3. mavzu. Chiqindilar bilan bog'liq asosiy muammolar o‘zbekistonda chiqindi muammosi: to‘layotgan poligonlar, himoyalanmagan tabiat, yangi mexanizmga ehtiyoj


Download 468.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana12.11.2023
Hajmi468.67 Kb.
#1767913
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3. CHIQ BIL AS MUAM



3. MAVZU. CHIQINDILAR BILAN BOG'LIQ ASOSIY MUAMMOLAR 
O‘zbekistonda chiqindi muammosi: to‘layotgan poligonlar, himoyalanmagan 
tabiat, yangi mexanizmga ehtiyoj 
Inson bir kunlik faoliyati davomida o‘rtacha 1-1,5 kg chiqindi hosil qiladi. 
Qutiga tashlanganidan keyin xotiradan mutlaqo chiqib ketadigan oddiy 
baklajkaning keyingi taqdiri nima kechadi? 
Chiqindi yo‘qolib ketmaydi, shunchaki «dafn qilinadi» 
Qutiga tashlangan chiqindi o‘z manziliga yetgunicha uch bosqichni bosib 
o‘tadi. Har bir xonadondan chiqqan chiqindilar dastlabki yig‘ish punktlarida, ya'ni 
kvartal va mahallalardagi chiqindixonlarda to‘planadi. «Maxsustrans» mashinalari 
ularni yig‘ib, qayta yuklash stansiyalariga olib boradi. Toshkent shahridagi uchta ─ 
Yunusobod, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida qayta yuklash stansiyalarida 
ulkan konteynerlarga zichlab joylashtirilgach, ular oxirgi manzil ─ Ohangaron 
poligoniga olib kelinadi. Chiqindilar uyumi soat sayin ko‘tarilib, Yer sayyorasini 
qamrab olayotganini bu yerda qisman his qilish mumkin. Poligondan videoreportaj 
tayyorlagan Kun.uz xodimlari bunga bevosita guvoh bo‘lishdi. 
Aholi sonining ortishi va urbanizatsiya natijasida O'zbekistonda hosil 
bo’layotgan chiqindilar miqdori ortib bormoqda, lekin aniqki, chiqindilar bilan 
bog’liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi infratuzilma uni qo'llab-quvvatlamaydi, 
buning oqibatida chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirishning 
qoniqarsizligi 
asta-sekin 
kuchayib 
bormoqda. 
Shuning 
uchun 
mavjud 
muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo'nalishlarini ishlab chiqish zarur. 
O'zbekistonda chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi 
muammolarni aniqlash va ularni tahlil qilish maqsadida quyidagicha muammoni 
tahlil qilish daraxti ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda O'zbekistonda chiqindilar bilan 
bog’liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi muammolar quyidagilardir: 
Birinchidan, noqonuniy chiqindi tashlash/o’zboshimchalik bilan utilizatsiya qilish, 
ikkinchidan, qayta ishlashning past darajadaligi, uchinchidan, sanitariya 
qoidalariga rioya etmaslikdir. Ularning sababi chiqindilar bilan bog’liq ishlarni 
amalga oshirish sohasida jamoatchilik xabardorligining pastligi va sohaga 
ajratilgan byudjet uni to'g'ri boshqarish uchun kerakli darajadan past. Bundan 
tashqari, bu muammolarni bartaraf qilishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi 
siyosatdir va shu siyosatni o’zida aks ettiradigan qonunlar va tizimlarni 
takomillashtirish lozim. 



Download 468.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling