirishga xizmat qiladigan mukammal pensiya ta`minoti tizimini shakllantirish va uning iqtisodiy-moliyaviy asoslarini mustahkamlash masalalari bugungi kunda mamlakatimizda 31 Boresenko. N. Yu. Pensionnoe obespechenie. Uchebnik M.: Dashkoov i K*. 2009 30-betdan tarjima. pensiya tizimida olib borilayotgan islohotlarning diqqat markazidagi dolzarb masalalari qatorida bo`lishi lozim. 2. Pensiya jamg’armasining daromadlari, ularning tarkibi va shakllanish mexanizmi Pensiya jamg’armasi daromadlari manbalari O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, Budjet Kodeksi hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risida Nizomda belgilab qo’yilgan bo’lib, ularning undirilish tartibi bir qator qonun osti hujjatlar va yo’riqnomalar asosida amalga oshiriladi. Shu narsani alohida ta’kidlab o’tish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15- noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi 444-sonli Qaroriga asosan fondga undiriladigan majburiy to’lov va badallar Soliqlarga tenglashtirildi hamda “Soliq Kodeksi” orqali mustahkamlab qo’yildi. Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratma va to’lovlarning undirish ishlari Davlat soliq qomitasi zimmasiga yuklatilgan. O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 37-moddasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga bag’ishlangan bo’lib, unda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar to‘lash, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan majburiy to‘lovlar, badallar, shuningdek, boshqa manbalardan tushadigan mablag‘larni jamlaydi” 32 . Budjet Kodeksining 53-moddasida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining daromadlarini shakllantirish haqida so’z yuritilib, ular yagona ijtimoiy to‘lovning belgilangan miqdordagi tushumlari, fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug‘urta badallari, budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar hamda boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik tufayli tayinlangan nogironlik pensiyalarini to‘lash xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun taqdim etiladigan regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolar tomonidan o‘rni qoplanadigan mablag‘lar tushumining bir qismi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag‘lari, yuridik shaxslarning imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy tartibda to‘lanadigan sug‘urta badallari, majburiy to‘lovlar, badallar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun hisoblangan jarimalar va penyalar summasining bir qismi, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoxud sog‘lig‘iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda zararning o‘rnini qoplash uchun to‘lanadigan nazarda tutilgan mablag‘lar, vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar kiradi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risida Nizomda jamg’arma daromadlarining shakllantirish manbalari va tartibi quyidagichadir 33 : a) majburiy to’lovlar va badallar: - belgilangan miqdorlardagi yagona ijtimoiy to’lov tushumlari; - alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug’urta badallari; - fuqarolarning sug’urta badallari; 32 O‘zbekiston Respublikasining Budjet Kodeksi 37-modda (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 52-I-son; 2014 y., 36-son, 452-modda; 2015 y., 52-son, 645-modda) 33 Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 30-son qaroriga ILOVA. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risida NIZOM - jismoniy shaxslar ayrim toifalarining sug’urta badallari; - majburiy ajratmalar; b) boshqa to’lovlar: - "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda mayib bo’lganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo’lganlarga pensiyalar to’lash xarajatlarini qoplash uchun regressiv talablar (da’volar) bo’yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablag’larning 85 foizi; - "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash uchun o’tkaziladigan O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari; - "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash hisobiga o’tkaziladigan yuridik shaxslar mablag’lari; - dehqon xo’jaliklari a’zolarining ixtiyoriy tartibda to’lanadigan sug’urta badallari; - hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar o’z vaqtida to’lanmaganligi uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik ta’minlash maxsus jamg’armasiga hamda Jamg’arma xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag’batlantirish jamg’armasiga undiriladigan summalardan tashqari); - yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xo’jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda mayib bo’lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog’lig’iga boshqacha shikast yetkazilgan xodimga yetkazilgan zararni qoplash uchun to’lanadigan summalar; - qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan, Davlat budjeti mablag’lari va ixtiyoriy badallardan iboratdir. Aytish joizki majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni o’tkazish Jamg’arma daromadlarining belgilangan tasniflariga muvofiq tushumlarning har bir turi bo’yicha Jamg’armaning banklardagi tegishli hisob raqamlari bo’yicha amalga oshiriladi. Jamg’arma daromadlarini shakllantirish, undirish, hisoblab chiqish va o’z vaqtida to’lanishi va qonunchilikka rioya etilishi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga: Tushgan majburiy to’lovlar, badallar va to’lovlar to’g’risidagi, Jamg’armaga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to’lovlar turlari bo’yicha qarzlar to’g’risidagi tezkor hisobotni har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha. Majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni hisoblash va to’lash to’g’risidagi hisobotni yuridik shaxslar tomonidan choraklik va yillik hisobot taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida taqdim etadi. Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining soliq kodeksi bilan mustahkamlab qo’yilgan manbalar asosan yuridik va jismoniy shaxlardan undiriladigan yagona ijtimoiy to’lovning belgilangan me’rorlardagi miqdorlari, jismoniy shaxslardan undiriladigan sug’urta badallari hamda korxona va tashkilotlarning oborotidan undiriladigan majburiy ajratmalardir. Soliq Kodeksining 312- moddasiga ko’ra budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lovchilar quyidagilar hisoblanadi: - Yuridik shaxslar – O’zbekiston Respublikasi rezidentlari; - Oddiy shirkat ishlarni yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) – yuridik shaxs. Mazkur Kodeksga ko’ra notijorat tashkilotlar (ularning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlari bundan mustasno), yagona soliq to’lovini va (yoki) yagona yer solig’ini to’lovchi yuridik shaxslar majburiy ajratmalar to’lashdan ozod etilgan. Davlat budjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va kelgusi yil uchun uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamg’armaning ijro etuvchi apparati 5 kun muddatda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga Jamg’arma daromadlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini, Jamg’armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlariga - turlar va mintaqalar bo’yicha kelgusi yilga Jamg’arma xarajatlarining asosiy parametrlarini yuboradi. Jamg’arma daromadlarining o’z vaqtida va to’liq shakllanishini Davlat soliq qo’mitasi zimmasiga yuklatilgan bo’lsa, Pensiya fondining samarali, oqilona va adresli foydalanishini uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlari a malga oshirishi belgilab qo’yilgan. Barcha pul o’tkazmalari fondning banklardagi maxsus hisob raqamlari bo’yicha amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq xizmatining hududiy organlari manbalar turlari bo’yicha Jamg’armaga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarning to’g’ri hisoblanishini, to’liqligi va o’z vaqtida to’lanishini nazorat qiladi, manbalar turlari va to’lovchilar bo’yicha jamg’armaga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar hisobi yuritilishini, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan jamg’armaga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar to’g’ri hisoblanishini, shuningdek, jamg’arma bilan o’zaro hisob- kitobning holati tekshirilishini, qonun xujjatlariga muvofiq majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni hisoblash tartibi va to’lash muddatlari buzilganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy va ma’muriy javobgarlik choralari qo’llanilishini, yuridik shaxs bo’lmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan shaxslar va dehqon xo’jaliklari a’zolari tomonidan to’langan badallarning miqdorlari to’g’risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi.Shu bilan birga Davlat soliq qo’mitasi Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga tushgan to’lovlar, badallar to’g’risidagi tezkor hisobotni har oyda hisobot oyidan keying oyning 10-kunigacha, majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni hisoblash va to’lash to’g’risidagi hisobotni kerak shaxslar tomonidan choraklik va yillik hisobot taqdim etilganidan keyin 15 kun mobaynida taqdim etadi. Pensiya jamg’armasi daromadlari salmog’ining asosiy qismi Soliq qo’mitasi tomonidan undiriluvchi majburiy to’lovlar hisobiga shakllantiriladi. Soliq kodeksining XV bo’lim 51-52 boblari Pensiya jamg’armasiga undiriluvchi majburiy to’lovlarga bag’ishlangan. 51 bob “Yagona ijtimoiy to’lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari” deb nomlangan bo’lib yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari jamg’armaning asosiy daromadlar manbai hisoblanadi. Yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi “Soliq Kodeksi” va “Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq hisoblab chiqariladi va to’lanadi. YAIT to‘lovchilari YAITni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka bo‘yicha, biroq: - fermer xo‘jaliklari har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 50 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda; - mikrofirmalar va kichik korxonalar (fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 65 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda; - qolgan to‘lovchilar har bir xodim uchun oyiga bir minimal ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda YAIT hisoblashadi. Hisoblab chiqarilgan YAIT summasi foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan foydani aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi, ammo YAITni hisoblab chiqarishning tartibi buzilgan hollar aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari YAITning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblagan holda, YAITni qo‘shimcha hisoblaydilar. Bunda davlat soliq xizmati organlari tomonidan qo‘shimcha hisoblangan YAIT summasi to‘lovchi ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan undiriladi va foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan foydadan chegirilmaydi. YAIT hisoblab chiqarish va to‘lash uchun YAITning eng kam miqdorini to‘lovchilar hisobot oyida xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlaridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda jami korxona bo‘yicha YAITning eng kam miqdorini aniqlaydilar. YAITning eng kam miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi: Download 490.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling