3. mavzu. Chiqindilar bilan bog'liq asosiy muammolar o‘zbekistonda chiqindi muammosi: to‘layotgan poligonlar, himoyalanmagan tabiat, yangi mexanizmga ehtiyoj


O’zbekistonda maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi


Download 468.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana12.11.2023
Hajmi468.67 Kb.
#1767913
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3. CHIQ BIL AS MUAM

O’zbekistonda maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi 
muammolarni tahlil qilish diagrammasi 
Chiqindilarga doir 50 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mavjud bo'lishiga 
qaramay, Chiqindilarga doir 50 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mavjud 
bo'lishiga qaramay, ko'plab vazirliklarga tarqatib yuborilganligi sababli manfaatdor 
tomonlar uchun ko'p sonli qoidalarni topish noqulaydir. Bundan tashqari, tegishli 
qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar o'rtasidagi muvofiqlashtirish yetarli emas, 
qonunlar nafaqat eskirgan balki to'g'ri bajarilmay kelmoqda, qonunlar buzilgan 
taqdirda bu bo’yicha javobgarlikka tortish "Chiqindilar to'g'risida"gi qonun bilan 
emas, balki “Ma'muriy javobgarlik to'g'risida”gi kodeksi bilan(53-modda) amalga 
oshiriladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va chiqindilar bilan bog'liq 
manfaatdor tomonlar tarafidan tegishli me'yoriy hujjatlarni amalga oshirish uchun 
tarqoq tartib-qoidalarni birlashtirish, shuningdek, davrga mos me'yoriy-huquqiy 
bazani modernizatsiya qilish zarur. 
Chiqindilar to'g'risidagi qonun faqat umumiy vakolatlar va mas'uliyatlarni 
belgilaydi, xolos va batafsil ko’rsatmalar davlat, hudud va mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining qonunosti hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Chiqindilarni 
qayta ishlash inshootlarining faoliyatiga ruxsat berish to'g'risidagi nizomlar yetarli 
emas. Shu sababli, chiqindilar to'g'risidagi qonunni to'ldirish va chiqindilar bilan 
bog’liq ishlarni amalga oshirish dasturlarini tartibga solish uchun ruxsat berishning 
maxsus tizimini joriy etish zarur. 
Qattiq maishiy chiqindilar hajmini kamaytirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar 
mavjud emas va davlat korxonalarida qayta ishlash loyihalarini rag'batlantirish 
byudjeti yetarli emas. Qattiq maishiy chiqindilarni ma'lum darajada alohida 
to’planayotgan bo’lsa-da, qayta ishlash korxonalarini rag'batlantirishning mavjud 
emasligi qayta ishlash sohasini faollashtirilmayapti. Bundan tashqari, mahalliy 
ishlab chiqaruvchilar o'z mahsulotlari yoki ularning qadoqlarini utilizatsiya qilish 
bo’yicha javobgar emaslar, shuning uchun ifloslantiruvchi to’laydi tamoyilini 
kuchaytirish orqali ifloslantiruvchilarning javobgarligini kuchaytirish zarur. 
Hozirgi vaqtda O'zbekistonda tartibga soluvchi majburiyatlar mavjud emasligi 
sabab 
to'g'ridan-to'g'ri 
tartibga 
solishdan 
ko'ra, 
bozorga 
yo'naltirilgan 
mexanizmdan foydalanish samarali bo'lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda
uni 
EPR
(Ishlab chiqaruvchilarning kengaytirilgan javobgarligi) tizimi va 
“ifloslantiruvchi to’laydi” tizimini joriy etish orqali undan chiqindilar bilan bog’liq 
ishlarni amalga oshirish sohasi byudjetini ta'minlash usuli sifatida foydalanish 
mumkin. 
Shuningdek, chiqindilarning hosil bo’lishini kamaytirish, saralab yig’ish va 
qayta ishlash borasida jamoatchilikning xabardorligi yetarli emas. Chiqindilarni 
to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lovning 
o’ta kamligi utilizatsiya qilish inshootlarini yuritish xarajatlari, yangi inshootlarni 
qurish va texnologiyalarni joriy etish xarajatlarini qoplay olmaydi. Kelgusida 
chiqindilarni qayta ishlash inshootlarining barqaror ishlashi uchun aholining to'lov 
qobiliyatini 
hisobga 
olgan 
holda 
xususiy 
investorlarning 
ishtirokini 
rag'batlantiradigan to'lov siyosatini ishlab chiqish zarur. 


2028-yilda chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish strategiyasida 
mavjud poligonlarni boshqariladigan poligonlarlarga aylantirish rejalashtirilgan, 
ammo poligonni tanlash, qurish, ishlatish va yopish masalalari xalqaro 
standartlarga muvofiq to'ldirilishi kerak. "2019-2028-yillar davrida O‘zbekiston 
Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish 
strategiyasiga muvofiq, qattiq maishiy chiqindilarni yig'ish va qayta ishlashning 
milliy tizimini yaratish va zamonaviy poligonlarni o'rnatish bo’yicha ustuvor 
yo’nalishlarni belgilash lozim. 
Chiqindilarning hosil bo’lishi hajmi 2011 yil sanitariya qoidalari va normalari 
(0297-11)ga ko’ra bir kunda kishi boshiga 1,17 kg bo'lishi taxmin qilingan, lekin bu 
Jahon Banki ma’lumotlarida berilgan o’rta va kam daromadli mamlakatlarning 
o’rtacha ko’rsatkichidan ancha yuqori bo’lganligi uchun, chiqindilarning hosil 
bo’lish ko’rsatkichi haddan tashqari oshirib yuborilgan degan tahmin mavjud. Shu 
sababli, chiqindi poligonidagi chiqindi vaznini o’lchash ma’lumotlariga asoslanib, 
chiqindilarning hosil bo’lish hajmi bilan bog’liq statistik ma'lumotlar to'ldirilishi 
zarur. 
Qattiq maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirishda 
fuqarolarning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Jismoniy shaxslarning hayoti 
va faoliyati qattiq maishiy chiqindilarning asosiy manbai bo'lgani uchun ular 
chiqindilarni kamaytirishga va saralab yig’ishga katta hissa qo'shishi mumkin. Shu 
maqsadda aholining ekologik savodxonligini oshirish, ayniqsa, chiqindilar 
borasida xabardorlikni oshirish uchun targ‘ibot va ma’rifiy ishlar hamda 
kampaniyalarni tizimli va uzluksiz olib borish kerak. Quyida 1) Huquqiy, 
institutsional muammolar va ularni bartaraf etish yo’nalishlari, 2) Texnik 
muammolar va ularni bartaraf etish yo’nalishlari, 3) Moliyaviy muammolar va 
ularni bartaraf etish yo’nalishlari, 4) Chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga 
oshirish muammolari va ularni bartaraf etish yo’nalishlari batafsil ko'rib chiqilgan. 

Download 468.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling