B nikoh tuzish shartlari haqida ma’lumot berish s er-xotinlarning huquq va majburiyatlari haqida ma’lumot berish


Download 15.17 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi15.17 Kb.
#1525089
Bog'liq
9-sinf ochiq dars


Mavzu; Oila va jamiyatning buguni va kelajagi negizidir
Darsning ta’limiy maqsadi;
A)Oila jamiyat va jamiyatning oilaga nisbatan asosiy huquqlari va majburiyatlari haqida ma’lumot berish
B)Nikoh tuzish shartlari haqida ma’lumot berish
S)Er-xotinlarning huquq va majburiyatlari haqida ma’lumot berish
D)Farzandlarning huquqlari haqida ma’lumot berish
Darsning tarbiyaviy maqsadi;
Qonunlari ustvor yurt O’zbekiston ona yurtimizga sodiq farzandlar bo’lish vatan uchun jonlarni fido qilish ruhida o’quvchilarni tarbiyalash.
Darsning jihozi; Mavzuga doir rasmlar, AKT, plakatlar, soat, shiorlar, slaydla, tarqatma materiallar.
Darsning shiori; “Adolat qomusini o’rnatib hardam,
Mustaqil hayotga qo’yamiz qadam.”
Darsning uslubi; Ma’ruza savol-javob, sahna ko’rinishi, aqliy hujum.
I.Tashkiliy qism;O’quvchilar bilan salomlashish davomatga aniqlik kiritish o’quvchilar e’tiborini darsga jalb etish.
II.O’tgan mavzuni mustahkamlash
O’tilgan mavzu takroran o’quvchilardan ma’ruza, savol-javob “Omadliga rag’bat”tariqasida so’rab mustahkamlanadi.
III.Yangi mavzuning bayoni
Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat ba davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega.
O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi,63-modda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan 1993-yil 7-mayda mamlakatda birinchi orden – “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi.
Nikoh tuzish uchun kuyov va kelinning ixtiyoriy roziligi zarur, shuningdek, ular muayyan yoshga to’lgan bo’lishi shart (qizlar va yigitlar – 18 yoshdan).
Bolalarning huquqlari “Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya” (1989-y.) kabi nufuzli xalqaro hujjatda va O’zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi Qonunida (2008-y.) mustahkamlab qo’yilgan.Ushbu qonunlarga muvofiq inson tug’ilganidan to 18 yoshga qadar bola hisoblanadi va quyidagilarga haqlidir.
Bolalarning huquqlari:
1.Yashashga, aqlan va jismonan rivojlanishga;
2.Ismi va fuqaroligi bo’lishiga;
3.Oilada tarbiyalanishga;
4.Fikr, vijdon va diniy e’tiqod erkinligiga;
5.Ta’lim olishga;
6.Zo’ravonliksiz hayotga, shaxsiy qadr-qimmati hurmat qilinishiga va boshqalar.
IV.Yangi mavzuning mustahkamlash.
Buratino” metodidan foydalanish bunda o’quvchi o’zini qiziqtirgan savol bilan ikkinchi o’quvchiga murojat qiladi javobni topsa bosh qalpog’ini topolmasa qizil burnini beradi.Yangi mavzu o’quvchilarga savol-javob orqali shu taqlid mustahkamlanadi.
V.Uyga vazifa;
63-64-65-66-moddalarni yod olish va mavzuni o’qib keish.
VI.Dars yakunini chiqarish;
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholash va rag’batlanish.

Muborak tumani 24-umumta’lim maktabining tarix fani o’qituvchisi Qulnazarova Xurshidaning 9-sinf Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanidan “Oila jamiyatning buguni va kelajagi negizidir’’ mavzusida tayyorlagan bir soatlik na’munali

Dars
ishlammasi
Download 15.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling