Mavzu Byudjet ssudalari hisobi Budjet ssudasi — yuqori byudjetdan quyi byudjetga yohud respublika byudjetidan rezident — yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bn ajratiladigan mablagʻ Budjet ssudasi kechiktirib boʻlmaydigan birinchi navbatdagi tadbirlarni moliyalashtirishni taʼminlash uchun beriladi . Ular : - a) daromadlar tushumlari b-n xarajatlarni amalga oshirish oʻrtasidagi rejali vaqtincha uzilishlarini qoplash uchun; b) daromadlar tushumlari bn xarajatlarni amalga oshirish oʻrtasidagi amaldagi vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun; v) QR byudjeti va mahalliy byudjetlar rejali xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish sxemalarini amalga oshirish uchun ajratiladi .
G’aznachilik bo’limlarida byudjet ssudalari hisobini yuritishning xususiyatlari quyidagilardan iborat: - Byudjet ijrosi jarayonida byudjet ssudalari byudjetlar o’rtasida faqat yuqori byudjetdan quyi byudjetga beriladi;
- Byudjet ssudalari byudjetlar o’rtasida foizsiz ko’rinishida ajratiladi;
- Byudjet ssudalari hisobi qatiy qonunchilik talablari asosida tashkil etiladi.
G’aznachilik bo’limlarida byudjetlar o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar hisobini tashkil etishning xususiyatlari quyidagilardan iborat: - Byudjetlar o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar hisobi yuqori va quyi byudjetlar o’rtasida amalga oshirilishi;
- O’zaro hisoblashuvlar bo’yicha yuzaga keladigan majburiyatlar moliya yili oxirigacha tugatilishi;
- Byudjetlar o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar hisobi qatiy qonunchilik talablari asosida yuritilishi va boshqalar.
Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’limlarida byudjet ssudalari hisobi 05 "Berilgan va olingan ssudalar " nomli hisobvaraqda yuritiladi. Ya’ni 051 - 051
- Respublika byudjetidan quyi byudjetlarga ajratiladigan byudjet ssudalari 052
- Yuqori mahalliy byudjetlardan qo’yi mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet ssudalari 053
- Respublika byudjetidan rezident – yuridik shaxsga yoki xorijiy davlatga ajratiladigan byudjet ssudalar 054
- Davlatning ichki qarzi hisobi
055 - 055
- Davlatning tashqi qarzi hisobi bo’yicha hisobvaraq 056 Davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalarining Respublika byudjetidan olingan va berilgan byudjet ssudalari 057 Davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalarining Davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalardan olingan va berilgan byudjet ssudalari
Ssudalar quyidagi muddatlarga beriladi: - a) prognoz qilingan daromadlar va rejalashtirilgan xarajatlar o‘rtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun — to‘qqiz oygacha bo‘lgan muddatga;
- b) daromadlar tushumlari va xarajatlarni amalga oshirish o‘rtasida kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun — olti oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.
- Ssudalar berishning majburiy sharti ulardan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek joriy moliya yili davomida ularni o‘z vaqtida qoplashdan iborat.
- Viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimlari hokimlari va moliya organlari rahbarlari, hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organ rahbarlari ssuda berish to‘g‘risidagi so‘rovga taqdim etilayotgan hisob-kitoblarning to‘g‘riligi, xolisligi, va uning maqsadli ishlatilishi hamda o‘z vaqtida qaytarilishiga shaxsan javobgardirlar.
Ssudalardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. - Ssudalardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
- Nizom talablarini buzgan aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |