Ilmiy doklad
Download 22 Kb.
|
ILMIY DOKLAD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barqaror rivojlanishga erishish vositalari
ILMIY DOKLAD Bajardi______________ Tekshirdi____________ REJA: 1.Yashil iqtisodiyotka o’tishning zaruriyati 2.Barqaror rivojlanishga erishish vositalari 3.Yashil iqtisodiyotga o’tishda inson kapitalining o’rni XX asrda dunyoning tashqi qiyofasi sezilarli darajada o’zgarib ketdi.1900-yillarda dunyo aholisi 1.6mlrd kishini tashkil etgan bo’lsa,2020-yilga kelib bu ko’rsatkich 7.8mlrddan oshdi.aholining umr ko’rish davomiyligi oshib kambag’allik darajasi 3martadan ko’proqqa kamaydi.Fan texnika borasida erishilayotgan yutuqlar ta’sirida iqtisodiy o’sish ortib bormoqda.Aholi soni ortib borishi bilan YaIM miqdori oshib bormoqda.Bu esa o’z navbatida atrof-muhitga bo’lgan yukni oshirib yubordi. Iqtisodiyotning bosh masalasi resurslarning cheklanganligi va inson ehtiyojlari o’rtasida qarama-qarshilik.Ma’lumki iqtisodiy o’sish tabiiy resurslarga bo’lgan yukning ortishi bilan bog’liq.Mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi ekologiyaga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Inson qishloq xo'jaligi rivojlanganidan beri tabiatga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Biroq, bu ta'sir 18-asr o'rtalarida birinchi sanoat inqilobi va 19-asrning ikkinchi yarmida Ikkinchi sanoat inqilobi bilan keskin o'sdi. Shu maqsadda yashil iqtisodiyotga o’tish muhim ahamiyat kasb etadi.Bu esa cheklangan resurslardan oqilona foydalanishni nazarda tutadi. Yashil iqtisodiyot - bu odamlar va tabiat o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni va ikkalasining ehtiyojlarini bir vaqtning o'zida qondirishga urinishlarni qo'llab-quvvatlaydigan iqtisodiyot metodologiyasi. Barqaror rivojlanishga erishish vositalari Barqaror rivojlanishni ijtimoiy iqtisodiy ekologik uchlikning o’zaro bog’liqlikda rivojlanishiga asoslangan sinergetik samara hisobidan taraqqiy etadigan jarayon sifatida qarash mumkin.Ya’ni bu uchlik birgalikda amalga oshirilsa yashil iqtisodga o’tish yaxshi amalga oshiriladi. 1.Barqror rivojlanishni taminlashdagi iqtisodiy yondashuv cheklangan resurslarda oqilona foydalanishni nazarda tutadi . 2. Ijtimoiy yondashuv global miqiyosda ijtimoiy barqarorlik va madaniy xilma-xillikni ta’minlashga yo’naltirilgan bo’ladi. 3. Ekologik yondashuv esa har qanday ekologik tizimlarning normal faoliyat yuritishini ta’minlashga hizmat qiladi. Barqaror rivojlanishga erishish vositalari hisoblangan iqtisodiy,ijtimoiy,ekologik komponentlarni muvofiqlashtirish juda murakkab ish sanaladi.bu 3 konsepsiyaning o’zaro ta’sir mexanizmlari muhim ahamiyatga ega.Iqtisodiy va ijtimoiy komponentlar jamiyat oldiga bir avlod mobaynida adolatga erishish va aholining kambag’al guruhlariga maqsadli yordam ko’rsatishni vazifa qilib qo’ymoqda.Iqtisodiy-ekologik komponentlar esa atrof muhitga tashqi ta’sir qiymatini baholash kabi g’oyalarning paydo bo’lishiga olib keldi.Ijtimoiy va ekologik kompomnentlar esa avlodlar ichida va o’rtasida tenglikni ta’minlash kabi masalalarni dolzarbligini oshirmoqda. Download 22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling