Adliya organlari va muassasalarida ish yuritishni lotin alifbosiga to‘liq o‘tkazish to‘g‘risida


Download 208.51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.12.2022
Hajmi208.51 Kb.
#1002730
Bog'liq
294-ум



01.11.2021 йил
Adliya organlari va muassasalarida ish yuritishni lotin
alifbosiga to‘liq o‘tkazish to‘g‘risida
“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-son
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada
takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 10-fevraldagi 61-son “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek
alifbosiga
bosqichma-bosqich
toʻliq
oʻtishni
taʼminlash
toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq,
BUYURAMAN:
1. 2021-yilning 10-noyabrdan boshlab markaziy apparat
tarkibiy tuzilmalari, adliya organlari va muassasalarida ish
yuritish, ta’lim jarayonlari to‘liq lotin alifbosida amalga oshirilsin.
2. 2021-yilning 1-dekabrga qadar:
Kadrlar boshqarmasi (Sh. Qo‘chqorov) adliya organlari va
muassasalarida lotin alifbosida matn yozish va ish yuritishga
qiynaladigan xodimlarni aniqlasin va zarurat tug‘ilganda ularni
Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish
markazida o‘qitish choralarini ko‘rsin;
ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash
masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi (Sh. Soatova) lotin
294 ум-сон


alifbosida matn yozish va ish yuritishga qiynaladigan xodimlar
uchun “Telegram”da maxsus guruh ochib, xodimlarga amaliy-
uslubiy ko‘mak berib borsin.
3. Ishlar boshqarmasi (Z. Tulyaganov), adliya organlari va
muassasalari rahbarlari kelgusida peshlavhalar, turli ko‘-
rinishdagi devoriy materiallarni lotin alifbosida tayyorlanishini
ta’minlasin.
4. 2022-yil
1-yanvarga
qadar
“Adliya
organlari
va
muassasalarida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
rivojlantirish markazi” davlat muassasasi (Sh. Yaminov), adliya
organlari
va
muassasalari
rahbarlari
oʻz
faoliyatida
foydalaniladigan ish yuritishga oid dasturiy ta’minotlarning
(rasmiy veb-saytlar, hujjat aylanish tizimlari va h.k.) lotin
alifbosidagi shaklini joriy etsin.
5. Mazkur buyruqda belgilangan vazifa va tadbirlarning o‘z
vaqtida, to‘liq va samarali bajarilishi yuzasidan shaxsiy
javobgarlik tarkibiy bo‘linma rahbarlari zimmasiga yuklansin.
6. Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi (S. Urinbayeva) adliya
organlari va muassasalarida lotin alifbosida ish yuritish
jarayonini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda
yoritilishini ta’minlasin.
7. Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi (A. Buriyev)
mazkur buyruqni vazirlikning manfaatdor tarkibiy bo‘linmalariga
yetkazsin.
8. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda
qoldiraman.
Тошкент шаҳар
Адлия вазири
R.DAVLETOV


Киритилди:
Вазир маслаҳатчиси
SH.SAGATOVA
Келишилди:
Бошқарма бошлиғи
SH.KUCHKAROV
Бошқарма бошлиғи
A.BURIYEV
Адлия вазири ўринбосари
X.MELIYEV
Бошқарма бошлиғи
Z.TULYAGANOV
Бўлим бошлиғи
S.URINBAYEVA
Директор
SH.YAMINOV

Download 208.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling