Reja: Tadbirkorlik faoliyatida sug‘urtaning tutgan o‘rni
Download 24.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqIqtisodiy faoliyatda tadbirkorlik riskini sug‘urtalash
Mavzu: Iqtisodiy faoliyatda tadbirkorlik riskini sug‘urtalash REJA: 1. Tadbirkorlik faoliyatida sug‘urtaning tutgan o‘rni. 2. Tadbirkorlik faoliyatida uchraydigan risklar va ularning tasniflanishi. 3. Tadbirkorlik faoliyatini sug‘urtalashning xorij tajribasi Tadbirkorlik faoliyatida sug‘urtaning tutgan o‘rni Tadbirkorlik aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, inonovatsiyalarni qidirish, samarali ishlab chiqarishni tashkil etish va natijada foyda olishdan iboratdir. Tadbirkorlik shaxsning tashkilotchiligi, ishbilarmonligi, yangilik yaratishdagi g‘oyalariga bog‘liq bo‘lib, uning vazifasi ishlab chiqarish sohasida samara beradigan faoliyat bilan shug‘ullanishdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ishbilarmonlar samarali faoliyat olib borishlari uchun yuqori darajada intellektual salohiyatga ega bo‘lishi, innovatsiyalarni qo‘llab, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga tayyor bo‘lishi lozim. Umuman olganda, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishda yangilik yaratish, bozor sektorlarida samarali faoliyat yuritish, yangi tovar va xizmatlarni taklif etish, iste’molchi talablarini qondirish tadbirkorlik faoliyatining asosini tashkil etadi. Mamlakat iqtisodiyotida tobora muhim o‘rin tutib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining bir maromda va barqaror rivojlanishini ta’minlashda sug‘urta xizmatlarining roli muhim hisoblanadi. Tadbirkor yuqorida keltirilgan sohalardan biri bo‘yicha o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yar ekan, u albatta ma’lum darajadagi tavakkalchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Bunday tavakkalchiliklar sug‘urta yo‘li bilan o‘z vaqtida himoyalab qo‘yilsa bu albatta tadbirkor faoliyatining bir maromda davom etishi va barqaror rivojlanishi uchun xizmat qiladi Tadbirkorlik faoliyatida sug‘urtaning roli birinchi o‘rinda mikroiqtisodiy darajada hosil bo‘ladi, bunda o‘z mulkiy manfaatlarini himoya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar sug‘urta kompaniyalari bilan sug‘urta shartnomalarini tuzadilar. Yirik miqdordagi tabiiy yoki texnogen katastrofalarning yuz berishi va katta hududlar, ko‘p miqdordagi korxonalar hamda minglab insonlar mulki va hayotiga zarar etkazilganda sug‘urta tizimi orqali makroiqtisodiy darajada zararlar qoplanadi. Makroiqtisodiy darajadagi zararlarni qoplash imkoniyatiga rivojlangan mamlakatlarning sug‘urta kompaniyalarigina ega G‘arbiy evropa, AQSH va YAponiya mamlakatlarining sug‘urta kompaniyalarida yalpi ichki mahsulotning 8-12 foizi miqdoridagi mablag‘lar mavjud. Bizning mamlakatimizda bu ko‘rsatkich 0,4 foizni tashkil etmoqda. Tadbirkorlik tavakkalchiliklari bilan bog‘liq risklar sug‘urtasi turli ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati davomida yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy va boshqa kutilmagan hodisalardan ko‘riladigan zararlarni qoplashni ko‘zda tutuvchi sug‘urta faoliyatidir. Turli sabablar (xom-ashyoning etishmay qolishi, elektr energiya va yoqilg‘i-moylash materiallarining etishmay qolishi, ish joyida yong‘in chiqishi va hokazolar) oqibatida yuz beradigan ishlab chiqarishdagi uzilishlar natijasida ko‘riladigan zararlar, bankrotlik holatlari, tayyor mahsulotning sotilmay qolishi yoki sotilgan mahsulot uchun to‘lovning amalga oshmay qolishi va boshqalar sug‘urta hodisasi sifatida qabul qilinishi mumkin. Tadbirkorlik tavakkalchiligi sug‘urtasi birinchi marta Angliya iqtisodiyotida 8-asrda paydo bo‘lgan. Keyinchalik ushbu sug‘urta turlari evropaning boshqa mamlakatlarida, AQSHda va boshqa mamlakatlarda qo‘llanila boshlagan. Shuningdek, O‘zbekistonda tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasi mustaqillik yillarida paydo bo‘la boshladi. Mazkur sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta klassifikatorida alohida klasslar nazarda tutilgan bo‘lib, bunday klasslar sifatida 14-klass – kreditlarni sug‘urta qilish, 15-klass - kafillikni sug‘urta qilish va 16-klass – boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish klasslarini sanab o‘tish mumkin. SHunday bo‘lsada, hozirga qadar tadbirkorlik faoliyatidagi tavakkalchiliklarni sug‘urtalash amaliyoti keng rivojlanish pallasiga kirganicha yo‘q. Tadbirkor faoliyatidagi ishlab chiqarish hajmining kamayishiga sabab bo‘luvchi bir qancha xatarlar, masalan, xom-ashyoni etkazib berishning to‘xtab qolishi, ishchi kuchining etishmay qolishi, elektr energiyasi va boshqa energiya vositalarini erkazib berishning to‘xtab qolishi va boshqa holatlar ishlab chiqarishdagi uzilishlarga sabab bo‘lishi va natijada ko‘zlangan foydaga erisha olmaslik holatlari yuz berishi mumkin. Tijorat faoliyatida tovar uchun to‘lovlar bilan bog‘liq xatarlar yuz berishi mumkin, ya’ni etkazib berilgan tovar uchun xaridorning to‘lovga qobiliyatsizligi yuz berishi va natijada to‘lovni amalga oshira olmasligi mumkin. Ma’lum mamlakat miqyosidagi siyosiy holatlar natijasida sotuvchi yoki xaridorga mahsulotni sota olmaslik yoki sotib ololmaslik holatlari yuz berishi mumkin. Hozirgi kunda tijorat faoliyatini ko‘rsatayotgan sub’ektlar soni oshib ketishi natijasida ular faoliyatidagi risklarni sug‘urtalashga bo‘lgan ehtiyoj sezirarli darajada oshdi. Buning natijasida sug‘urta kompaniyalari ixtiyorida bo‘sh mablag‘lar to‘planib ular tomonidan investitsiyaga yo‘naltiriladigan mablag‘lar xajmi xam oshdi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik xatarlari ko‘p hollarda tabiiy hodisalar natijasida yuz berishi extmol tutilgan, ya’ni turli tabiiy hodisalar tufayli hosildorlikning kamayishi yoki umuman bo‘lmay qolishi, sifatsiz mahsulot etishishi va hokazolar natijasida kutilgan natijaga erishilmay qolishi mumkin. Bundan tashqari ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bilan bog‘liq boshqa xatarlar ham yuz berishi mumkin. Tashqi faoliyat bilan bog‘liq xatarlar ko‘p hollarda siyosiy xatarlar, mahsulotni tashish bilan bog‘liq xatarlar, to‘lovga qobiliyatsizlik va boshqa xatarlar bo‘lishi mumkin. Kredit risklari sug‘urtasining ob’ekti bo‘lib, xaridorga beriladigan tijorat kreditlari, sotuvchi yoki xaridorga beriladigan bank ssudasi, kredit bo‘yicha majburiyat yoki kafillik, uzoq muddatli investitsiyalar va boshqalar hisoblanadi. Ushbu sug‘urta turi sotuvchi yoki bankkreditor manfaatlarini qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizlik holatidan himoya qiladi. Rivojlangan mamlakatlarning barchasida kredit risklarini sug‘urtalashga ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari bo‘lib, ular eksport kreditlari sug‘urtasini amalga oshiruvchi tizimga va chet el investitsiyalarini sug‘urtalash sxemalariga ega. Kreditni qaytara olmaslikdan sug‘urtalash turi bozor iqtisodiyoti sharoitida keng rivojlangan sug‘urta turlaridan biri hisoblanadi. Bu sug‘urta turi banklar va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikning kuchayishi bilan yanada keng rivojlandi. Bizning mamlakatimizda ham bu sug‘urta turi birmuncha rivojlanmoqda, banklar tomonidan xo‘jalik sub’ektlariga berilayotgan kreditlarni to‘liq bo‘lmasada ma’lum qismini qaytara olmaslikdan sug‘urtalash amalga oshirilib kelinmoqda Tadbirkorlik faoliyatining asosiy maqsadi foyda olishdir. Shuning uchun ushbu foydani ololmaslikdan sug‘urtalash muhim hisoblanadi. Foydani ololmaslikning sabablarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1) stixiyali hodisalar tufayli ishlab chiqarish jarayonining buzilishi; 2) bozor kon’yunkturasining o‘zgarishi. Tadbirkorlik sohasida faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlari quyidagi uchta soha bo‘yicha faoliyat yuritadilar: ishlab chiqarish sohasi xizmat ko‘rsatish sohasi ishlarni bajarish sohasi Tadbirkorlik sohasi: inson yashashi uchun moddiy va nomoddiy ne’matlar yaratadi; xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati uchun xom ashyo etkazib beradi; Insoniyat hayot kechirishini ta’minlovchi faoliyatni amalga oshirish uchun yangi ish joylarini yaratadi; Davlat faoliyatini yuritishini ta’minlovchi byudjet mablag‘larini shakllantiriga o‘z xissasini qo‘shadi; Jamiyatda yangi qurilishlarga sabab bo‘lib, shaharlar va qishloqlar chiroyini oshiradi; Mamlakat eksport salohiyati oshib, import kamayadi; Insonlar farovon hayoti uchun qulayliklar yaratiladi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdan maqsad: Mamlakatni iqtisodiy siyosiy-ijtimoiy jihatdan taraqqiy ettirish; Mamlakatda ishsizlikni kamaytirish va aholini ish bilan taminlash; Aholi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mahaliy mahsulot va xizmatlarni yaratish, shuningdek ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan to‘ldirish; Eksport salohiyatini oshirish orqali mamlakat valyuta zahiralarini kengaytirish; Importni kamaytirish; Davlat byudjeti mablag‘larini oshirish. Tadbirkorlik sohasi rivojlanish bilan birga ular faoliyatida risklar ko‘lami va turlari ortib bormoqda. Ammo ushbu risklarni sug‘urtaviy himoyalash holatini etarli darajada deb bo‘lmaydi. Bu birinchi o‘rinda tadbirkorlarning sug‘urta xizmatlari to‘g‘risidagi tushunchalari etarli emasligi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan sug‘urta kompaniyalari bozor mexanizmlaridan etarlicha foydalanmayotganliklari, sug‘urta xizmatlarini etarlicha reklama qilinmayotganligi va qolaversa tadbirkorlik faoliyatidagi risklar bilan bog‘liq sug‘urta xizmatlari zamonaviy turlarining kamligidir. “Sug‘urta xizmatlari bozorini bundan-buyongi isloh qilish va rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 10 apreldagi Prezident qaroriga ilova sifatida tasdiqlangan O‘zbekiston respublikasi sug‘urta bozorini 2007-2010 yillarda isloh qilish va rivojlantirish dasturida tadbirkorlik sohasi bilan bog‘liq sug‘urta turlari sifatida ko‘zlangan foydani ololmaslik sug‘urtasi, loyihalashtirishdagi xatoliklarni sug‘urtalash, bankrotlikdan sug‘urtalash, eksport bilan bog‘liq sug‘urta turlari, ko‘zda tutilmagan xarajatlar sug‘urtasi, sud xarajatlari sug‘urtasi, professional javobgarlik sug‘urtasi kabi sug‘urta turlarini rivojlantirish va shu maqsadda tadbirkorlik risklarini sug‘urtalashning namunaviy qoidalarini ishlab chiqish, biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlarini taqdim qilishning yagona talab va standartlarini belgilash masalalari ko‘zda tutilgan edi. Mamlakatimiz sug‘urta tizimida mazkur vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilayotgan bo‘lsada, o‘zining etarli natijasini bergani yo‘q Ishlab chiqarishdagi uzilishlar sug‘urtasi moliyaviy risklar sug‘urtasi turlaridan biri bo‘lib, tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasi tarmog‘iga kiradi. Ushbu sug‘urta turi ishlab chiqarishdagi yong‘in va boshqa hodisalar tufayli ishlab chiqarishning to‘liq yoki qisman to‘xtab qolishidan ko‘riladigan moliyaviy zararlardan sug‘urtalaydi. O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi davomida tadbirkorlar sug‘urtaning mohiyatini ko‘proq tushunib bormoqdalar va o‘z faoliyatlarida mumkin qadar ko‘proq risklarga yo‘l qo‘ymoqdalar va o‘z o‘rnida ushbu risklarni sug‘urtalab qo‘ymoqdalar. Sug‘urta agrar tarmoqda va xususan unda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan bog‘liq risklarning yuz berishi natijasida ko‘riladigan zararlarni qoplashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfxatarlar, shu jumladan bank muassasalaridan kredit olishda garovga qo‘yiladigan mol-mulkini, bo‘lg‘usi paxta va g‘alla ekinlaridan kam hosil olish natijasida ko‘radigan moliyaviy zararini ixtiyoriy sug‘urtalash ularni moliyaviy jihatdan barqaror faoliyat yuritishining muhim sharti hisoblanadi Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik xatarlari ko‘p hollarda tabiiy hodisalar natijasida yuz berishi mumkin, ya’ni turli tabiiy hodisalar tufayli hosildorlikning kamayishi yoki umuman bo‘lmay qolishi, sifatsiz mahsulot etishishi va hokazolar natijasida kutilgan natijaga erishilmay 42 qolinishi mumkin. Bundan tashqari ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bilan bog‘liq boshqa xatarlar ham yuz berishi mumkin. Tashqi faoliyat bilan bog‘liq xatarlar ko‘p holatlarda siyosiy xatarlar, mahsulotni tashish bilan bog‘liq xatarlar, to‘lovga qobiliyatsizlik va boshqa xatarlar bo‘lishi mumkin. Kredit risklari sug‘urtasining ob’ekti bo‘lib, xaridorga beriladigan tijorat kreditlari, sotuvchi yoki xaridorga beriladigan bank ssudasi, kredit bo‘yicha majburiyat yoki kafillik, uzoq muddatli investitsiyalar va boshqalar hisoblanadi. Ushbu sug‘urta turi sotuvchi yoki bankkreditor manfaatlarini qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizlik holatidan himoya qiladi. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning barchasida kredit risklarini sug‘urtalashga ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari bo‘lib, ular eksport kreditlari sug‘urtasini amalga oshiruvchi tizimga va chet el investitsiyalarini sug‘urtalash sxemalariga ega. Kreditni qaytara olmaslikdan sug‘urtalash turi bozor iqtisodiyoti sharoitida keng rivojlangan sug‘urta turlaridan biri hisoblanadi. Bu sug‘urta turi banklar va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikning kuchayishi bilan yanada keng rivojlandi. Bizning mamlakatimizda ham bu sug‘urta turi birmuncha rivojlanmoqda, banklar tomonidan xo‘jalik sub’ektlariga berilayotgan kreditlarni to‘liq bo‘lmasada ma’lum qismini qaytara olmaslikdan sug‘urtalash amalga oshirilib kelinmoqda. Download 24.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling