3-mavzu. Dala ekinlari va ularni guruhlarga bo’linishi, galla ekinlariga umumiy tavsif. Reja


Download 407.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi407.17 Kb.
#1512420
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-maruza



3-mavzu. Dala ekinlari va ularni guruhlarga bo’linishi, galla ekinlariga
umumiy tavsif. 

Reja: 
1. O’zbekistonda o’simlikshunoslik fanining rivojlanishi 
2. Dala ekinlarini ishlab chiqarish va botanik-biologik guruhlash 
3. G’alla ekinlarining umumiy tavsifi. 
Dala ekinlari mahsulotlarini ishlab chiqarish – qishloq xo’jaligining asosiy 
tarmoqlaridan biridir. O’sib borayotgan aholining oziq-ovqat, yengil sanoatning 
tarmoqlari uchun xomashyo, chorvachilik uchun oziqa yetishtirilshda dala 
ekinlarining biologik xususiyatlariga mos yetishtirilsh texnologiyalarni qo’llagan 
holda ekologik toza, mo’l va sifatli hosil yetishtirilsh o’simlikshunoslik fanining 
asosiy maqsadidir. 
Fan–texnika taraqqiyoti natijasida keyingi yillarda qishloq xo’jaligining 
yangi, zamonaviy texnikalar, intensiv tipdagi navlar, duragaylar, o’g’itlarning yangi, 
samaradorligi yuqori shakllari, turli pestisidlar, biologik faol moddalar bilan 
ta’minlanishi, turli yo’nalishdagi ilg’or texnologiyalarning yaratilishi, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko’rsatish uchun tayyorlanayotgan mutaxassislarning 
chuqur, serqirra, malakali bilimga ega bo’lishini talab qiladi. 
O’zbekistonda, qishloq xo’jaligining muhim tarmog’i dala ekinlarini 
yetishtirilshning ilg’or, intensiv texnologiyalari ishlab chiqilmoqda, yangi navlar
duragaylar 
yaratilib, 
urug`’chilik, 
urug`’shunoslik 
sohasida 
ishlar 
takomillashtirilmoqda. 
Qishloq xo’jaligining biologic asoslari fanining vazifalariga quyidagi 
masalalarni o’rganish kiradi: 
-ekinlarning xalq xo’jalik ahamiyati, ekilish maydonlari, hosildorligi, yalpi hosili, 
tarixi; 
-ekinlar sistematikasi (oila, avlod, tur, kenja tur, turxil, nav, duragay); 
-morfologik xususiyatlari (ildiz, poya, barg, gul, meva, urug`’); 
-biologik xususiyatlari (haroratga, namlikka, yorug’likka, tuproqqa, oziqa 
moddalarga talabi); 
-navlar, duragaylarning tavsifi; 
-ekinning almashlab ekishdagi o’rni, tuproqni ishlash tizimi, o’g’itlash tizimi, 
sug’orish tartibi, urug`’larni ekishga tayyorlash, ekish muddati, me’yori, chuqurligi; 
-ekin parvarishi (qator oralarini ishlash, boronalash, egat olish, kultivasiya, begona 
o’tlarga, kasalliklarga, zararkunandalarga qarshi kurash va boshqalar); 
-hosilni yig’ishtirish (defoliasiya, desikasiya, senikasiya.); 



Download 407.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling